📖 Hikoyalar

Salom. Xayirli tong!

16 daqiqa 3.1K marta oʻqildi
Salom. Xayirli tong!
Soat 6:00. Robiyani telefoniga navbatdagi SMS keldi. "Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uygʻonib, sogʻinib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Bu SMS lar Robiyaga tanish, har kuni bir vaqtda, bir xil SMS keladi. Robiya ham oʻz navbatida Sobirga bir xil javob yozadi. Faqat uniki aynan bir vaqtda emas. Har hilroq, nechidir minutga farq qiladi. "Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda zoʻr uhladim. Sogʻinchim, zarracha!))”... Ha. Bu ularni har kungi salomlashish SMS lari desa boʻladi. Sobir va Robiya bir birini 3 yildan beri tanishadi. Ular avtobusda toʻsattan bir voqea sabab tanishib qolishgan. Ushanda Robiyaga ikki mast yigit gap otib, unga tegajorlik qilishvotgandi. Avtobusdagi odamlar, yigitlar ichib olganigami, yoki ulardan qoʻrqibmi, oʻzi odam ham kam edi. Yoʻq, konduktor eʼtiroz bildirgandi, bir narsalar dib soʻkishdi, keyin biletingni sotginam diyishdi. Sobir orqaroqda oʻtirgandi. Bu gaplardan keyin oʻrnidan turib, ularni oldiga keldi. Ozgina janjal, keyin pastga tushishdi. Avtobus yoʻlida davom etdi. Sobir ular bilan alohida gaplashdi... Robiya avtobus oynasidan qarab qoldi... Robiya tikuvchilik fabrikasida tikuvchi boʻlib ishlaydi. Har kuni bir vaqtda shu avtobusda uyga qaytadi. Sobir ham usha atrofda institutda oʻqiydi. Uni ham darslari tugagandan keyin shu vaqtda, shu avtobusda uyga qaytadi. Ertasi kuni Sobir avtobusni orqa oʻrindigʻida oʻtirib kevotganda yoniga bir qiz keldi. Boshida u ahamiyat bermadi. Yonida joy boʻsh edi. Lekin qiz Sobirga qarab turardi. U qiz Robiya edi. Sobir qiz unga tikilib turganiga oʻzini gʻalati his qildi. Keyin qizga: - Kechirasiz. Oʻtirmoqchimisiz. Marhamat (shunday deb oʻrnidan turdi) - Yoʻq. Sizga rahmat etmoqchidim. - Joy berganimgami? - Yoʻq. Mani tanimadizmi? - ... (Sobir oʻylanib qoldi) - Kecha mani bezorilardan himoya qilgandiz. Begona boʻlsez ham. - Ha. Kechamidi. Uzr. Sizga qaramagan ham ekanman. Bemalol. Nega endi begona ekansiz. Man barchani oʻz yaqinimde koʻraman. Sizga yordam berganimdan hursandman. - Kecha sizga rahmat etolmaganimga rosa uyalib yurdim. - Oʻzi rahmat etishizga imkon boʻlmadiku. Tushib ketdik. - Ha. Lekin baribiram. Bugun sizni koʻrib rosa hursand boʻldim. Yonizga kelib, nima dib gap boshlashni ham bilmadim. Yana bir bor rahmat... Bu ikkinchi uchrashuv. Lekin birinchi suhbat. Shu holatdan keyin avtobusda bir birlarini har kun koʻradigan boʻlib qolishdi. Ismlarini etishdi... telefon raqam... endi telefonda suhbatlar... (bir qancha vaqt, taxminan 1 yilcha oʻtdi, Sobir oʻqishni tugatib, ishga kirdi) - Allo. Robiya. Salom. - Assalomu Alekum. - Sizga bir gap etmoqchidim. - Qanaqa gap. - Sizni sansirab gapirsam maylimi? - Hop. Oʻziz bilasiz (Robiya oʻylanib qoldi. Nega sansiramoqchi dib) - Hozir oʻylanib qolding. Toʻgʻrimi? Sababi, man oʻzimga yaqin olganlarimni barchasini sansirab gapiraman. Qizlarni nazarda