📖 Hikoyalar

QAYSARLIKNING OQIBATI (Ibratli xikoya)

1 daqiqa 2.1K marta oʻqildi
QAYSARLIKNING OQIBATI (Ibratli xikoya)
QAYSARLIKNING OQIBATI
(Ibratli xikoya)

Xozir sizdan: “Oyogʻingiz tagida er bormi?” yoki “Tepangizda osmon bormi?” deb soʻrashsa siz xech ikkilanmay: “Xa”, deb javob berasiz. Allox taologa ishonchimiz xam shunday kuchli boʻlishi kerak. Kimdir sizdan: “Allox taolo sizni koʻrib turibdimi?” deb soʻrasa, ishonch va qatʼiylik bilan “Xa” deb javob bera olishingiz kerak.

Keling, sizga misol tariqasida bir xikoya soʻzlab beray. Bir kuni ikki doʻst sayoxatga chiqishibdi. Ulardan birining koʻzi ojiz ekan. Kech kirganida ular dam olish uchun bir erda toʻhtashibdi. U er xavosi xuddi dengiz boʻyidagidek kunduzi juda issiq, kechasi esa sezilarli darajada sovuq boʻlar ekan. Tong otgach, doʻstlarning sogʻlomi egulik topib kelgani ketibdi. Koʻzi ojizi esa yon-atrofni qoʻli bilan paypaslab, qattiq narsani tutibdi. Sovuqda toshday qotib yotgan ilon ekan. Xaligi odam ajoyib tayoq topib oldim deb oʻzida yoʻq hursand boʻlib turgan paytda doʻsti biroz egulik olib kelibdi. U ilonni ushlab oʻtirgan doʻstiga baqirib, qoʻlidagi ilonni darxol tashlashini soʻrabdi. Koʻzi ojiz kishi esa doʻstim menga xasad qilyapti deb oʻylab ilonni maxkam ushlab olib bermayman deb turib olibdi. Doʻsti uning qoʻlidagi tayoq emas, ilon ekanini va uni zudlik bilan tashlab yuborishga xarchand undasa xam, koʻndira olmabdi.

Hullas, ikkalasi yana yoʻlga chiqishibdi. Kun chiqib xarorat koʻtarilgach, koʻzi ojiz kishining qoʻlidagi “tayoq” sekin oʻziga kela boshlabdi. Nixoyat etarlicha isinib, kuchga kirgach, koʻzi ojizni chaqibdi...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!