ERTAKDAGI DUMSIZ EShAK SARGUZAShTLARI (hajviya)

Oʻzga dunyo
Bir hatlab koʻlchaning narigi sohiliga oʻtgandim, butkul boshqa dunyoga tushib qolibman. Bu yerda na ayiq, na choʻchqacha, na boyqush xonim bor ekan. Tevarak mol, qoʻy, echki, otlarga toʻla. Ularning barchasi baxtli. Chunki hammalarining dumi bor. Egalari har biridan xabar olib turibdi. Yeganlari oldida, yemaganlari ketida maza qilib yashashyapti.
Alam qilgani, bu dunyoda meni hech kim tanimadi. Yovga qaragan gʻanimday begonasirab, shubhali koʻz tashlashdi. Baʼzi eshak akalarim ustimdan kulganiniyam sezdim. Toʻgʻri-da, dumsiz eshakni kim ham mensirdi…
Tugʻilgan kun
Qachonlardir menga choʻchqacha, ayiqpolvon va boyqush xonim oʻzaro kelishib, dum sovgʻa qilishgandi. Biram quvongandim! Suyunganimdan «Ura, endi mening ham dumim boʻladi!», degancha shataloq otgandim. Oʻylab qarasam, hammasi tush ekan. Mana, yoshim bir joyga yetay deyaptiyamki, dumsiz qolib ketaverdim. Aksiga olib bu yerlarda na doʻstim, na dardkashim bor. Kechalari tezak aralash xas-choʻpga tiqilib hiqichoq tutadi. Yordam beradigan, dardimga malham boʻladiganning oʻzi yoʻq. Alamim kelganidan hatto yarim kechalardayam bilmasdan hangravoraman. Qaniydi, meniyam kimdir tugʻilgan kunim bilan tabriklasa!..
Muhabbat
Elka yagʻirlanib, soqol-moʻylovga oq tushgan boʻlsa-da, hali koʻnglim yosh. Har shataloq otib oʻynagim kelganda, yoshligim esimga tushadi. Dumim bor vaqtdagi davrlarimni yodga olaman. Eh, oʻshanda juda kelishgan, barvasta va qaysar eshak edim. Uncha-muncha urgʻochini tan olmasdim. Hangrab xushomad qilsa, obdon kuzatardim. Dumi bormi, qanaqa, quloqlari shalpaymaganmi, koʻz qarashlari sovuqmasmi, ishqilib, ipidan ignasigacha oʻrganib chiqardim. Ja koʻnglimga oʻtirishsa, birga sayr qilish, haligiday ishqiy sarguzashtlarga erk berganman. Endi-chi? Ana, atrofimda sattanga biyaday, bir sakrab yulduzni urishga shay urgʻochilar oʻtlab yurishibdi. Ammo ularning birontasi men tomonga qayrilib qaramaydi. Eʼtibor ham berib qoʻymaydi. Ularga har tikilib qaraganimda koʻnglim kuyadi, koʻksimni muhabbat hissi tilkalayveradi. Qaniydi birontasi menga qarab, hech qursa bosh silkitsa, hangramasayam mayli, bosh silkitib, hurmat, mehr bajo aylasa bas edi. Afsuski, unday boʻlmaydi. Axir, yunglari toʻkilib tushayozgan, dumsiz eshakning kimga keragi bor!?.
«Yugur-yugur»
Eshakkayam tadbirkorlik kerak, ishning koʻzini bilishi shart deyishadi. Nima qilay? Qaysar va magʻrur boʻlib tugʻilganman. Qornim ochganda, chanqaganimda dunyo koʻzimga juda tor koʻrina boshlaydi. Yer ostidagi ajriq tomirlarini tortib yeyishga urinaman. Kuchim yetmaydi yo oʻshaning ham egasi bor chiqib qoladi. Shunda bir narsaga hayron boʻlaman. Bu yerdagi eshaklar ja haddilaridan oshib ketishibdi. Yerning tagidagi tomirlargayam xoʻjayinlik qiladigan boʻlishibdi. Egalari arqonni keragidan ortiq uzun tashlab qoʻyishibdi. Toʻgʻri, tirikchilik toshdan qattiq deyishadi. Buning ustiga allaqaerlarimdir loʻqillab ogʻrib azob beradi. Bunaqangi paytda magʻrurlikning beliga tepib koʻzni chirt yumish kerak-u, tiriklik uchun intilish zarur. Shox-shabbaga, oʻt-oʻlanga ega chiqqan eshakka yaqin borib, bosh egsang bas, birpas depsinib, shataloq otadi-yu, sengayam nimadir beradi. Baxtga qarshi, bu ish baribir qoʻlimdan kelmadi.
