Oriyat (Fotihasi buzilgan qiz)

- Buncha uzoq gaplashding, qizim? Telefon ham qizib ketgandir? Hozir "dod" deb chinqirib yuboradi, - dedi Maqsuda qiziga hazil-chin gapirib. Ammo ich-ichidan jahli chiqdi. Qizining dugonasi bilan gaplashayotgan gaplari uzuq-yuluq qulogʻiga kirdi.
- Bitta uchrashuvga uch yuz dollarlik koʻylak olibdimi?! Qoyil! Odamlar qanday yashashni biladi. Bu ketishda birorta magnatga tegsa ham, hech ajablanmayman...
Maqsudaning tushunishicha, kimdir qizini kimgadir koʻrsatish uchun uchrashuvga olib chiqqan. Qiziq zamon boʻldi-da. Qizlar internetga rasmini qoʻyadi, chiroyli kiyinib, pardoz-andozni joyiga qoʻyib, ataylab fotosessiya qilishadimi-yey. Keyin yigitlar ularga xaridor boʻladi.- Ha, qizim, ishqilib, gaplaring chala qolib ketmadimi? - deya Maqsuda, qizi gaplashib boʻlgach, dilini ogʻritib qoʻymadimmikin, degandek, hadik bilan qaradi.- Oyi, shu Gulining oyisi zoʻr-da.- Nimasi zoʻr ekan?- Gapining puliga uch yuz dollarlik koʻylak olib, Guliga kiydiribdi. Allaqayerda boyvachcha odam toʻy qilayotgan ekan, bir amallab taklifnoma topib, Gulini olib boribdi...- Guli nima qiladi boyvachchaning toʻyida?- E, oyi, soddaligingiz qolmadi-qolmadi-da. Durustroq, oʻziga toʻq oila izlashyapti-da. Ataylab olib borishgan.- Xoʻsh, topibdimi oʻsha oʻziga toʻq, badavlat oilani.- Bittasini ilintirishibdi, erta-indin uchrashuvga chiqisharkan...
Maqsuda birpas Shahzodaning ogʻziga qarab oʻtirdi. Qizi bu gaplarga xuddi oddiy narsalarni gapirayotgandek hikoya qilardi. Soʻng oʻrnidan turib, oʻzini chalgʻitishga urindi. Ammo ich-ichidan uni bir narsa azoblar, "Bizga nima boʻlyapti oʻzi?" deya hozirgina eshitganlari xayolida jaranglab ovoz berardi. Shu oʻylar girdobida kechagina qoʻshnidan eshitgan gapi lop etib, yana xayolida jonlandi...- Oʻzi Samarqandlik qiz, Fargʻonalik bir yigit bilan uchrashib yurar ekan, - deya gap topib keldi bir qoʻshnisi.- Ancha uzoq ekan orasi, ota-onalari berisharmikan?- Berishsa-berishmasa zerikmaslik uchun uchrashib yurishibdi-da...- Mamadali oʻrtoqlari bilan garov oʻynashibdi. "Shu chiroyli qiz bilan bir marta boʻlsayam yuraman", deganmish...- Iye, gap-soʻz boʻlib ketmaydimi?- Gap-soʻz yopisharmidi odamga?
Maqsuda bunday gap-soʻzlarni eshitganida oʻzining bir ogʻiz soʻzni koʻtara olmay butun hayotini ostun-ustin qilib yuborganini eslaydi. Oradan vaqt oʻtib, odamlarning "lafz", "oriyat" degan tushunchalarga munosabatlari shu qadar oʻzgarib ketarkan, nega Maqsuda oʻsha paytlari shunday qildi ekan, a?!
* * *
Hammasi oddiygina boshlangandi. Uch kundan keyin Maqsudaning toʻyi edi. Sevganiga turmushga chiqayotgandi u. Butun xayoli "Ishqilib, oʻrtoqlarim yetib kelsin-da", degan istak bilan band edi.- Hay qiz, sarpolarni koʻr! - dedi bir payt onasi. Maqsuda parvo qilmadi. "Sarpo-sarpo-da, uni koʻrganim bilan kamayib yo koʻpayib qolarmidi?" dedi ichida.- Maqsu, seni ammam chaqiryapti, - dedi togʻasining qizi. Maqsuda oʻzi uchun zarar deb bilgan narsalarni taxlash bilan ovora edi.- Nimaga ekan? - dedi shu bois ishidan chalgʻigisi kelmay.- Jiddiy gap bormish.
