«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «USMONIYLARNING 280 KANIZAKNI SUVGA ChOʻKTIRGAN ShOHI…»

Mantiqan olganda, aql-hushi joyida odam bu ishni qilmaydi. Endi usmoniylar tarixiga yana bir karra nazar solsak. Bu imperiyani aqlan zaif shohlar ham boshqargan. Masalan, «Muhtasham yuz yil» teleserialida ham Mustafo hazratlari faoliyatiga keng oʻrin berilgan. U ham oʻlimini kutish, jallodlar kirib kelib boʻyniga ipak arqon solishlaridan qoʻrqish tufayli aqldan ozgan va shu ahvolda imperiya taxtiga-da oʻtqazilgan. Ana endi sal oldinga qarab yursak, Kusem sulton imperiyasi davrida ham uning kenja oʻgʻli Ibrohim aqlan zaif boʻlgan. U ham bolaligida akasi Murod taxtga oʻtirgach, oʻldirib yuborishidan qoʻrqish oqibatida aqldan ozgandi. Shunga qaramay, Kusem sulton vaqt keldiki, Ibrohimni taxtga oʻtqazdi. Xoʻsh, aqlan zaif podshoh qanday qilib davlatni boshqarsin? Buning ustiga u oʻta jizzaki telbalardan edi.
Shu sababli Kusem sulton davlat boshqaruvini yana oʻz zimmasiga olishga majbur boʻldi. Ibrohimga esa faqat hujjatlarga, farmonlarga imzo qoʻyish va muhr bosish majburiyati qoldi. Harqalay, bu ishni uddaladi. Kusem sulton aqlan zaif oʻgʻli davlat ishlariga huda-behuda aralashib asabbuzarliklarga yoʻl qoʻymasligi uchun unga hamma yoʻllarni ochib berdi. Ibrohim neni xohlasa shu ishni qildi. Ammo imperiyaga vorislar kerak edi. Agar Turxon sultondan tugʻilgan ikki shahzodani hisobga olmasa, Ibrohimning boshqa farzandlari yoʻq edi. U haramdagi hech bir qizga eʼtibor bermasdi. Kusem sulton oʻgʻlining bu feʼlidan xavotirga tushib uni kuzatuv ostiga olishni buyurdi. Suhbatga tortdilar, tekshirdilar, oxiri Ibrohimning qanday ayollarga ehtirosi kuchliligi maʼlum boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, Ibrohim semiz ayollarni xush koʻrarkan. Zudlik bilan dunyoning turli burchaklaridan semiz, lekin goʻzal ayollar topib kelindi. Qarabsizki, Ibrohim ularga oʻzgacha ehtiros va eʼtibor bilan yondasha boshladi. Lekin kunlarning birida kanizaklardan biri unga xiyonat qilayotganidan xabar topdi. Aqlan zaif boʻlsa-da, rashki kuchli ekan. Darhol boshqa kanizaklarni siquvga oldi.
Baxtga qarshi birontasidan kanizak unga kim bilan xiyonat qilayotgani haqida xabar eshitmadi. Haqiqat yuzaga chiqmadi. Shunda gʻazabga kelgan aqlan zaif podshoh Ibrohim oʻylab oʻtirmay, farmon eʼlon qildi. Farmonga koʻra, haramdagi barcha kanizaklar, aniqrogʻi, 280 nafar kanizak Bosforga choʻktirib yuborilishi lozim edi. Farmon soʻzsiz ado etildi. 280 nafar kanizakni bittadan qopga solib, yana qopga tosh boylab Bosfor tubiga choʻktirishdi. Ajali yetmagan ekan. Ularning birigina oʻsha atrofdan oʻtib ketayotgan Angliya kemasi ekipaj aʼzolari tarafidan tortib olindi. Qolgan 279 kanizakning hammasi oʻlim topdi.
Oʻshanda oradan ikki-uch kun oʻtgach, baliqchilardan biri Bosfor tubiga marvarid topish niyatida shoʻngʻigandi. Suv tubida qoplarni koʻrib qoldi va ulardan birini ochdi. Ne koʻz bilan koʻrsinki, qopda qiz murdasi yotardi. Jonholatda boshqa qoplarni ham birma-bir ochib koʻrdi. Barchasida murdalarnigina koʻrdi. Baliqchi shu qadar qoʻrqib ketdiki, sal boʻlmasa, oʻzi ham oʻlayozdi.
Eslatib oʻtamiz, Ibrohim ham onasi Kusem sulton tarafidan qatl ettirilgan. Zindonda jallodlar changalidan xalos boʻlishga urinayotgan aqlan zaif podsho shunda bor ovozda «Iloyim sen ham qiynala-qiynala oʻlim topgin» deya onasini qargʻagandi. Ibrohimning oʻlimidan keyin sal oʻtib Kusem sultonning oʻzi ham boʻgʻib oʻldirildi. Faqat qiynala-qiynala oʻlim topdi. Birinchi boʻgʻishda jallod vazifasini oʻtagan yigit oxirigacha boʻgʻib turmagan ekan. Kanizaklar uni oʻldi deb oʻylab egnidagi liboslarga mahkamlangan oltin-u marvaridlarni talosh qilishga tushgan mahal dafʼatan uygʻonib ketdi. Kusem sultonni ikkinchi marta boʻgʻishga majbur boʻlishdi. Bu safar u haqiqatan jon berdi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!