tutvomman. Bunga sinfdoshlarim, kollejdagi kursdoshlarim erishgan. Institutdagilar ham erisha olmadi. Ularni sizlab chaqiraman. Usha oxirgilari kollejdagilar boʻlib qolgandi. Man endi shucha paytdan keyin san erishdin. Agar hohlamasang, sizlab ham chaqiraveraman. - Yoʻq, man sansirab chaqirishizni hohlayman (Robiya oʻzi bilmagan holda shu gaplarni etvordi) - Hursandman. Mayli keyinroq telefon qilaman. - Hop Yana 2 yil oʻtdi. Sobir har kuni soat 6:00 da SMS yozadigan boʻldi. Bir hillarida kechroq ham yozardi. Uhlab qolishi, yana boshqa sabablar... lekin koʻproq 6:00 da. Lekin soʻngi paytlar, yengi telefon olganidan keyin roppa rosa 6:00da kelardi. Yuboradigan SMSi: "Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uygʻonib, sogʻinib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. 3 yil ichida ularni orasida qalin munosabat uygʻongandi. Lekin ular buni sevgimas dib oʻylirdi. Aslida sevgidan boshqa nima boʻlishi mumkin? SMSda sogʻinch haqida yozilvoti. Qiziq. Rostan ham bir birini sogʻinisharmidi bir uyquda. Bu savol Sobir va Robiyaga ham qiziq edi. Sobir unga SMS yozdi. ”Robiya. Yaqinginam. Sandan bir narsa soʻrayman, rostini et. Man sanga shuncha SMS yozaman. Sogʻinmadingmi dib. San zarracha diysan. Rostan ham zarracha sogʻinasanmi? Shu manga qiziqde.” Robiya javob yozdi: "Bilasizmi? Siz bilan uhlashimdan oldin gaplashib boʻlganimdayoq sogʻinishni boshlayman. Shuning uchun, sogʻinchimni oz boʻlsa ham jilovlash uchun, tushlarimda ham sizni koʻrishga harakat qilaman.Zarracha deganim, har narsa zarrachalardan tashkil topgan. Zararachalar boʻlmaganda ulkan narsalar ham boʻlmasdi. Siz ham mani sogʻinasizmi? Doimo oʻziz soʻriysiz, lekin hich sani sogʻindim dimiysiz”. Sobir javob yozdi: "Sanchalik sogʻina olmasakanman. Sani sogʻinching zarrachadek boʻlsa, maniki shunaqangi yuqoridaki, uni hich kim hali his qilmagan ekan. Mandan boshqa. Lekin uhlavotganimda sani sogʻinib uygʻonib ketganimda, koʻrishim uchun xonamni har devoriga sani rasmningni osib chiqganman. Qaysi tomonga qarasam ham, sani koʻraman. Faqat sani”. Mana bu sogʻinch. Taʼrifga soʻzlar ojiz. Bunday sogʻichlilar bir birini sevmidi dib etib boʻladimi? Baribir ichidagisini etishi kerak. Sobir birinchilardan chiday olmadi. Va uchrashuvga taklif qildi. Sovgʻa didi. Uzuk ham sotib oldi. Uchrashuvni bitta kafega belgiladi. Sevgi izhorni ham orginal qilmadi. Uzukni olib, Robiyani barmogʻiga taqib qoʻya qoldi. Robiya tushunmay ham qoldi. Sobir: "Man sani sevaman, manga turmushga chiq” dib, suhbatni tugatib qoʻya qoldi. Manimcha bunga ham ancha kuch va iroda toʻplagandir.... osonmas etish. Robiya bir ogʻiz javob qaytara olmadi. Uzukni olib qolgani, bu qabul qilganide. Sobir ham shunday oʻyladi. Kafedan chiqib, bekatga borishdi. U yerda bir qari kampir turgandi. Qoʻlida ogʻir sumka. Bozordan kevotganga oʻxshiydi. U Sobirdan uni uyigacha olib borishini iltimos qildi. Sobir yoʻq diya olmadi. Kampir uni bu yerdan uncha uzoq emas ekanini etib oʻtdi. Robiya ham