МУРДАЛАР КЎЗ ОЧГАНДА… (Мистика)

Sentyabr oyi edi. Tun. Qabristonga kirib kelgan koʻk plashchli kimsa yomgʻirli havoda boʻgʻilib-boʻgʻilib nafas olardi…
Biroz sigaret chekib turgan boʻldi-da, kutilmagan harakat bilan qoʻlidagi sigaret qoldigʻini bir tomonga irgʻitib, yelkasidagi qopni qabrlardan biri ustiga qoʻydi.
Qaerlardandir boyqushning yoqimsiz sayrashi eshitildi.
U qabrga engashdi. Shu payt roʻparasida qandaydir nomaʼlum soyalar paydo boʻlib, toʻppa-toʻgʻri qabr ustiga yoyildi.
Kimsa kaftini peshonasiga tirab bir muddat turib qoldi…
Soʻngra boshini koʻtarib yana qopini yelkasiga ildi va qabriston oʻrtasiga qarab yurdi.
U yerda eski qabr bor edi. Oʻsha yerga kelganda toʻxtadi. Yana qopni yelkasidan olib qabr ustiga qoʻydi. Ne koʻz bilan koʻrsinki, haligi soyalar tagʻin roʻparasida paydo boʻlib aylana boshladi. Qoʻrquvdanmi, tasodif tufaylimi, turgan yerida qotib qoldi. Soyalar esa goh akula, goh it shakliga kirib, qabr ustida u yoqdan-bu yoqqa aylanardi.
— Itlaringni nari ol! — nihoyat tilga kirdi plashchli kimsa. — Bilaman, meni kuzatyapsan… M-men… Sibiryakning oldidan keldim. Yaxshi xabar, yana… Sovgʻa olib keldim senga.
— Kimsan oʻzing? — gʻoyibdan notanish ovoz keldi.
Plashchli kimsa boshini koʻtarib u yoq-bu yoqni koʻzdan kechirgan boʻldi.
— Buning ahamiyati yoʻq. Sen bu sovgʻani anchadan beri orzu qilarding. Sibiryak aytdiki, mening bir iltimosimni bajarishing kerak ekan.
— Qanday iltimosing bor?
— Menga sening aktyorlaring kerak.
— Nechtasi?
— Uchtasi. Bir haftaga. Ular ikkitadan rol oʻynab, yana qaytib kelishadi.
Oʻrtaga bir muddat jimlik choʻkdi. Esa boshlagan sovuq shamol plashchli kimsaning yuzlariga urilib, u aftini bujmaytirdi.
— Men senga olti nafar oʻlganlarini beraman, — dedi nomaʼlum ovoz sohibi.
Plashchli kimsa norozi bosh chayqab qoʻydi.
— Nima, sen men bilan savdolashmoqchimisan? Boʻpti, bu narsani yana Sibiryakning oʻziga qaytaraman.
Shunday deb u qopni yana yelkasiga ildi. Bunga javoban qabrlar oʻrab qoʻyilgan temir panjaralar gʻijirlay boshladi. Qaerdadir qurigan shox sinib tushib, tovushi butun qabristonga eshitildi. Toʻsatdan kimsaning koʻksi uzra kelib urilgan shamol sal qursa uni itqitib yuborayozdi.
— Toʻxta, odamzod! — deya oh urdi koʻrinmas jonzot. — Mayli, aktyorlar sening oldingga kelishadi.
— Ertagayoq kelishsin!
U plashchiga yaxshilab oʻranib, qorongʻilik qaʼriga shoʻngʻidi…
***
Volodya Qalmiq hech qachon muammolardan qoʻrqmaydi. Yoʻq, muammolarni yaxshi koʻrganidan emas. Biladiki, agar muammodan qochsa, ishlari chappasiga ketadi. Ishi shunaqa. Odamlar bilan ishlaydi. Shu ishi tufayli koʻpchilikka yoqmaydi. Faqat yoqtirmasliklarini hech qachon yuziga aytishmaydi…
Qalmiq doimo hushyor. Har bir koʻngilsizlikni oldindan koʻrib, his qilib turadi. Ana shu sababli ham omad unga kulib boqdi. Endi uning oʻzi xoʻjayin. Har qanday muammoni bemalol hal qilaveradi…
Podʼyezdda chiroq yoʻq edi. Ichkarini yoqimsiz hidlar qoplagandi.
