🥗 Salatlar

"Shuba ostidagi seld" salati resepti - tayyorlash bosqichlari, rasmlar, tavsiyalar

2 daqiqa 3.7K marta oʻqildi
"Shuba ostidagi seld" salati resepti - tayyorlash bosqichlari, rasmlar, tavsiyalar
Shuba ostidagi seld yoxud shuba salati eng mashhur ruscha salatlardan biridir. U salatsiz deyarli hech bir bayram, ayniqsa yangi yil bayrami oʻtmaydi. Salatni tayyorlash retsepti yetarlicha oson, har bir beka buni uddalay oladi.

SHUBA SALATI TAYYORLASH RETSEPTI
Tayyorlash vaqti: 1 soat | Portsiyalar soni 3-4
Kerakli masalliqlar:

Kam tuzlangan seld – 2 dona
Lavlagi – 2 ta oʻrtacha kattalikda
Kartoshka – 2-3 oʻrtacha kattalikda
Sabzi – 1 dona
Piyoz – 1 dona
Tuxum – 2 ta
Mayonez – taʼbga koʻra
Tuz, qalampir
Tayyorlanishi:

Barcha sabzavotlar va tuxum qaynatib olinadi, sovutiladi va poʻstidan tozalanadi.
Bundan tashqari, sabzavotlarni yumshaguncha 1-1,5 soat pechda pishirish ham mumkin.

Tuzlangan seld baligʻi filega ajratiladi, yaʼni goʻshti suyaklaridan ajratib olinadi. Soʻng file kichik kubikchalar shaklida qilib toʻgʻraladi.
Piyoz archiladi va mayda qilib toʻgʻraladi (blenderda maydalash ham mumkin, faqat boʻtqa boʻlib ketmasligini nazorat qilgan holda). Achchigʻi ketish uchun qaynoq suv quyib, chayib tashlanadi.
Barcha sabzavotlar va tuxum qirgʻichning eng yirik tishi orqali chiqariladi, har biri vaqtincha ravishda alohida-alohida idishlarga olib turiladi.
Har bir qirgʻichdan chiqarilgan masalliqlar alohida-alohida boʻlgan holda tuzlanadi, taʼbga koʻra qalampir sepiladi, mayonez qoʻshib aralashtiriladi. Shuningdek masalliqlarga mayonez qoʻshib aralashtirmasdan, qavatma-qavat terish jarayonida ularning ustidan bir qavat qilib surtib ketish ham mumkin.
Chuqurroq salat uchun idishga yoki shakl qoʻyilgan likopchaga masalliqlar ketma-ket qilib terila boshlaydi. Ketma-ketligi:
Seld baligʻi

"Shuba ostidagi seld" salati resepti - tayyorlash bosqichlari, rasmlar, tavsiyalar
Ketidan kartoshka (mayonez+tuz),

"Shuba ostidagi seld" salati resepti - tayyorlash bosqichlari, rasmlar, tavsiyalar
Soʻng piyoz + murch,

"Shuba ostidagi seld" salati resepti - tayyorlash bosqichlari, rasmlar, tavsiyalar
Keyin sabzi (tuz+mayonez),

"Shuba ostidagi seld" salati resepti - tayyorlash bosqichlari, rasmlar, tavsiyalar
Tuxum (u ham oldindan mayonez bilan aralashtirib olingan),

"Shuba ostidagi seld" salati resepti - tayyorlash bosqichlari, rasmlar, tavsiyalar
Lavlagi (mayonez+tuz+qalampir)

"Shuba ostidagi seld" salati resepti - tayyorlash bosqichlari, rasmlar, tavsiyalar
Soʻnggi qavat qoʻyilgach, ingichka qilib mayonez surtiladi va bezak sifatida qirgʻichdan chiqarilgan tuxum sepiladi. Shuba salati tayyor, yoqimli ishtaha!

TAVSIYALAR
Salatani mazali boʻlishi uchun mayonezni yetarli miqdorda (kam ham emas, ortiqcha ham emas) qoʻshish kerak, aks holda salat quruq yoki oʻta yogʻli boʻlib qoladi.
Mayonezni narxi yoki kaloriyasiga qarab emas, mazasi boʻyicha tanlash maqsadga muvofiq.
Haddan tashqari holatlarda, salat quruq boʻlmasligi uchun unga mayonez oʻrniga oʻsimlik moyi qoʻshish mumkin.
Yakuniy tayyor boʻlishi uchun salatni oziq-ovqat plyonkasi bilan yopib, bir kechaga sovutgichda qoldiring.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!