ular bilan birga ketdi. Yoʻlda kampirni tilidan duo tushmadi. Rostan ham uzoq emas ekan. 5 daqiqada yetib borishdi. Kampirni bir pioyola choyga taklifni rad etishdi, kech qovomiza dib, bahona qilib ketishdi. Kampir yana duo qilib qoldi. Bahor oyi keldi. Har kungidek bugun ham Robiyani telfoniga SMS keldi. "Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uygʻonib, sogʻinib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Robiya ham usha javobni joʻnatdi. "Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda zoʻr uhladim. Sogʻinchim, zarracha!))” Sobirdan yana keldi: "Yaqin kunlar uyinga onam bilan ammamni yuboraman”. Bu gapga Robiyadan javob kelmadi. Nima dib ham yozardi. Soat 10:00larda Sobir Robiyaga telefon qildi. Nimadir etmoqchidi. Lekin Robiya "keyinroq oʻzim telefon qilaman. Hozir ishlarimni qivoliy” didi. Manimcha yana sovchilar haqida gap ketadi dib oʻylagandir. 2 soatdan keyin vaʼda bergani uchun qaytib qoʻngʻiroq qildi. - Allo. Assalomu Alekum. Yahshimisiz. - Voalekum Assalom. Ha zoʻr. Ishlarinigni qilib boʻldingmi? - Ha. Hozircha qilib boʻldim. Hali yana bor. - Man hozir daraxtga chiqvotudim. - Nega? - Koʻchada bolalarni varragi daraxtga ilinib qolibdi. Tepasida, olsa boʻlarkan. Ushanga iltimos qilishgandi, "Amaki olib bering, oʻzi bitta edi. Uydagilar boshqa olib bermimiz” diyishgandi, mayli dib obermoqchiman. Hozir daraxtni yarimiga chiqib qoldim. Anaqisa haliroq oʻzim SMS yozaman. SMSimni kutgin, albatta yozaman. Yoki oʻzing qilgin. Ishlaringni hammasini qilib boʻlib. Maylimi? - Hop boʻladide. Soat 15:00 lar boʻldi. Bu paytda man 10 marta daraxtga chiqib tushardim dib oʻyladi Robiya. Nega SMS yozmayaptilar. Oʻzim qilaman. Raqamlarni terdi. Javob yoʻq. Qayta telefon qildi. Yana javob yoʻq. 1 soatlardan keyin yana telefon qildi. - Allo. Assalomu Alekum. - Voalekum Assalom. Kim bu? - ... (begona ovoz edi. Robiya nima diyishini bilmiy qoldi. Sobir hich telefonini begonalarga bermasdi, adashmadimmi dib raqamga qarab qoʻydi. Adashmagan.) - Kechirasiz. Man Sobirga telefon qilgandim. Ularni chaqirib bera olmaysizmi? - Siz Robiyamisiz? - Ha. - Manga Sobir siz haqingizda etgandi. Koʻp etar edi. Juda ham koʻp etar edi. - ... - Sobir endi oramizda yoʻq. - Nega.....(ovozi titrab chiqdi). - Telefonni hozircha manda. Baxtsiz xodisa. Boya negadir daraxtga chiqgan ekan... usha yerdan... yiqilibdi... Shomga chiqaramiz. Undan ayrilib qoldik. Man haligacha oʻzimga kelolmayapman. - ... (Robiyani qulogʻiga bu gaplar kirmasdi) - Uzr. Boshqa gapira olmayman. U sizga uylanmoqchi edi. Uni telefonini endi kim tutishini ham bilmiman. Buguncha manda turibdi. (aloqa uzuldi) Robiyani hayollari ostun ustun boʻlib ketdi. Ming hayollar. Faqat bir gapni qaytaradi: "Yoʻq. Ishonmayman. Boʻlishi mumkin emas. Ular oʻlmaganlar. Ular tiriklar. Oʻrtoqlari hazil qilishvotti. Kimdan bilishim mumkin? Yoʻq. Uylariga boraman. Hoziroq boraman”. dib, yoʻlga chiqib ketdi. Sobirni mahallasiga kirib bormoqda. Telefonga qarab qarab