U shoshilmay zinapoyalardan yuqoriga koʻtarila boshladi.
— Hech qayoqqa ketmayman! — dedi oʻziga-oʻzi. — Hammasini haydab chiqarib, podʼyezdni havas qiladigan darajaga keltirmaguncha tinchimayman…
Afsuski, navbatdagi muammoni payqamay qoldi. Yaʼni, qorongʻida nimagadir urilib yiqilib tushayozdi. Hayron boʻlib asta egildi. Oyoqlari ostida Mishka Obryad ogʻzi ochilgan holda choʻzilib yotardi. Toʻzgʻigan sochlari zinapoyada esayotgan shabadada qimirlab-qimirlab qoʻyardi.
Qalmiqning yuragi qinidan chiqib ketayozdi. Ich-eti muzlab ketdi. Obryad!..
"Tirik shekilli! — koʻnglidan oʻtkazdi u.”
Shu tobda Obryad narigi yonboshiga agʻdarilib oldi. Ana shundan keyingina Qalmiq sal tinchlanib choʻntagidan sigaret chiqarib tutatdi va kvartirasi tomon yoʻl oldi.
Eshikni xotini ochdi. Erining vajohatini koʻrib, qoʻrqqanidan oʻzini chetga oldi.
— Qizlarim uxlashyaptimi? — soʻradi Qalmiq xotirjam ohangda. — Aytgancha… Salom!
— Salom!.. Qizlar uxlab qolishdi…
Ayol yugurib borib yoʻlakdagi chiroqni yoqdi.
— Nimadir boʻldimi?
— Hech narsa boʻlgani yoʻq. Ovqat-povqating bormi?..
Qalmiq qoʻrqa-pisa qozon tomonga oʻtgan xotini Iraning ortidan tikildi. Ha, xotini hozir undan oʻlgudek qoʻrqadi. Bir paytlar axlatxonada ishlab arzimagan pul koʻtarib kelganda Qalmiqning oʻzi ortiqcha harakat qilishga choʻchirdi. Ha, u vaqtlar oʻtib ketdi. Endi uning davri keldi. Faqat u buyruq beradi. Nafaqat uyida, balki, butun hovlida oʻz soʻzini oʻtkaza oladi…
Ira ovqat va aroq keltirib stolga qoʻydi. Qalmiq shosha-pisha aroqni stakanga quydi-da, bir koʻtarishda sipqorib, qoshiqni qoʻliga oldi…
Qiziq… Anavi Mishka Obryad qari piyonista. Qoʻshni. Nega undan qoʻrqib ketdi?.. Axir, uning oʻlganiga ikki yil boʻlgandi-ku!..
Aslida, Qalmiq piyonistalar bilan koʻp toʻqnash kelardi. Ishi shuni talab qilardi. Asosan ichkilik bilan savdo qilgani bois yarim kecha demay oʻsha piyonistalarga eshikni ochishga majbur edi. Negaki oʻshalarning orqasidan moʻmay daromad koʻrardi…
Keyinroq kvartira savdosi bilan shugʻullana boshladi. Yoniga Xorek va Xoxol laqabli gumashtalarini sherik qilib oldi. Ana oʻsha ish unga yanada omad keltirdi. Bir oy deganda oʻn ming koʻkida ishlab topdi…
Qalmiq yana zinapoyadagi Obryadni koʻz oldiga keltirdi. E, yoʻq, u Obryad emas. Unga shunday tuyildi, xolos. Marhumlar hech qachon uygʻonmaydilar…
***
Ertasi kuni Qalmiq oʻziga dam olish kuni eʼlon qildi. Xorek va Xoxolga qoʻngʻiroq qilib, topshiriqlar berdi. Oʻzi esa divanga yonboshlab televizor koʻra boshladi…
Bir mahal beixtiyor derazadan tashqariga qaradi. Axlatxona yonida har doimgidek uch nafar piyonista erkak qotib turishardi. Qalmiq qoʻl siltab narigi yonboshiga oʻgirilmoqchi boʻldi. Qarasa… Kutilmaganda uchchala piyonista ham birdan boshini uning kvartirasi tomon burdi. Ha, aniq u tomonga qarab qolishdi…
Qalmiq ularni tanidi. Biri Vanya togʻa. Olti yil oldin univermag yonida oʻzicha savdo-sotiq qilmoqchi boʻlgandi. Qalmiq bir marotabagina jagʻiga tushirgandi, uyiga keliboq jon bergan.
