🍛 Taomlar

Kartoshkali boʻgʻirsoq (pirojki) tayyorlash resepti - sirlari, tavsiyalar, +foto

2 daqiqa 3.8K marta oʻqildi
Kartoshkali boʻgʻirsoq (pirojki) tayyorlash resepti - sirlari, tavsiyalar, +foto
Qovurma kartoshkali boʻgʻirsoq (pirojki) resepti juda oson va tayyorlash uchun oz vaqt talab qiladi. Oʻz yaqinlaringizni mazali pishiriq bilan siylang. Axir, issiqqina kartoshkali boʻgʻrisoq juda mazali, ayniqsa sous bilan tortiq qilinganda.

KARTOSHKALI BOʻGʻIRSOQ TAYYORLASH RESEPTI
Tayyorlash vaqti: 2,5 soat | Portsiyalar soni: 8
KERAKLI MASALLIQLAR
Xamiri uchun:

Un – 0,5 kg
Kefir yoki smetana – 1 stakan
Tuxum – 1 dona
Isteʼmol sodasi – 1/3 choy qoshiq
Tuz – 1/3 choy qoshiq
Sariyog’ yoki margarin – 50 g (taʼbga koʻra)
Nachinkasi uchun:

Kartoshka – 3 dona
Piyoz – 1-2 dona
Oʻsimlik moyi – 4 osh qoshiq
Taʼbga koʻra tuz, qalampir
TAYYORLASH BOSQICHLARI
Nachinkasi:

Avvalo pirojkining nachinkasi tayyorlab olinadi. Uchta kartoshka tuzli suvda qaynatishga qoʻyiladi. Ikkita piyoz yupqaroq halqa qilib toʻgʻraladi, 4 osh qoshiq oʻsimlik moyida yumshaguncha qovurib olinadi.
Pishgan kartoshka eziladi, zarur boʻlsa, biroz qaynoq suv qoʻshiladi (nachinka quruq boʻlmasligi uchun).
Kartoshkaga qovurilgan piyoz va 30 gramm sariyog qoʻshiladi. Tuzi rostlanadi, taʼbga koʻra qalampir qoʻshiladi. Nachinka tayyor.
Xamiri:

Idishga 1 stakan qatiq yoki smetana, 1/3 choy qoshiqdan isteʼmol sodasi va tuz, 1 ta tuxum qoʻshiladi va aralashtirib olinadi. Asta-sekin un qoʻshgan qolda yumshoq xamir qoriladi.
Xamir tayyor boʻlgach, darhol uni kesib olish kerak. Smetana yoki qatiq tarkibidagi kislota isteʼmol sodasi bilan reaktsiyaga kirishib, karbonat angidrid gazini ajratib chiqaradi, xamir uzoq muddat qorilsa, u havoga uchib ketib qolishi mumkin. Natjiada xamir zich boʻlib qoladi, bu esa eng kerak boʻlmagan holat.

Tayyor xamir ikkiga boʻlinadi, har bir boʻlak uzunchoq qilib olinadi va 10 ta boʻlakka boʻlinadi.

Kartoshkali boʻgʻirsoq (pirojki) tayyorlash resepti - sirlari, tavsiyalar, +foto
Har bir boʻlakcha qalinligi taxminan 2 mm qilib aylana shaklida yoyiladi, oʻrtasiga bir yarim osh qoshiq nachinka qoʻyiladi. Chetlari qayiqcha shaklida qilib birlashtiriladi va yaxshilab qisib chiqiladi.

Kartoshkali boʻgʻirsoq (pirojki) tayyorlash resepti - sirlari, tavsiyalar, +foto
Oʻrtacha balandlikda boʻlgan olovda, oʻsimlik moyida boʻgʻirsoqlar har ikki tomonidan jigarrang qobiq hosil boʻlgunicha qovurib olinadi. Pishirish davomida tovadagi moy balandligi boʻgʻirsoqlarni yarimigacha boʻlishi kerak.
Tayyor boʻlgan boʻgʻirsoqlar qogʻoz salfetkaga qoʻyiladi, ortiqcha yogʻi shimilgach, likopchaga solib, dasturxonga issiqligida tortiq qilinadi. Yoqimli ishtaha!
TAVSIYALAR
Agar nachinkaga maydalangan koʻkatlar qoʻshilsa, uning koʻrinishi ham, mazasi ham ajoyib boʻladi.
Xohishga koʻra boʻgʻirsoqlarni achitqili xamirdan tayyorlash ham mumkin.
Dasturxonga pomidor va sarimsoq aralashmasidan iboat sous bilan tortiq qilish mumkin.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!