🥗 Salatlar

Smak salati tayyorlash resepti - bosqichma-bosqich + foto, tavsiyalar

5.2K marta oʻqildi
Smak salati tayyorlash resepti - bosqichma-bosqich + foto, tavsiyalar
“Smak” salati juda mashhur, deyarli har bir kafe menyusida mavjud. Salatani tayyorlash oson va masalliqlarni topish mushkul vazifa emas. Aksariyati har doim sovutgichda boʻladi. Shunga qaramay, salat juda mazali sanaladi. Uni mayonez, smetana yoki zaytun moyi bilan toʻldirish mumkin.

SMAK SALATI TAYYORLASH RESEPTI
Kerakli masalliqlar:

70-80 g qattiq pishloq;
3-4 ta oʻrtacha kattalikdagi pomidor;
2 dona sarimsoq;
1/2 shingil shivit;
100 g suxariklar;
Taʼbga koʻra tuz, murch;
Toʻldirish uchun mayonez yoki smetana.
Tayyorlanishi:

Pishloq suxariklar kabi kattalikda kubik qilib kesiladi. Pomidorlar rasmdagidek qilib toʻgʻrab olinadi.

Smak salati tayyorlash resepti - bosqichma-bosqich + foto, tavsiyalar
Idishga pishloq va pomidor solinadi.
Shivit mayda qilib toʻgʻraladi, sarimsoq eziladi va ular qolgan masalliqlar turgan idishga solinadi.
Taʼbga koʻra tuz va murch qoʻshiladi. Soʻng mayonez yoki smetana qoʻshib, barchasi aralashtiriladi.
Dasturxonga tortishdan oldin suxariklar qoʻshiladi, aks holda ular yumshab qolib, salatning taʼmi va konsistentsiyasini buzadi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!