Anavinisi Kolya maymoq. Mushtlashib qolishgandi bir vaqtlar. Qalmiq ham mast edi. Uniyam bir zarba bilan tinchitgan…
Uchinchisi…
Ha, bu Obryad!.. Xuddi oʻzi!..Qalmiq toʻsatdan ovozining boricha baqirib, deraza yonidan oʻzini olib qochdi. Qochayotib beixtiyor stolga urilib ketdi-yu, chalqanchasiga polga quladi…
— Yo'-oʻq!.. Boʻlishi mumkinmas!..
U ogʻzini kaftlari bilan majburan yopib, qaytadan deraza qarshisiga keldi. Hech kim yoʻq…
***
Shu kecha Qalmiq juda yomon uxladi. U yogʻiga agʻdarildi, bu yogʻiga agʻdarildi. Oʻzicha nimalardir deb gʻoʻldiragan boʻldi… Koʻzlarini yumdi deguncha kunduzgi dahshatlar namoyon boʻlaverdi…
Oxiri uxlab qoldi. Tush koʻribdi. Tushida sochlari paxmoq bir kampir zinapoyadan chiqib kelayotgan Qalmiqqa tashlanib qolibdi. Suyagi chiqib ketgan qoʻllarni u qancha yelkasidan yulib tashlashga urinmasin, kuchi yetmasmish… Aksincha, uringan sari nafasi boʻgʻilib, yuragi toʻxtab qolayotgandek tuyilaveribdi…
Yoʻq, bu kampir jodugar. Unga qaysidir sehrli soʻzlarni aytishi lozim edi. Shundagina kampir undan nari ketardi. Ammo sehrli soʻzlar esida yoʻq…
Oradan qancha oʻtdi, bilmaydi. Hanuz oʻsha dahshatli tush taʼsirida inqillardi. Toʻsatdan eshik qoʻngʻirogʻi chalindi. Qalmiq uygʻonib oʻrnidan turdi-yu, yonidagi xotini Iraga boqdi. U tinchgina uxlardi.
Eshik qoʻngʻirogʻi qayta-qayta chalinavergach, Qalmiq oʻrnidan turdi-da, chiroqni ham yoqib oʻtirmay, yoʻlakka chiqdi.
— Kim u?
Soʻrashga soʻradi-yu, har ehtimolga qarshi, eshikka oʻrnatilgan kuzatuv teshikchasidan tashqariga qaradi.
Yo alhazar!.. Yana oʻsha marhum piyonistalar!.. Nimalar boʻlyapti oʻzi?.. Ularning oʻlganiga qancha boʻldi!.. Nega?.. Qanday tirilib kelishlari mumkin axir?..
Oyoqlari qaltirab ketayotganiga qaramay, Qalmiq oʻzini bosib qaytadan soʻradi:
— Kim?
— B-biz… Volodya, Mishka, Kolya!.. Eshikni och!..
— Nima ishlaring bor?..
— Bilasanmi?.. Ichaklarimiz yonib ketyapti!.. Bir shisha qizilidan bergin!.. Pulimiz bor. Mana, yarmini opkeldik. Qolganini ertaga albatta, tashlab ketamiz!..
Qalmiq sekin eshikni ochdi. Haqiqatan, ostonada uchala marhum ham xuddi tirikdek yuzlari qip-qizargan holda turishardi.