qoʻyadi. Hozir Sobir qaytib telefon qiladigandek. Qaytib telefon qilishga yuragi betlamiydi. "Qaysi uy ediya. Nechinchi edi. Uylarini eslolmayapman” dib oʻylab tez tez ketib borardi. "Shom boʻlishiga 1 soatcha vaqt bor. Agar rostan ham oʻlgan boʻlsalar, odamlar toʻplangan boʻlishi kerak. Koʻchani nomi qanaqa edi. Ha. Mana shu koʻcha. Shu koʻcha boʻlishi kerak. Telefonlarida shu yerda tushgan rasmlari bor edi. Shu koʻchadan yuraman. Mashinalar, odamlar koʻp. Nahotki rost boʻlsa. Ishonmaaaaymaaaaan!!!” deb baqirib yubordi. Orqasidan ayollar kevotgan ekan. Ular kelib, Robiyadan hol ahvol soʻrashdi. - Tinchlikmi qizim? Sizga hich narsa boʻlmadimi? Yordam kerakmasmi? - A? (Robiya, ularga savol nazari bilan qarab turardi. Nima diyishini ham bilmasdi.) - Sogʻligiz yahshimi? Hozir baqirganizni eshitdik. - Ha. Yoʻq. Man yahshiman. (koʻzi odamlar toʻplanib turgan eshikda) - Sizni tanimayroq turibman. Bu yerda qanaqa ishiz bor edi? - Manga bir narsani etib berolmisizmi.... (u baribir ishonmayotgan edi, shunga aniqlik kiritmoqchi edi) - Nimani qizim? - Bu yerda kim vafot etdi? - Bu yerdami? Bu yerda 90dan oshgan bir otaxon boʻlardilar. Ushalar bugun olamdan oʻtibdilar. Mahallani yuragi edilar. Tetik edilar. Lekin Yaratganni irodasi. Olamdan oʻtdilar. - Rahmat. (beixtiyor Robiyani yuziga tabbasum yugurdi, ayollar unga qarab hayron qolib, tuf tuflab qoʻyishdi oʻzlarini oʻzlari va yoʻlda davom etishdi. Robiya ichidan buni yolgʻon ekanini hursand boʻlsada, tashqi tarafdan uni aldashgani nafrati yuzini burishtirib turardi. "shunaqa narsa bilan ham hazil qiladimi, man ularga koʻrsatib qoʻyaman hali. Kim boʻlsa ham taʼzirini beraman. Aldoqchilar. Agar Sobirni ham bunda qoʻllari boʻlsa, ularni hich qachon kechirmiman. Yana maraka borligini bilib etishgan. Mani sinamoqchi boʻlishdimi? Koʻrsataman ularga hali. Mayli, muhimi sog’ boʻlsalar ham” dib orqaga qarab yurdi. Baribir sevgisi kuchlide. Nafratni ham yenga oldi. Yana hayoliga bir narsa kelib, telefonini oldi. Sobirga telefon qilmoqchi boʻldi. Oʻlmaganini biladi endi. Sobirni yod boʻlib ketgan raqamlarini terdi. Qulogʻiga tutdi. Yonidan yana ayollar oʻtib ketishvotgandi. Ularni gaplari qulogʻiga chalindi; "Eshitilarmi qoʻshni, Xadichaxonni oʻgʻli Sobir ham bugun olamdan oʻtibdi. Daraxtdan yiqilibdi. – Voy eshitmagandim. Xudo rahmat qilsin. Hali yosh bola ediyu, nega daraxtga chiqibdi? – Bolalarni varragi ilingan ekan. Ushani olib beraman dibdi. Tepasi qurigan shox ekan. Usha sinib, yerga yiqilibdi. Shoxni biri qorniga kirib ketganmish. Yuragiga ham kiribdimiye. Shunaqa diyishdi. – Voy, yoshgina ediya. Manga ham qancha yordam berardi. Hich qahcon yoʻq dimasdi. Koʻchada koʻrib qolsa ham salomini kanda qimasdi. Xadichaxonga qiyin boʻlibdiya. – Nimasini etasiz. Bu yil uylantiraman digandilar. – Unda tezroq yuringlar. U yoqga ham chiqishimiz kerak. – Buni qaranglar, bitta mahalladan ikki koʻchada bir kunda maraka boʻlsaya.” dib bir birlari bilan gaplashib oʻtib ketishdi. Robiya telefonni