Bir odam

Bir odam doim jamoat namozi uchun masjidga borar edi. Ammo, kunlarning birida u jamoatga chiqmay qoʻyibdi. Oradan bir ikki hafta oʻtgach masjid imomi undan habar olmoqchi boʻlibdi.
Oʻsha kuni kun juda sovuq boʻlibdi. Imom xaligi odamni uyida yolgʻiz yonib turgan oʻchoq oldida oʻtirganini koʻribdi. U esa, imomning kelganidan xayron boʻlsa xam, oʻrnidan turib u bilan salomlashibdi va uyiga taklif qilib, oʻchoq oldida birga oʻtirishibdi... Sukunat...
Imom uning oldida sukut saqlab, xech narsa demabdi. Ikkalasi xam ogʻir sukunat ichra oʻchoqdagi olov raqsini tamosho qilib oʻtiribdi. Oradan bir necha vaqt oʻtgach imom oʻchoq qisqichini olib zoʻr yonayotgan bir koʻmir parchasini olovdan ajratib, aloxida joyga qoʻyibdi. Soʻng, oʻrindiqqa suyanib, yana sukunatga berilibdi.
Uy egasi, aloxida olib qoʻyilgan koʻmir parchasi asta-sekin soʻnayotganini koʻribdi, oz vaqt oʻtib oʻsha olov parchapsi umuman soʻnib qolibdi.
Uyga kirganidan beri bir ogʻiz soʻz aytilmabdi. Imom soatiga qarab, ketish vaqti boʻlganini bilibdi. U asta-sekin oʻrnidan turar ekan, oʻsha soʻnib qolgan koʻmir parchasini qaytadan olov oʻrtasiga joylab qoʻyibdi. Koʻmir esa, boshqa yonayotgan koʻmirlardan issiqlik va olov olib qayta yona boshladi...
Imom uydan chiqish uchun eshik oldiga kelganida uy egasi koʻzlaridagi yoshlari bilan: "Tashrifingiz uchun tashakkur va ayniqsa "olovli nasixatingiz" uchun minnatdorman. Ertadan boshlab jamoat namoziga qayta chiqishni boshlayman", debdi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!