— Axir sizlar koʻkarib chiqqansizlar! — dedi Qalmiq sir boy bermay. — Qolaversa, ming yil boʻldi ichkilik sotmay qoʻyganimga. Manavi pullar ham eski. Hozir boshqa pul…
Vanya togʻa choʻntagini uzoq paypaslab, nihoyat bitta besh mingtalikni chiqardi. Buni koʻrib Qalmiqning nafasi boʻgʻildi…
— S-sizlar qaerdan paydo boʻldingiz? — xirillab soʻradi u. — Men hozir ichkilik sotmayapman… Axir, sizlar allaqachonlar oʻlgansizlar-ku!.. Birin-ketin goʻrga kirgansizlar-ku!.. Yoʻqol!.. Yoʻqol hammang!..
Qalmiq kutilmagan harakat bilan uchchalasini ham zinaga itarib chiqardi. Avval Kolyani, ketidan qolganlarini tepib pastga qulatdi. Ayniqsa, Obryadni tepganda boʻyin suyaklari qanday qisir-qisir qilganigacha eshitib, aʼzoyi badanida sovuq ter paydo boʻldi…
*
Qolgan uch kun ham Qalmiq uchun yoqimli kechmadi. Qay mahal qaramasin, uch murda axlatxona yonida qotib turar, Qalmiqning derazasidan koʻz uzmasdi…
Qalmiq oxiri chiday olmadi. Uchinchi kuni erta tongda yordamchisi Xoxolga qoʻngʻiroq qildi.
— Sergey uygʻondimi? — soʻradi u hovliqib.
— Ha, nimaydi?
— E, axlatxonada qandaydir murdasifatlar turibdi… Negadir koʻnglim gʻash…
Goʻshakni joyiga qoʻygach, Qalmiq deraza tomonga oʻgirildi. Vanya togʻa gʻoyib boʻlibdi. Lekin Kolya maymoqning yonida ikki nafar devday-devday erkak turar, maymoq ularga Qalmiqning derazasini koʻrsatib nimalarnidir tushuntirardi…
— Bular Marat bilan Durinda-ku! — dedi oʻziga-oʻzi Qalmiq. — Qiziq!.. Ikkaloviniyam turmada oʻldirib yuborishgandi… Vanya togʻa ularni qaerdan taniydi?.. Ha mayli, hozir Xoxol kelsin, senlarga koʻrsatib qoʻyamiz!..
Afsuski, bunday boʻlib chiqmadi. Xoxol ham baquvvat erkak boʻlishiga qaramay, Durindaga yaqin kelganda, marhum uni qandaydir odamga xos boʻlmagan kuch bilan axlatxona orasiga itqitib yubordi. Soʻngra Durinda Maratni yoniga olib, axlatxona oldida raqs tusha boshladi…
Maʼlum vaqt oʻtib ikkala marhum ham koʻzdan gʻoyib boʻldi. Qalmiq esa asta tashqariga chiqib, axlat uyumlari orasida choʻzilib yotgan Xoxolni oʻrnidan turgʻazdi…
Xoxolning koʻzlari gʻazabdan yonardi. Nimalardir demoqchi boʻlardi-yu, negadir ayta qolmasdi. Jimlikni Qalmiqning oʻzi buzdi:
— Xoʻsh, u yer-bu yering sinmadimi, ishqilib?
