📖 Hikoyalar

Soliha va ayyor ayol

4.4K marta oʻqildi
Soliha va ayyor ayol
.. ☘️Soliha va ayyor ayol!🌸

Bir yigit hotinimga jin kirib olgan degan gumon bilan domlaning oldiga boribdi. Domla yigitning hotinini oʻqiy boshlabdi. Koʻp oʻtmay ayolning ichidagi jin tilga kirib gapira boshlabdi:

- Boʻldi bas qiling, chiqaman faqat bir shartim bor.

- Yoʻq xech qanday shart-part ketmaydi, tez chiq!

- Avval siz bir eshitib koʻring.

- Xa mayli, koʻndirding. Nima sharting bor?

- Chiqishga chiqaman lekin, erining ichiga kirvolaman. Erni tamom titroq tutib qolibdi. Domla:

- Yoʻq bunaqa shart qoʻyish yaramaydi, yahshilikcha chiq!

- Bilasizmi nima uchun uning ichiga kirmoqchiman?

- Nimaga?

- Chunki u namoz oʻqimaydi. Domla erdan: "Shunaqami?"- deb soʻrasa, er jinning iddaosini inkor qilibdi. Shayh jinga debdi:

- Hoʻsh gap bundoq: Xozir sen chiqasan, keyin bularning uyi atrofida yashab turasan. Mobodo, chindan xam bu kishi namoz oʻqimaydigan boʻlsa, bemalol ichiga kirib olaverasan. Jin rozi boʻlibdi. Bir muddat oʻtgandan soʻng ayol domlaga minnatdorchilik bildirib qoʻngʻiroq qilibdi. Oʻsha voqeadan beri eri namozni kanda qilmayotganmish, xatto soʻfi azon aytmasidan masjidda boʻlayotgan ekan.

Aslida, ayolga xech qanday jin kirmagan balki, erini insofga chaqirish uchun domla bilan kelishib mana shunday tomosha koʻrsatgan ekan...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!