Rogalik bulochka

Kerakli masalliqlar:
1. Sut - 200 gr.
2. Tuhum - 4-5 dona
3. Margarin - 250-300 gr
4. Shakar - 3-4 osh qoshiq
5. Oʻsimlik yogʻi - 0,5 piyola
6. Achitqi - 1 osh qoshiq
7. Tuz - 1 choy qoshiq
8. Un

Tayyorlanishi:
2 stakan unga iliq sut, shakar, achitqi va tuz solinib, aralashtiriladi va 1 soatga issiq joyga oʻrab qoʻyiladi.

Tuhum va yog' aralashtirilib, oshgan massaga solinadi. Va qoʻlga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamir 5 boʻlakka boʻlinib, har bir boʻlak yoyiladi.

Margarin 5 boʻlakka boʻlinib, yoyilgan hamirlar ustiga surtib chiqiladi. Soʻng hamir oʻralib, rulet xoliga keltiriladi va celofan paketga solinib, muzlatkichga 5-6 soatga qoʻyiladi.

Muzlatkichdan olingan hamir oʻrtacha yupqalikda yoyiladi va 16 boʻlakka boʻlinadi. Bu boʻlakchalar ichiga nachinkani solib, oʻrab, usti bezatiladi va oldindan qizdirilgan duhovkada pishiriladi.

Nachinka sifatida mak, maydalangan yongʻoq, korica yoki iris ishlatishingiz mumki. Ustki bezakka kokos qirindisi yoki shakar ishlatish mumkin.
Rulet xoliga keltirilgan hamir boʻlaklarini uzoq muddat saqlab, bittadan xar kuni nonushtaga pishirishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaxa!

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!