— Oldindan ogohlantirib qoʻyish kerak edi-da!.. — norozi toʻngʻilladi Xoxol…
Qalmiq indamadi. Haqiqatan ayb oʻzida. Doʻstini xavfga qoʻyib koʻp ozor yetkazdi…
U tezda Xoxolni kasalxonaga yotqizdi. Qovurgʻalari sinib ketgan, miyasi qattiq chayqalgan ekan…
***
Qalmiq boʻlib oʻtgan koʻngilsiz voqealardan soʻng ikki kungacha koʻchaga chiqmadi. Bilmaydi. Umri bino boʻlib bu qadar qoʻrqmagandi. Shu gal negadir marhumlarni, anavi turmadagi "dev”larni oʻylasa, dahshatga tushib ketaverdi…
Uchinchi kuni nihoyat oʻzini qoʻlga oldi. Yoʻq, bular bilan hisob-kitob qilmasa boʻlmaydi. Kim bilsin? Koʻchada yursa-yu, qaysidir podʼyezddan anavi yaramas murdalar otilib chiqib, oʻzini ham bir narsa qilib yuborishlari mumkin… Eh, tirik ekanliklarida bekor ozor bergan ekan. Ana endi astoydil oʻch olishga qaror qilishdi…
Ha, mayli, Qalmiq ham anoyi emas. Koʻrsatib qoʻyadi bu chirigan murdalarga…
U uchinchi kuni ertalab Irani qizlari bilan qoʻshib onasining oldiga joʻnatdi. Oʻzi esa mashinasiga oʻtirib, axlatxona roʻparasidan asta oʻta boshladi. Devday murdalar bir burchakda oʻtirgancha nimadir ichish bilan band edi.
— Hoy, chirigan murdalar, — baqirdi Qalmiq mashinadan turib, — Tagʻin stakanni sindirib qoʻymalaring!..
Shunday deb mashinani qabriston tarafga burdi. Yoʻlda uni notanish yoʻlovchi toʻxtatdi. Tashqarida yomgʻir quyayotgani sabab Qalmiq rahmi keldimi, mashinani toʻxtatdi.
— Metrogacha olib ketmaysanmi? — soʻradi yoʻlovchi muloyim ohangda.
— Boʻpti, oʻtir!..
Yoʻlovchi orqa oʻrindiqqa chiqib oʻtirdi. Mashina joyidan qoʻzgʻaldi. Xayol olib ketibdi, shekilli. Bir mahal orqa oʻrindiqdan yoʻlovchining xirillagan tovushi eshitilgandek boʻldi.
— Meni uyimga olib bor, Volodya!.. Sen bilan yaxshilikchasiga gaplashib olishim zarur!..
Qalmiq bu tovushni eshitib qotib qoldi… Qiziq… Hali mashinani toʻxtatib soʻraganda ovozi boshqacha edi… Endi boʻlsa… Bu oʻlib ketgan Klimushkinning ovozi-ku!.. Ha, oʻsha… Bir paytlar kvartira masalasida tortishib qolishgandi. Qalmiq uni ham aldagan. Qarshilik koʻrsatmoqchi boʻlganda jagʻiga tushirgan edi….
— Volodya, men qaytib keldim!..
Qalmiq birdan tormozni bosdi. Jonholatda qutichadagi toʻpponchani olmoqchi boʻldi. Jin ursin, uyda unutib qoldiribdi!..
— Men sen bilan bir masalada gaplashib olmoqchiman! — deya Qalmiqning boʻyniga yopishdi Klimushkin. — Shunday qilmasam, ruhim juda bezovta boʻlyapti. Qiynalib ketyapman!.. Xoʻsh, boʻyning ogʻrimayaptimi? Unda asabimni buzmay, mashinani yurgaz!..
Qalmiq boʻyniga tobora botib borayotgan suyakdan joni chiqqudek boʻlsa-da, itoatkorona motorni oʻt oldirib, olgʻa bosdi.
— Esingdami, — davom etdi Klimushkin, — Mening kvartiram, qarzlar, sen qoʻygan foizlar!.. Hammasi oʻtmishda qoldi, albatta. Biroq sen mening divanimni axlatxonaga irgʻitib yuborganding oʻshanda. Meni kaltaklaganding. Muzlatkichimniyam kuch bilan tortib olgansan.
Qalmiq chiday olmadi. Ogʻriq shu qadar kuchli ediki, ovozining boricha baqirib yubordi:
— Voy do-od!..
