Asli qora - oqarmas!

Yoshim oʻttizda, oliy maʼlumotliman. Uchta farzandim bor. Turmush oʻrtogʻim bilan sevishib turmush qurganmiz. Ammo... Rostini aytsam, bu dunyoda sevgi-muhabbat yoʻq ekan. Kishi "sevdim", deya parvonaga oʻxshab aldanib, qanotini kuydirib qoʻyganini oʻzi bilmay ham qolar ekan.
Men ham ota-onam qarshilik qilsa-da, ularni norozi qilib, turmushga chiqqan edim. Avvaliga u koʻzimga juda yaxshi inson boʻlib koʻringandi. Ammo birgalikdagi hayotim davomida shuni bildimki, dunyoda undan tubanroq odam yoʻq ekan.
Toʻyimizdan hech qancha vaqt oʻtmay, qandaydir bir qiz yigʻlab uyimizga keldi. Aytishiga qaraganda, erim uning hayotini barbod qilgan ekan. Erim "Oʻlaman sattor, bu qizni tanimayman", deb turib oldi. Uning gaplariga ishondim. "Erimda koʻngli boʻlsa, unga uylanmagani uchun shu yoʻl bilan alamini olayotgandir-da" degan xayolga bordim. Lekin, baribir, dilimda gumon qoldi. Chunki bu paytda erimning hatti-harakatlarida shubhali holatlar paydo boʻla boshladi. Uxlab yotganimizda yarim kechasi telefoni jiringlab qolsa, erim negadir boshqa xonaga oʻtib gaplashar, bu suhbatlar baʼzan tongacha davom etardi. Kimligini soʻrasam, "Bir oʻrtogʻim", deya koʻzini mendan olib qochardi. Toʻyimizga bir yil toʻlay deganda homilador boʻldim. Ammo homilam ikki oy oʻtmay nobud boʻldi. Oradan biroz vaqt oʻtib, ikkinchi farzandimga homilador boʻldim. Biroq u ham uzoqqa bormadi. Shifokorlarga uchrab, sababini soʻrasam, qonda qanaqadir virus boʻlsa, homila tushib qolishini, shu bois toʻliq tekshiruvdan oʻtishim lozimligini aytishdi. Tekshiruvlar natijasida shu narsa maʼlum boʻldiki, qonimda TORCH infeksiyasining beshala turi ham bor ekan. Bu virus, asosan, yomon yoʻllarga yurish oqibatida insonga yuqarkan. "Eringiz ham tekshiruvdan oʻtib, birga davolanishinglar kerak", deyishdi. Erimga aytsam, "Oʻzing yomon yoʻllarga yurib yuqtirgansan, mendan koʻrma", deya peshgirlik qildi. Uning gapidan jonim halqumimgakelsa-da, tishimni-tishimga qoʻyib chidadim. Chunki "Shu erkakni yomon yoʻlga yurishdan qaytaraman", deya oʻzimga oʻzim soʻz bergandim. Erimga goh yaxshi gapirib, goh janjallashib, ikkalamiz birgalikda davolanishga koʻndirdim. Shukrki, tuzalib ketdik va birinchi farzandim soppa-sog' tugʻildi. Bundan juda xursand boʻldim. Lekin quvonchim uzoqqa choʻzilmadi. Ikkinchi farzandimga yukli boʻlishdan oldin doktor nazoratidan oʻtishga borsam, qonimda yana shu infeksiya topildi. Bu orada erimning egri yoʻlda yurayotganligi uydagilarga ham oshkor boʻlgandi. Yana koʻrik, yana davolanishlar bilan keyingi ikkita farzandimni ham dunyoga keltirdim. Erim farzandli boʻlib, yoshi ulgʻaygani sari aqli kirar, deb oʻylagandim. Ammo xato qilgan ekanman. "Asli qora oqarmas", deganlaridek, ahloqsizlik qon-qoniga singib ketgan inson hech qachon tuzalmas ekan. Erim bora-bora yomon ayollar bilab yurayotganligini mendan yashirmay ham qoʻydi. Biror narsa deydigan boʻlsam, "Chidasang - shu, yoʻqsa, katta koʻcha!" derdi. Hatto yuradigan ayollaridan birini uyimizgacha olib keldi. Mening esa uchta bolali boʻlganimizdan keyingina aqlim kirdi. Lekin nima qilayki, endi kech. Ajrashay desam, "Farzandlarimni qanday katta qilaman?" degan vahima oyogʻimdan chaladi. Yashay desam, bunday oilada tarbiya topgan bolalarim ham erta bir kun dadasidan oʻrnak olmaydi, deb kim kafolat bera oladi?
AzizaToshkent viloyati.
Rivoyat qilishlaricha, bir xasis kishining husni-malohatda tengi yoʻq goʻzal xotini bor ekan. Ammo eri shunchalik xasis ekanki, bechora ayol uning uyida hatto qorni toʻyib non ham yeya olmas ekan. Shu bois Xudoning bergan kuni bu uyda toʻs-toʻpolon, janjal ovozi eshitilib turarkan. Bir kuni xotini chiroqqa pilik sotib olish uchun pul soʻragan ekan, xasisning gʻazabi toshib, uni taloq qilibdi va uydan haydab yuboribdi.
Bu ayolning goʻzalligi podshohga ham yetgan ekan. Ayol eridan ajrashgach, podshoh unga uylanmoqchi boʻlib, sovchi joʻnatibdi. Ayol kelgan sovchilarga bir sharti bor ekanligini aytibdi.
- Shartingni ayt, olampanohga yetkazamiz, - deyishibdi sovchilar.- Shartim juda arzimas, agar podshoh shunga koʻnsa, unga zavcha boʻlaman.- Aytaver.- Shartim shuki, podshoh meni saroyga taxtiravonida olib borsin va taxtni koʻtarib borishni mening sobiq erimga topshirsin.
Sovchilar ayolning bu shartini podshohga darhol yetkazibdilar va shoh bunga rozi boʻlibdi.
Nihoyat, ayolni saroyga olib ketish uchun podshoh uning uyiga taxtiravon yuboribdi va uni koʻtarib kelishni sobiq eriga buyuribdi. Ayolning eri taxtni koʻtarib ketayotganda u ataylab bir dinor pulni yerga tashlab yuboribdi va sobiq eriga:- Bir miri pulni tushirib yubordim, shuni olib bering, - debdi.- Bir miri emas, bir dinor ekan-ku.- Yoʻqolgan bir miri pulim oʻrniga bir dinor oltin bergan Xudoyimga ming marta shukr! - debdi ayol ikki pulga arzimaydigan erini yoʻqotib, malika boʻlib qolganiga ishora qilib.
Qissadan hissa shuki, siz ham ikki pulga arzimaydigan erni deb, sogʻligʻingizni, umringizni va bolalaringizning hayotini barbod qilmang. Har bir inson hayoti takrorlanmas yoʻl. Bu yoʻllarda kishi oʻziga faqat yaxshi, halol, iymonli va tarbiyali insonlarni hamroh qilsagina, behuda yashamagan boʻladi.
Gulruh Yormatova

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!