HOTININING AYBINI YaShIRGAN ER

HOTININING AYBINI YaShIRGAN ER
Abu Xurayradan (roziyalloxu anxu) rivoyat qilinadi: Rasulullox (sollalloxu alayxi va sallam): “Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Allox taolo ohiratda uning aybini berkitadi”, deganlar (Imom Ibn Moja rivoyati).
Solixlardan bir kishi ayolini taloq qilmoqchi boʻlibdi. “Ayolingda qanday ayb bor?” – deyishibdi. U: “Aqlli kishi oʻz ayolining aybini fosh qilmas”, debdi. Uni taloq qilganidan keyin: “Ayolingda qanday ayb bor edi?” deyishibdi. U: “Endi u menga begona, birovning ayoli bilan ishim yoʻq”, debdi.
Bir solix kishining rafiqasi xadeb aziyat beraveradigan ayol ekan. Solix kishi ayolining aziyatlariga sabr qilar, xidoyat soʻrab duo qilarkan. Ayolining aziyatlariga qilgan sabri tufayli, kech kirganda uyida bir nur taralarkan. Ayoli vafot etgach, oʻsha nur xam yoʻqolib qolibdi. Qoʻshnilari:
“Nega uyingizdagi nur yoʻqolib qoldi?” deb soʻrashibdi. Shunda u kishi: “Nur ayolimning yahshiligi sababli taralardi”, deb hotinining ayblarini berkitibdi. Qoʻshnilari ayolining karomati tufayli uyda nur taralar ekan, deb oʻylashibdi…

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!