Shu zahoti hammasi joyiga tushdi. Mashina toʻxtadi. Orqa oʻrindiqda esa hech kim yoʻq edi…
***
U qabristonga borish niyatidan ham voz kechib, rulni oʻz uyi tomon burdi. Qanday tezlikda yetib keldi, bilmaydi. Jonholatda mashinadan tushib, oʻzini podʼyezdga urdi…
Ammo…
Ne koʻz bilan koʻrsinki, zinapoyada yana Klimushkin turardi.
— Oʻtib boʻpsan, qanjiq! — shivirladi u. — Kim boʻlganingdayam, oʻtib boʻpsan!..
Shu tobda Qalmiq chezdiki, orqasida ham kimdir turibdi. Qoʻrqa-pisa orqasiga oʻgirildi. Roʻparada Durinda va Maratlar tish qayrab turishardi.
— Qani, kvartirangga boshla! — buyurdi Durinda unga. — Oʻsha yerda gaplashamiz!..
Qochib qaerga ham borardi? Qalmiq indamay kvartirasiga yaqinlashdi va eshikni ochdi. Murdalar undan oldinga oʻtib kvartiraga kirishdi.
"Tamom! — xayolidan oʻtkazdi Qalmiq xonalarni bamaylixotir aylanib yurgan murdalarga yer ostidan tikilib qararkan. — Endi bu yerda murdalar yashaydigan boʻldi, shekilli… Umrim esa shu yerning oʻzida tugaydi, chamasi…”
Kutilmaganda eshik qoʻngʻirogʻi chalindi. Xursand boʻlib ketgan Qalmiq yugurib borib eshikni ochdi. Ostonada… Kulrang plashch kiygan tanish bashara tirjayib turardi…
Qalmiq uni darrov tanidi. Bu Kabluk degan yaramas. Jodugar… Ha, shu kvartirada tursa, anavi murdalar unga tegishmaydi… Lekin…
Bir paytlar… Qamoqqa tushmasidan burun Kablukka ham anchagina ozor bergan. Tinchini buzgan, talagan, ayovsiz kaltaklagan…
Demak, bu jodugar jodusini ishga solib, undan oʻch olish payiga tushibdi-da!..
Qalmiqning xayollari chalkashib ketdi. Oʻzini shu qadar ojiz seza boshladiki…
— Anavilarni sen boshlab keldingmi? — soʻradi Kablukdan eshitilar-eshitilmas.
— Nima qipti?
— Endi meni birgalashib oʻldirasizlarmi?
— Bu senga bogʻliq…
— Q-qanaqasiga?.. Menga qara, olib ket ularni!.. Bilaman, senga koʻp jabr yetkazganman… Oʻsha pullaringni qaytaraman, ishon! Faqat ularni olib ket!..
— Yoʻq, — dedi Kabluk kulib, — Olib ketmayman!.. Esingdami, oʻshanda xotinimni Shveysariyaga joʻnatmoqchi boʻlib turgandim. Kasal edi bechora. Sen boʻlsang, zoʻrlik bilan borimni tortib olganding. Oʻzimni itday kaltaklab, mana shu axlatxonaga tiqib tashlaganding. Itday xor boʻlib oʻldim… Xotinim ham mening oʻlimimdan soʻng atigi uch oy yashadi, xolos. Xoʻsh, nima deysan?..
Qalmiq indamay bosh egdi… Kabluk yonidan stakan chiqardi-da, oʻng choʻntagidan qandaydir shisha oldi. Ichida yashil rang suyuqlik bor edi. Stakanni toʻldirib quyib Qalmiqqa uzatdi.
— Ich!
— Nima bu?
— Shuni ichsang, mahluqday kuchli boʻlasan. Ana undan keyin qolgan gaplarni gaplashaveramiz…
Qalmiq oʻlimini shu suyuqlik bilan bogʻliq deb xayol qildi… Eh, zaharlanib oʻlish peshonasiga yozilgan ekan. Qochib qaerga ham boradi?..