ushlagancha joyida qotdi. Unda telefonda hazillashishmagandi. Orqaga qaytib, boshqa koʻchaga yurdi. Qayrildi. Bu koʻcha ham tanish, rasmini koʻrgan. Toʻgʻridagi eshik yonida ham odamlar toʻplanib turishibdi... Robiya yoʻl chetidagi daraxt tagiga turib, piqilib yigʻlab yubordi. Buni kutmagandi. Juda ogʻir zarba boʻldi. Yerga oʻtirib qoldi. Bir qancha vaqt oʻtirdi. Behol... Yonidan odamlar ikki tobutni olib oʻtib ketishdi. Ikki xil tobut. Biri yoshniki, qizil duxoba oʻralgan, biri qariyalarniki oq surup oʻralgan. Odamlar tobutni qoʻlma qoʻl qilib ketishvoti. Robiya asta tobutga qarab qoʻydi. Nima diyishni ham bilmadi... Kun qoraygach, kimdir uni turgʻazib, manzilini soʻrab, uyiga kuzatib qoʻydi. Bu manimcha usha Sobirni telefonida gaplashgan yigit edi. Robiya uyida yigʻlashga ham holi qolmagandi. Oʻksib, oʻksib qoʻyardi. Onasi uni yonida nima qilishni bilmasdan yurardi. Birga olib kelgan yigit unga nima boʻlganini etib berdi. Onani koʻzlari yoshlandi. Qizini sirdoshi edi. Nima yordam qilishni ham bilmasdi. Tez yordam chaqirdi. Doctor Robiyaga tinchlantiruvchi ukol qilib ketdi. Robiya uhlab qoldi... Soat 6:00. Robiyani telefoniga SMS keldi. "Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uygʻonib, sogʻinib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Robiya SMS ovozidan uygʻonib ketib, telefonini oldi. SMS ni oʻqidi. Kulib qoʻydi. Va har doimgi javobini yozdi. "Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda zoʻr uhladim. Sogʻinchim, zarracha!))” Yuborgandan keyin, telefoniga qarab kulib qoʻydi. Oz kulib turib, yuzi tezda oʻzgardi. Axir qanaqa qilib????? Hich narsaga tushunmasdi. Qanaqa qilib SMS keldi. Telefonini qoʻliga olishi bilan, jiringlab qoldi. Sobir telefon qivotti. Hayron boʻldi. Qanaqasiga. Nahotki adashdi. Kecha uni kimdir olib keldiku. Telefonni oldi. - Allo. Assalomu Alekum. - Allo. Voalekum Assalom. Siz Robiyamisiz. Hozir SMS ni siz yozdingizmi? (kechagi yigitni ovozi) - Ha. Manga SMS keldi. Har kuni yozadigan SMSlari. Javob yozdim. - Kechirasiz. Telefon hali ham manda turibdi. Sizga hich kim SMS yozmadi. Sizdan SMS kelganiga, oʻqib hayron boʻlib, telefon qildim. - Mana manga SMS keldiku. Keyin yozdim. Yozganimdan keyin esimga tushib, hayron boʻlib turgandim. Siz telefon qilib qoldingiz... (Sobir vafot etganiga soʻngi bor ishonib, dodlab yigʻlab yubordi.) - Robiya. Afsusdaman. Ogʻirroq boʻling. Yigʻidan foyda yoʻq. Robiya yigʻidan toʻxtamasdi. Onasi kelib, qizini ovutgan boʻldi. Robiya yana yigʻlab, yigʻlab charchadi. Uhlab qoldi. Onasi Robiyani otasi bilan Sobirnikiga fotixa oʻqigani ketdi... Kelgandan keyin onasi qizini boshiga kelib, "sen albatta baxtli boʻlasan, taqdiringga u yozilmagan ekan. Boshqasi sani baxtli qiladi” dib, peshonasidan oʻpib qoʻydi. Ertasi kuni tong. Soat 6:00. Robiyani telefoniga SMS keldi. "Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uygʻonib, sogʻinib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Robiya SMSni oʻqidi. Lekin javob yozmadi. Pichirlab, siz oʻlgansiz dib qoʻya qoldi. Lekin bu unga gʻayri tabiiydek tuyulardi. Tushga yaqin Sobirni raqamiga telefon qilishni dugonasidan soʻradi. Birozdan keyin dugonasi Robiyaga qaytib qoʻngʻiroq qoldi. Telefonni boshqa yigit olganini etdi. U SMS yozmagan ekan dib qoʻshib ham qoʻydi. SMS kelaverdi. Kelishdan toʻxtamadi. Har kuni. Bir xil vaqtda, soat 6:00 da SMS kelaverdi. 