📖 Hikoyalar

Muqaddas Ramazondagi duoning ijobati

1 daqiqa 2.2K marta oʻqildi
Muqaddas Ramazondagi duoning ijobati
Muqaddas Ramazondagi duoning ijobati

Oʻtgan yili Ramazon oyida jazirama yoz kunlari xar kuni qishloqdan shaxarga — ishga qatnashda issiq va xolsizlikdan tinkasi qurirdi. Kechqurun iftorlikka yaqin oyoqlarini sudrab uyga kirib borar, bir qultum suv bilan ogʻiz ochar-ochmas koʻzi ilinardi. Yana ikki maxalla naridagi masjidga tarovex namoziga jamoatga qoʻshilish uchun yoʻl olardi. Baʼzan ibodatni toʻliq ado etolmay xorgʻin uyga qaytayotib yurakdan Alloxga yolvorardi:

– Chumolining ovozini xam eshitgan, xar bir yaralmishining qalbidan bohabar Robbim! Kelasi Ramazongacha menga shunday imkoniyatlar berginki, ibodatlarda sening xuzuringga tetik, quvvat va ragʻbat bilan turay!..

Shahsiy avtomashinasida maxalladoshlari bilan jome masjidiga tarovex namozini ado etish uchun borayotib jilmayib qoʻydi.

– Tabassum boisini biz xam bilsak boʻladimi, Bek? - old oʻrindiqda oʻtirgan xamqishloq doʻsti oʻziga savolchan tikilib turardi.

– Tabassumning boisi shukronalik, ogʻayni, - dedi mamnuniyat bilan.
- Oʻtgan yillari Ramazon oyida “Qaniydi, peshin namozidan keyin bir soatgina uhlab dam olishim uchun shaxarda uyim, namozlarga oʻz vaqtida etib borish uchun avtomashinam boʻlsa edi,” deya oʻksinardim. Allox ojiz bandasining iltijosini ijobat etti, mashinalik boʻldim. Mana ulovim xozir xammamizga xizmat qilayapti. Roʻzadorning duosi qaytarilmasligini buyurib, ummatlarini iymonu ihlosga daʼvat qilgan Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamga molimiz, jonimiz, butun boru yoʻgʻimiz qurbon boʻlsin!..

Doʻsti elkasiga qoqib qoʻydi. Ular qalbida shu munavvar kunlarga shukronalik tuygʻusi ila Buyuk Yaratguvchining ibodati sari elib borishardi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!