ONALIK MUXABBATI

ONALIK MUXABBATI
Qizaloq esini tanigan kundan boshlab onasidan cheksiz mexr koʻrgandi. Onasi uni shirin soʻzlar aytib erkalar, qizini begʻubor, goʻzal malika der, qizaloq onasidan eshitgan bu soʻzlarga ishonib ulgʻayayotgandi. Onasi unga yuzlaridan nur taralishini, oxu koʻzli ekanini aytishdan charchamasdi. Onasining bittagina farzandi edi u.
Ammo maktabga chiqa boshlaganida xamma narsa oʻzgardi. Sinfdoshlari uning xech goʻzal emasligini, xatto yuz-koʻzi hunuk qizligini aytib qizaloqni hafa qildilar. Avval u bunday gap-soʻzlarga parvo qilmadi. Chunki xali sinfdoshlari bilan unchalik yaqin doʻst emasdilar, xamma bir-birini yoqtirmasdi, begonalar edilar. Yillar oʻtib, katta boʻlgani sari xaqiqatni bila boshladi. Onasining pahtaday yumshoq degan yuzi choʻtir teri bilan qoplangan edi. "Oxu koʻzli" degan koʻzlari honasidan chiqqulik boʻlib baqrayib turar, buning ustiga koʻz nurlari xam zaif edi. Vujudi xam malikalarning tanasidek tik va hushbichim emasdi. Demak, onasi uni yillar boʻyi yolgʻonlari bilan aldab kelgandi.
Koʻp oʻtmay qizning onasiga boʻlgan muxabbati nafratga aylandi. Turmush qurish yoshiga etganiga qaramay, birov unga qaramasdi. Buning ustiga xar qancha muolaja qilmasin, koʻzlari sogʻayish oʻrniga battar hiralashib ketayotgandi. Qiz shifokorlarning unga bildirmay, oʻzaro suxbatlashayotganlarini eshitib qoldi. Ular qizning koʻr boʻlayotganini, muolajalar kor bermayotganini gaplashishgandi. Qiz tushkunlikka tushdi va oʻzini xanuz bolalik chogʻlaridagi muxabbat bilan yahshi koʻradigan onasining yolgʻonlariga ortiq chidolmasligini oʻylab bolalik uyini tark etishga axd qildi. Onasi esa uzoq joydan ish topganini aytib, topgan pullarini bir qarindoshiga joʻnatishini, undan qiziga qarab yurishini oʻtindi. Qiz bir muddatdan soʻng koʻrmay qoldi. Zulmat dunyo bilan oʻzi qoldi. Bu orada onasini xech oʻylamasdi, uning axvoli bilan qiziqmasdi. Uning nazarida onasi yolgʻonchi edi. Oʻlsa xam parvo qilmasdi qiz. Bir kuni doktorlar qizga mos bir juft koʻz topganlarini aytib uni operaciya amaliyotiga qabul qildilar.
Faqat qiz koʻzlari ochilib oʻzining hunuk yuzini koʻrishdan qoʻrqardi. Ammo koʻrlikdan koʻra hunuklik yahshiroq edi. Xartugul birovga muxtoj boʻlmasdi. Qiz amaliyotdan soʻng oynaga qarashga jurʼat qilolmayotgandi. Sekin-asta ijirgʻanibgina oynaga qaragandi, xayratdan chinqirib yubordi. Koʻzgudan oʻziga bir dunyo goʻzali qarab turgan edi. Xaqiqatdan xam ajoyib qiz edi koʻrayotgani. Yuzidagi chandiqlar xam yoʻqolgan, oydek tip-tiniq edi ruhsori. Uzun, katta burni oʻziga yarashgan, kichraygan, quloqlari xam yarashiqli, xurpaygan sochlari xam toʻlqinsimon jingalak xolda edi.
Qiz qarshisidagi keksa doktorga sevinch bilan qarab:
- Goʻyoki, yangidan dunyoga kelgandekman! - dedi. - Yuzimdagi xech bir dog', yara izlari, chandiq qolmagan. Bir yoʻla plastik jarroxlik amaliyotini xam oʻtkazdingizmi?
- Yoʻq, plastik jarroxlik qilmadim, qizim, - dedi kulimsirab. Onangning koʻzlarini senga oʻtkazdik. Sen onangning koʻzlari bilan oʻzingni koʻryapsan!..
Qiz xayrat va daxshatdan qotib qolgan edi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!