QORA DORINING QULI… (Boʻlgan voqea)

Sobir ertalab uyqudan xumor tutib uygʻondi. Tomirlari tortishib, koʻzlari qizara borgan sari yuragini vahm bosdi. U bilardi. Agar tushlikkacha bitta «doza» topmasa, adoyi tamom boʻladi. Chunki, qora dorining xumori hazilakam emas. Oʻlimga olib boradi.
Vujudi titrab bazoʻr telefongacha yetib bordi-da, hamtovoqlaridan biri Moʻminning raqamini terdi.
Xayriyat, uyida ekan. Darrov goʻshakni koʻtardi.
— Ogʻayni, men yomon boʻp ketyapman! — dedi qaltirab Sobir. — Yordam bermasang, mendan ajrab qolasan!
— Nima boʻldi? Tagʻin xumormi? — kulgi aralash soʻradi Moʻmin.
— Bilib turib soʻraysanmi? Tomirlarim tortishib ketyapti, axir! — baqirdi Sobir. — Undan koʻra, biror chorasini top!
— Chekadigan sen-u, men chora topaymi?
— Xoʻp, oʻrtoq, jahling chiqmasin! Mendayam qolib ketmas!
— Puling bormi oʻzi?..
— Oʻzing-chi, gʻirt taʼmagir boʻlib ketibsan! Shuncha yil bitta turmada, bir kamerada oʻtirib oqibat shu boʻldimi?
— Vey, turmani gapirma! — dagʻdagʻa qildi Moʻmin. — Oʻsha yoqdayam seni men «pakrivat» qib yurganman. Yoʻqsa oʻlib ketarding. Yo esingdan chiqdimi?
— Boʻpti, tushundim. Hozir… Bu gaplarning mavridi emas. Jon oʻrtoq, yordam ber! Rahming kelsin menga!
— Menga qara, xotinlarga oʻxshab mingʻirlayvermagin-da, tez «tochka»ga bor! Oʻsha yerda gaplashamiz!
— Rahmat, rahmat! — goʻshakni qulogʻiga yanada mahkamroq bosib qulluq qila ketdi Sobir. — Bu yaxshiligingni unutmayman! Koʻrasan, bir kun seniyam «vruchat» qilaman! Koʻrasan!
— Gapni kalta qil! — koyingan boʻldi Moʻmin. — Bu taxlit oʻtiraversang, til tortmay oʻlasan.
— Mana… Mana, chiqib ketyapman.
— Pullaringning borini olvolgin! Hech boʻlmasa, yarmisinikini toʻlab qoʻymasang boʻlmaydi.
— Bilaman, bilaman! — dedi Sobir hovliqib. — Hoziroq uyni agʻdar-toʻntar qilib boʻlsayam topaman pulni!
* * *
Sobir xonalarni titkilab, pul topa olmadi. Soʻkina-soʻkina tashqariga chiqib, boshini changalladi. Titroq, boshida paydo boʻlgan ogʻriq tobora zoʻrayib borardi.
— Oʻgʻirlik qilsammikan? — koʻnglidan kechirdi u alang-jalang atrofga boqib. — Qaerga boraman? Kimni oʻmaraman?.. Yoʻq, Moʻminning oldiga boraman. Ajabmas,
qarz berib tursa!..
Kelishilgan joyda Moʻmin sigaret tutatgancha uni kutib turardi. Rangi dokadek oqarib ketgan Sobirni koʻrdi-yu, masxaraomuz tirjayib ikki qoʻlini choʻntagiga solgan koʻyi tek turaverdi.
— Nega turib qolding, oʻrtoq? — betoqatlanib soʻradi Sobir. — Bera qolsang-chi zormandangni!
— Puli qani? — pinagini buzmay hamtovogʻiga savol nazari bilan boqdi Moʻmin. — Oldin soqqani chiqar!
Sobir aybdorona bosh egdi.
— Topolmadim. Uydagilar pullarni oʻzlari bilan olib yuradigan boʻlishganga oʻxshaydi… Lekin… Topaman, ishon!.. Xumorni bosvolay, albatta topib beraman pulni!
