📖 Hikoyalar

Izlayman...

1 daqiqa 1.8K marta oʻqildi
Izlayman...
Telba ekan devona yurak,
Bu devona kimga ham kerak?
Ohlarim eshitolmas oʻzimdan boʻlak,
Tentirab koʻchada dardkash izlayman.
Oʻynoqi shabboda kular ustimdan,
Bir paytlar noligandim doʻstimdan.
Endi ayrodaman hatto juftimdan,
Esgan shamollardan dilkash izlayman.

Qoʻl choʻzadi meni yenggan taqdir,
Intilsam siltab ustimdan kular.
Men ham yashayapman hayotman axir,
Misradan oʻzimga mazmun izlayman.
Koʻp ekan omading, molingga doʻstlar,
Seni maqtashadi bir seni soʻzlar.
Omad ketsa ustingdan boʻxtonlar soʻzlar,
Yomonlardan yaxshilikni izlayman.

Yuragim halovat topolganida,
Menga ham orzular yetolganida,
Kimlardir qoʻlimdan tutolganida,
Ertaklar ichidan hayol izlayman.
Zerikdim, tentirab daydishdan ne naf?
Men ham tirik insonman axir.
Menga oʻxshar daraxtdan uzilgan bir barg,
Kuzning hazonlaridan bahor.
Egnimda kir koʻylak, yoqasi yirtiq,
Oyogʻim toshlardan panoh soʻraydi.
Yotsam yer yumshoqdir bosh tanam qattiq,
Ochiq qabrlardan yotoq izlayman.

Koʻzlarim jovdirar qoʻlim qavargan,
Koʻnglimda xatodan qolgan hotira.
Yuzimdan rang oʻchib, sochim oqargan,
Oqargan sochimdan qaro izlayman.
Sahrolar cheksiz-u, tubsiz daryolar,
Baʼzida shuncha keng yoʻlga sigʻmayman.
Oʻtarmi soatlar, oʻtarmi yillar,
Osmonlar ustidan yerni izlayman.
Shunday baxtiyorman, kapalak doʻstim,
Anhorlar manzilim, chaqmoqdir soʻzim.
Osmon onamdir, emasman yetim,
Tabiat qoʻynidan oilam izlayman.
Bahtiyor kunimga gʻam kelar quvib,
Qalbim yigʻlasa-da oʻzim kulaman.
Devona koʻnglimni boʻlmaydi yengib,
Ortiqcha darmonga dardim izlayman.
Qayerda xavf boʻlsa, oʻsha yerdaman,
Nokas dunyodan ketish istayman.
Umrim tugamagan buni bilsam ham,
Xatolar ichidan ajal izlayman.
Gar oʻlsam ne boʻlar, kim meni koʻmar?
Telba, deb matoga kim meni oʻrar?
Jon bilan bu jasad shunchalar xor-ku,
Tashlandiq xilvatlardan oʻzim izlayman.
Men soyadirman, men surat xolos,
Meni oʻrab turgan bir hilqat xolos.
Koʻnglim pok, kiygan kiyimim iflos,
Eski matolardan kafan izlayman.
Kim meni taniydi, bormanmi oʻzi?
Yonida tursam ham koʻrmaydi koʻzi.
Koʻzi tushganda ham jirkanar oʻzi,
Nokaslar ichidan vafo izlayman.
Bosgan izimni ham qorlar yopadi,
Taqdir peshonaga qayda yozadi.
Telba ham izlasa imkon topadi,
Yolgʻonchi dunyodan chin hayot izlayman.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!