U stakandagi suyuqlikni koʻzlarini chirt yumib koʻtardi… Ajabo, ichib boʻlgan zahoti koʻrdiki, haligi murdalar havoga koʻtarilib xuddi bulut qiyofasiga kirdi. Birpas devorlar uzra aylanib yurishdi-da, deraza orqali tashqariga oʻzlarini urishdi…
Eng qizigʻi, Qalmiq oʻlmay qolganiga xursand edi… Kabluk esa sekin yoʻlakka chiqib qoʻllarini koʻtardi.
— Menga qara, qorongʻi tushishi bilan qabristonga borasan. Manavi yerda Sibiryak berib yuborgan qimmatli narsa bor. Shuni men koʻrsatgan qabrdagi murdaga yetkazasan!.. Oʻzingni u yoq-bu yoqqa tashlay koʻrma, oqibati yomon boʻladi!..
— Xoʻp, xoʻp!..
Qalmiq eski, ming bir yamoq qopni Kablukning qoʻlidan olarkan, taʼzim qildi:
— Albatta yetib boraman…
Kabluk chiqib ketdi. Sal oʻziga kelgan Qalmiq ichkariga kirib divanga oʻzini tashladi…
Eh, yaxshiyam shu jodugar bor ekan. Boʻlmasa, allaqachon anavi devlarning qoʻlida oʻlib ketardi…
Shu payt badanlari qizib borayotganini his qildi. Yoʻq, nafaqat badani qizir, bilaklarida nomaʼlum bir kuch toʻplanayotgandek edi…
***U birpas sigaret chekib oʻtirgach, sekin qopni ochib koʻrdi. Ichida nima borligi bilan qiziqdi…
Voajab!.. Ixchamgina qutichani ochdi-yu, qotib qoldi…
Tilla!.. Ha, quticha toʻla tilla edi…
"Ie, — xayolidan kechirdi Qalmiq, — Bularni murdalar nima qiladi? Boshiga yostiq qilarmidi?.. Oʻziga olib qoʻyib oʻrniga tosh solib qoʻysa-chi?.. E, bilib oʻtiribdimi qorongʻida… Ha, shunday qiladi. Bu jodugar yaramasni yana bir boplab xumordan chiqadi…”
Qalmiq shosha-pisha quticha ichidagi tilla tangalarni oldi-da, balkonga chiqib uch-toʻrt dona mayda tosh topdi.
— Oh, mana bu zoʻr ish boʻldi. Be, qayoqdagi chirigan murdalarni alday olmasa, nima qilib yuribdi?!..
Qorongʻi tushgach, Qalmiq hech narsa boʻlmaganday qabristonga yetib bordi. Kabluk aldamagan ekan. Garchi oʻzi koʻzga koʻrinmasa-da, nomaʼlum soyalar Qalmiqni kerakli qabr tepasiga olib bordi. U notanish ovoz buyrugʻiga koʻra qopni yelkasidan olib qabr tepasiga qoʻydi…
Qoʻygan zahoti kutilmagan hodisa yuz berdi…
Qalmiqning boshi gʻuvillab, quloqlari shangʻilladi. Yer aylanib koʻz oʻngida minglab murdalar yalangʻoch koʻrinishda namoyon boʻla boshlashdi. Ular quruq suyakdangina iborat edi…
— Sen hech qachon odam boʻlmaysan! — nomaʼlum ovoz uning quloqlari ostida jarangladi. — Sen yana bizni aldamoqchi boʻlding!.. Axir, u tillalarni shaxsan Sibiryak biz uchun berib yuborgan!.. Tillalar bizning nasibamiz edi!.. Afsus… Xudo jazoingni bersin!..
Roʻparasidagi murdalar ham suyakdangina iborat qoʻllarini osmonga koʻtarishdi.
— Omin!..
Haqiqatan, Qalmiq uzoq muddat va ming azobda qiynalib oʻldi. Oʻlayotib yana kulrang plashchli Kablukni koʻz oldiga keltirdi… Aynan oʻsha Xudo tomonidan jazolash uchun yuborilganiga amin boʻldi…
Lekin endi kech edi…
Qalmiqning ruhi tanadan chiqib tobora uzoqlashib borar, oʻzining yangi taqdiri tomon shoshilardi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!