— E, ja opqochasan-da oʻzingam! — qoʻl siltab qoʻydi Moʻmin. — Hozir topolmagan pulni keyin qaerdan olarding! Xumoring bosilsa, bir qop vaʼdani berasan-u, dumingni tugasan.
— Ayt, nima qilay? Nima desang roziman! Faqat choʻzmasdan bitta «doza» ber! Oʻlib qolaman, oʻlib!
— Shunaqami? Yaxshi… Unda eshit. Ikkita-uchta dozaga xaridor topasan. Faqat «dori»ni pullar qoʻlimga tekkandan keyin olasan. Topgan xaridoringminan shunday kelishgin! Aytgancha, qimmatroqqa pullasang, qarzingdanam qutulib ketarding!
— Gap yoʻq! — Moʻminning qoʻliga umidvor termuldi Sobir. — Topaman xaridorni! Qani, dozani choʻz, ogʻayni!
Moʻmin yana birpas titrab-qaqshab ketayotgan Sobirni masxaralagandek kuzatib turdi-da, choʻntagidan sellofanga oʻralgan qora dorini tutqazdi.
— Ma, ol, oʻlib-netib qolsang, men aybdor boʻlib yurmay tagʻin!
Sobir dorini qoʻliga oldi-yu, sellofanni ochib oq kukunni tishlariga milklar aralash surta boshladi.
* * *
Sobir kayfi tarang tortib tanasidagi ogʻriqlardan xalos boʻlgach, oʻylanib oʻtirmay, ikki mavze narida yashaydigan tanishi Komilni qidirib topdi. U yaqinda turmadan qaytgan, mashinalarni yuvish bilan shugʻullanadigan firmaga ishga joylashib olgan ekan. Ancha ozibdi.
Qator mashinalar orasida Komilni koʻrib quvonib ketdi. Ikkovlashib oʻtgan kunlarni, birgalikdagi kayf-safolarni eslab biroz kulishishdi.
Gap orasida Komilning oʻzi yorildi.
— Qaniydi, hozir «oqi»dan boʻlsa! Juda xumor tutyapti-da!
— Muammo yoʻq! — Sobir chehrasi ochilib doʻstining yelkasiga qoqdi. — Topamiz! Faqat… Qimmatroq-da!..
— Jinni boʻlganmisan? — uni urishib berdi Komil. — Men qachon narxini soʻraganman?.. Tillaga teng-ku bu narsa!..
— Unda pulini ber, men olib kelaman!
— Nega?.. — Komil ishonqiramay Sobirga sirli boqdi. — Nima, yoningda yoʻqmi?
— Dori boshqa tanishimda. U pulini avval olib borsamgina berarkan.
— Shunaqangi xasismi tanishing? Qochib ketmaymiz-ku!
— Ishonmayapti-da! Sal qoʻrqoqroq!
— Hayot koʻrganmi?
— Yoʻq. Uydan koʻchaga chiqmagan.
— Tushunarli. Yangilardan ekan-da! Mayli, qancha ekan?
Sobir narxni aytdi.
Shundan soʻng Komil uni ergashtirib uyiga olib bordi va kerakli dozalarning haqini berib yubordi.
Bir soat ichida tayin etilgan manzilda uchrashadigan boʻlishdi.
* * *
— O', zoʻrsan-ku-a!?. — katta koʻcha boʻyida Sobir tutqazgan pullarni sanab koʻrarkan, unga mensimagandek nazar tashladi Moʻmin. — Birpasda topdingmi xaridorni?
— Senga nima farqi bor? — dedi Sobir aftini bujmaytirib. — Shart qoʻyding, bajardim. Endi dorilarni choʻz! Bir soat ichida yetkazishim kerak.
— Namuncha shoshilasan? Kel, ikkovlashib bittadan uramiz!
— Tekingami?
— Shunaqa desayam boʻladi. Faqat aytgan kunim «mol»larimni sotib kelib tursang bas!
