📖 Hikoyalar

AJOYIB QISSA

2.2K marta oʻqildi
AJOYIB QISSA
AJOYIB QISSA !

Kunlarning birida qurbaqalarning toʻdasidan ikki qurbaqa chuqurlikka tushib ketibdi. Barcha qurbaqalar chuqurlik tepasida jamlanib olib - «Boʻldi endi, shu erda oʻlib ketasizlar.. xadib sakrayverishdan foyda yoʻq" der edilar. Uzoqqa bormay, ikki qurbaqaning biri qoʻrquv va qattiq tushkunlik oqibatida nobud boʻldi. Ikkinchi qurbaqa esa, tinmay sakrashda davom etar edi. Xar safar sakraganda, ilgargisidan balandroq sakrar edi. Ammo, yuqoridagi qurbaqalar xamon : "Boʻldi qil endi.! Foydasi yoʻq" deyvarar edilar. Koʻp oʻtmay, boyagi qurbaqa chuqurdan chiqishga muvaffaq boʻldi. Tepadagi qurbaqalar qattiq taajjubda edilar. Soʻng undan soʻrashdi: "Qanday buni uddalay olding ?!" U jim turardi. Kegin bilsalar, uning quloqlari eshitmas ekan. Xar safar uni sakrashdan qaytarganlarida, qoʻllab-quvvatlamoqdalar deb oʻylab, bu mushkul ishni uddasidan chiqqan ekan.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!