Yoʻl chetida
Mana, bir necha kundan beri katta yoʻl chetida yotibman. Turishga hol yoʻq, allakimlar kelib meni ishlatmoqchi, ustimga minib sayr qilmoqchi boʻlishadi. Tura olmayman. Shunda duch kelgan yerimga tepishadi-yu, ketib qolishadi. Xoʻrligim kelyapti. Nahotki, dumsiz bir bechora eshakka hech kimning rahmi kelmasa? Nahotki, biror kimsa ertakka ishonmasa? Axir, men oddiy eshaklardanmasman! Toʻppa-toʻgʻri ertaklar dunyosidan kelib qolganman…
Bilmadim, qorinni-ku, oʻylamay ham qoʻydim. Baribir nasibam qirqilgan, menga tushib qolgan yemish yoʻq. Hech boʻlmasa, biror insof-diyonatli kimsa kelib yaramga malham qoʻysa, armonim qolmasdi. Undan bir umr minnatdor boʻlib yashardim. Kuch yigʻib, oʻrnimdan qoʻzgʻalsam, bearmon xizmatini qilardim.
Toʻy
Kuni kecha mahallada badabang toʻy boʻldi. Yosh-yalang rosa qiyqirib oʻynadi, xursandchilik qildi. Men boʻlsam, yoʻl chetida yotgancha yaylovdagi jonivorlarni kuzatardim. Ensam qotib-qotib qoʻyardi. Toʻy mahallada-yu, sigir ham, echki-qoʻylar ham shataloq otishar, oʻzlaricha raqs tushishardi. Yana mo''rab, maʼrab qoʻyishlariga oʻlaymi! Ayniqsa, anavi aygʻirga xudo berdi. Choʻzib-choʻzib kishnadi yaramas. Ochigʻi, aygʻirlarni koʻrishga koʻzim yoʻq. Bir paytlar kuchga toʻlib, uylanganimda shunaqa aygʻirlardan biri urgʻochimga koʻz suzgandi. Qarab oʻtirmaganman. Kuchim yetganicha, tishlab, tepganman uni. Afsuski, aygʻir, baribir aygʻir ekan. Urgʻochimni yoʻldan urib ketdi. Oʻsha-oʻsha soʻqqabosh boʻlib qoldim, urgʻochilardan koʻnglim sovidi…
Shunaqa deyman-u, shataloq otib, toʻy bahona xursandchilik qilayotgan qarindoshlarimga havasim ham kelyapti. Chunki ularning oʻz uyi, egasi, asosiysi, dumi bor. Ularga ertak ham, ayiqpolvon, choʻchqacha-yu boyqush ham kerak emas. Hademay egalari hammalarini uyga yetaklab olib kiradi, oldiga poxolmi, yemmi tashlaydi. Balki toʻydan tushgan tansiq taomlar bilan siylashar!?.
Men-chi? Afsus! Ming afsus! Mendek baxti qaro, tashlandiq, dumsiz bir eshakning hech kimga kerakligi yoʻq. Oʻtkinchilar, noinsof bandalar tepib oʻtishsa, daydi itlar irillab qoʻrqitishsayam, chidashga majburman. Chunki men gʻaribman, kuch ketdi, xastalana boshladim.
Xudoyim, qaniydi uxlab koʻzimni ochsam-u, oʻzimning oʻsha ertaklar dunyomga borib qolsam! Dumim boʻlmasayam mayliydi. Hech boʻlmasa, ayiqpolvondek doʻstlarim yonimda boʻlardi. Dardim arirdi… Nima qilsam ekan-a? Bir hangrab koʻrsammikan? Alamdan chiqquncha, bearmon hangrayinmi?..
Hangrashgayam qoʻrqaman. Chunki mendek dumsiz eshakning hangrashi hov anavi dumdor, sogʻlom, oxuri yemga toʻla baʼzi eshaklarga ogʻir botishi mumkin…
Yoʻq, chidayman, kutaman. Ajab emaski, vaqti kelib haqiqiy insofli, sof yurak bandai moʻmin menga qiyo boqsa-yu…
Oʻshanda undan hech narsa soʻramasdim. «Bittagina, ingichkagina boʻlsayam dum olib bering» deb yolvorardim. Yoʻq, dum ham soʻramayman. Yagʻirlangan yelkamga tuz sepishini iltimos qilaman. Ogʻriq bahona rosa shataloq otib sakrayman, alamnoklardan alamimni olaman, xumordan chiqaman, ertaklar dunyosini unutaman.
Ishqilib, shu kun tezroq kelsin-da!..

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!