— Yaxshi, ol unda! Ursak uribmiz-da! Bizni birov urisharmidi…
Bu gal Moʻmin shprisda suyultirilgan dori uzatdi. Birinchisining kuchi ancha yengillab qolgan boʻlsa-da, shprisdagi dori Sobirga yaxshi kayf berib, koʻzlari suzildi. Kayfiyati koʻtarilib, ogʻzining tanobi qochdi.
— S-sen oʻzi haqiqiy erkaksan-da! — Moʻminning yelkasiga shapatiladi Sobir. — Har doim gʻamimni yeb kelgansan! Vey, agar biror marta senga pand bersam, odammasman! Ishonaver, «mol»ing hech qachon xaridorsiz qolmaydi.
— Koʻramiz! — ayyorona koʻz qisdi Moʻmin. — Basharti aldagan taqdiringdayam baribir bir kun yonimga qulluq qilib kelasan.
— Oʻrtoq, dorilarni beraqol! U odam ham kutib turgandir.
— Yoʻq, — dedi Moʻmin jiddiy tortib. — Bu yerda bermayman. Bilasan-ku, unisi-bunisi oʻtib turibdi.
— Qaerda berasan?
— Oʻzing bilgan qahvaxona roʻparasiga boramiz.
— Xoʻp, qahvaxona boʻlsa qahvaxona. Ketdikmi?
Moʻmin bir muddat uyoq-buyoqqa koʻz tashlab olib, choʻntaklarini tekshirgan boʻldi.
— Toʻxta, — dedi negadir toqatsizlanib. — Uyga kirib dorilarni olib chiqay! Bahonada pullarniyam joylab qoʻyaman.
— Faqat tezroq boʻl! Kechikib yurmaylik tagʻin!
— Kechikmaysan. Oʻsha odaming besh daqiqa ortiq kutsa oʻlmaydi.
* * *
Moʻmin aytganidek, qahvaxona roʻparasi begona koʻzlardan hiyla panaroq edi. Faqat sal narida ikki yigit ularga teskari oʻgirilgancha pivo ichishardi.
— Mana, — ikki-uch oʻram dorini Sobirga tutqazdi Moʻmin. — Faqat ehtiyot boʻl! Mabodo kimlardir xitlansa, meni tanimaysan!
Sobir shosha-pisha dorilarni choʻntagiga tiqib hamtovogʻining ikki bilagidan tutdi.
— Men sotqin emasman. Koʻngling toʻq boʻlsin. Faqat vaʼda ber! Kechqurun yana bitta doza berasan!
— Ahmogʻing yoʻq. Yangisiga xaridor topsang, oʻshanda olasan. Yo manavilardan picha-pichasini urib qolaver!
— Ha-ya, kallam ishlamaganini qara! Bir chimdimdanini olsam, kim bilib oʻtiribdi. Mayli, koʻrishguncha!
Ikkovlari ikki tarafga tarqalishdi. Komil bilan uchrashadigan joy ham bu yerdan uncha uzoq boʻlmagani bois, Sobir piyoda yoʻlga tushdi. Lekin ellik qadamcha yoʻl yurmay, boya bir chetda pivo ichib turgan yigitlar unga yetib olishdi. Biri keliboq Sobirning yoʻlini toʻsdi va choʻntagidan hujjat chiqarib koʻrsatdi.
— Qani, ogʻayni, hujjatlarni koʻrib qoʻyaylik-chi!
Sobir bu yigitlar militsiya xodimlari ekanini bilgach, adoyi tamom boʻlayozdi. Tili kalimaga kelmay, duduqlana-duduqlana javob qildi:
— M-menda h-hujjat yoʻq…
Shu asnoda orqada turgani epchillik bilan uning choʻntaklarini kovlab, oʻram-oʻram dorilarni chiqarib oldi.
— Manavilar kimniki?
— B-bular… Oʻzimniki… Ch-chekishga olib qoʻyganman!..
Afsuski, bahona qidirishga, oʻzini oqlashga Sobirning imkoni qolmagandi. Militsiya xodimlari qoʻllariga kishan urib dikonglatgancha boʻlimga olib ketishdi.
ESLATMA:
Sobir tergov jarayonida sheriklari kimligini ham osongina aytib berdi.
Jinoyatchilar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!