1 oy bir xil SMS. Robiya Sobir bilan gaplashgan oxirgi gapini esladi. "SMS yozaman. SMSimni kutgin” digandi. "Lekin qanaqa qilib, buni imkoni yoʻqku. Qanaqa qilib. Ularni telefon raqamlaridan SMS kelsade, lekin hich kim yozmagan boʻlsa. Man javob yozsam borsa. Mani rosa javob yozgim keladi. Sogʻindim dib. Rosa sogʻindim. Juda sogʻindim. Tunlari yostiqlarim hoʻl boʻlib ketadi, sizni eslayverganimdan. Soʻgindim dib yozgilarim keladi. Lekin kimga yozaman. Man yozganimni ular oʻqimasalar. Kimga yozaman????” shunaqa lar dib yigʻlardi. Yana tong. SMS keldi. "Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uygʻonib, sogʻinib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Tanish xolat. Qaytib qoʻngʻiroq qildi. Boshqa chiday olmadi. Telefonni soʻramoqchidi. Bunday azobga chidolmasdi. Telefonni bir boshqa yigit oldi. - Allo. - Assalomu Alekum. - Voalekim Assalom. Eshitaman sizni. - Manga haligacha SMSlar kevotti. Soat 6:00da. Avvalgidek. - (chuqur hoʻrsinib). Man Sobirni akasiman. Uni telefonini man olib yuribman. Avval etganizdan keyin, kompaniyaga bordim. Ular arxivni koʻrib, tasdiqlashdi. Keyin telefon ustaga olib bordim. Ular bunga SMS yuboruvchi programma oʻrnatilganini etishdi. Unga SMS yozib, hohlagan paytga yuborishga qoʻysa boʻlarkan. Sobir sizga SMS joʻnatishni har kungiga qoʻygan ekan. Programmani oʻchirish uchun parol terish kerak ekan. Afsuski bilmayman. Usta oʻchirsa, boshqa narsalar ham oʻchib ketar ekan. Ukamni telefonida uni eslatuvchi koʻp narsalar bor. Shunga oʻchirtira olmadim. Sizga etmoqchi edik. Lekin qanday etishni bilmadim. Nima dib oʻylashizni bilmadim. Oʻzizni telefon qilishizni kutdim. Sizdan bir iltimosim bor edi. Iloji boʻlsa biznikiga keling. Onam sizni koʻrmoqchi edilar. Ukamni xonasi shunday turibdi. U yerga oldin kirmasdilar. U oʻlgandan keyin, uni eslab xonasiga kirib, sizni rasmlarizni koʻrdilar... ushanga siz bilan koʻrishmoqchilar. Yoʻq dimang. Hohlasangiz, uyizdan borib olib ketishadi. - ... (uzoq oʻylanib. Sobirni hurmati uchun ham rozi boʻlishga qaror qildi). Hop. Faqat oyim ham man bilan boradilar. - Mayli. Sizni 11:00 larda olib ketgani boraman. Manzilizni etvoring. Robiya manzilini etdi. Keyin onasiga etdi. Onasi boshini egib, mayli ishorasini qildi. Sobirni akasini ularni uyidan olib ketdi. Uyda Sobirni onasi Xadichaxon opa ularni yigʻlab kutib oldi. Yigʻi orasida, "oʻglim yeta olmagan kelinim kelibdi” digan soʻzlari ham bor edi. Ular Robiyani quchoqlab, rosa yigʻladilar... Sobirni akasi oʻzini bolasini quchoqlab, homush oʻtirardi... Robiya onasi bilan qaytib olib ketvotganda, akasi gap boshlab qoldi: "Man ukamni yahshi bilmas ekanman. Siz haqingizda koʻp gapirardi. Sovchi ham yubormoqchi edi. Afsuski... Telefonini man olib yuribman. Ishlatishgamas. Shunchaki uni tanishlari, kimdir telefon qilsa man gaplashaman. Koʻplar uni olamdan oʻtganini bilishmidi. Tushuntiraman. Koʻplarni kayfiyati juda tushib ketadi. Manga ham qiyin. Har telefonda uni eslab, uni tanishlariga javob berish. Uni oʻlganini eshitgan tanishlari, u koʻp yahshilik qilganini etib berishadi. Shu mani ukammidi dib oʻzimdan soʻrab qolaman. Hich qaysinisini man bilmasdim. Tarixga yozilgulik ishlar qilgan ekan. Undan qovotganini bizani eslashimizamas. Uni qigan yahshiliklari ekan. Ushanga faqat yahshilik qilish kerak ekan. Uni birorta odam yomonlamadi. Faqat afsus diyishadi. Koʻpchilik akasidan oʻrnak oladi. Havas qiladi. Manda teskarisi. Ukamga havas qilish. Undan oʻrnak olish... Sizga yana bir gap. Sizga Sobirni unuting dimayman. Lekin endi oʻzizni hayotingizni qurishiz kerak. Xotiralar bilan yashab boʻlmaydi. Uni unutsez biza hafa boʻlmimiza. U endi yoʻq. Hich narsani oʻzgartirolmimiz. Yana sizga boradigan SMSlar. Hohlasangiz uni oʻchirtirishim mumkin. Kerak narsalarini koʻchirtirib oldim. Shuni oʻzizdan soʻramoqchidim?” dib etib qoldi. Robiya, indamadi. Faqatgina, qolaversin dib etdi... Ertasi kuni tong. Soat 6:00. Robiyani telefoniga SMS keldi. "Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uygʻonib, sogʻinib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Robiya smsni yoddan bilsa ham, baribir oʻqidi. Keyin: "Aldoqchi, uyqichi. Har doim manga oʻziz yubormas ekansiz. Man aniq bir vaqtda eslab yuboradilar dib oʻylardim. Sizga ishonardim. Yolgʻonchi. Sizdan nafratlanamaaaan, mani tashab ketdiz” deb telefonini devorga otib sindirdi. SIM kartasini olib, uni ham sindirib tashladi. U endi Sobirni unitmoqchi edi. Boshqa telefon ishlatmoqchi ham emasdi... Bir necha yillar oʻtib, taxminan 4 yillar. SIM karta ishlatilmagi uchun shu raqam qayta sotuvga chiqdi. Ancha oldin sotuvga chiqdi. Chiroyli raqam boʻlmagani uchunmi, yoki nimadir sabab bu raqam sotilmadi. Kompaniyadan bir kishi bu raqamni sotib oldi. Uyga kech keldi. Sumkasidan yangi telefon olib, uni joyladi. Va uhlab yotgan xotinini yoniga qoʻyib qoʻyib, xotinini yuzidan oʻpib qoʻydi. Erta tong. Soat 6:00. Yangi telefonga SMS keldi. "Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uygʻonib, sogʻinib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Ayol choʻchib uygʻonib ketdi. Yonida telefon turibdi. Telofon bantik bilan oʻralib, qogʻoz yopishtirilgandi. Unga "Robiya tugʻilgan kuning bilan tabriklayman. Endi sanda ham telefon bor. Oddiy raqam oldim. Turmush oʻrtogʻing Sanjar” dib yozilgandi. SMS ni qayta oʻqidi. "Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uygʻonib, sogʻinib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”... Robiya pichirlab: "Sogʻindim, lekin oldingilaridam ham koʻproq”.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!