Maqsuda ogʻrinib oʻrnidan turdi. Narigi uyga kirsa, oyisi, togʻasining xotini, yana bir-ikkita yaqin qarindosh ayollar shivir-shivir qilishayotgan ekan.- Maqsuda, qizim, bir necha marta aytdik, kuyov tarafdan kelgan sarpolarni koʻr, deb... - dedi togʻasining xotini negadir dasturxon popugini oʻynab.- Oʻzlaring koʻrgan boʻlsalaring boʻldi-da...- Biz-ku, koʻrdik. Xafa boʻlmagin-u, Maqsuda, quda taraf juda past ketibdi. Anavi narigi koʻchada yashaydigan Buvsora dasturxonchining bir marta er koʻrgan juvon qiziga ham senikidan durustroq sarpo kelgandi, - dedi xolasi.
Maqsudaning boshidan oyogʻigacha achchiq bir olov yugurgandek boʻldi.- Nima? - dedi ovozi titrab.- Hozir urf boʻlgan matolardan birortayam yoʻq. Oldi-berdiga ishlatiladigan matolar kelibdi faqat...
Maqsuda birpas indamay turdi. Shuni kutib turganday togʻasining xotini gapga qoʻshildi:- Qudangiz sarpo tayyorlayotganda, bir ayol: "Nimaga bunaqa qilyapsiz?" deb soʻragan ekan, u: "Oʻgʻlim bilan sevishgan. Yaxshi sarpo bersam-bermasam toʻy oʻtib ketadi. Mening hali uylantiradigan bolam bor", deganmish...
Maqsudani chaqmoq urganday boʻldi.- Shunday debdimi?! Aniq shunaqa gap aytibdimi?! - dedi arang. Rangi koʻkara boshlaganini koʻrgan oyisi darrov vaziyatni yumshatishga harakat qildi:- Buyam bir gap-da, bolam. Senga, aslida, hech qanaqa sarponing keragi yoʻq. Ana, besh jamadon narsa olib qoʻyganmiz, tiqilib yotibdi kiyimlaring.
Ammo oʻq allaqachon sadoqdan chiqqan edi.
- Shunaqa debdimi?! - takror soʻradi Maqsuda va toʻppa-toʻgʻri onasining oldiga borib, boʻgʻchani dast koʻtardi. - Mana shumi Sharofat chevarning manga yuborgan narsalari?! - Hech kimdan sado chiqmadi. - Agar shu boʻlsa, men bu latta-puttalarni oyogʻimga paytava ham qilmayman! Olib borib beringlar! - Maqsuda shunday deb boʻgʻchani derazadan uloqtirdi.- Ayb boʻladi-ya, qizim! Toʻyga atab qoʻyilgan... - xolasining gapi ogʻzida qoldi.- Siz xolam boʻlaturib, shu gaplarga chidadingizmi? "Sevishgan ekan", desa, "Ha, aybi boʻynida ekan", deb kelaverdingizmi?! Sevishgan boʻlsayam, jiyanim u yigitga tirnogʻini ham ushlatmagan, demadingizmi?- Men qaydan bilay? - deya mingʻilladi xolasi.- Bilmaysizmi? Hali boshqalar qolib siz ham "Sevishgan, endi, baribir, tegadi", deb yuribsizmi? - Maqsudaning ovozi tobora balandlab borardi.- Hoy, qizim, ayb boʻladi! Hovlida akalaring, togʻa-amakilaring bor! - oyisi uni tinchlantirishga urindi.- Menga kim boʻlsayam baribir! Men itga tegsam tegamanki, ammo endi unga tegmayman!
Maqsuda shunday dedi-yu, shartta oʻz xonasiga kirib, qamalib oldi. Hech kimni kiritmadi. Birov oldiga kirmoqchi boʻlsa: "Hozir tomirimni kesaman! Hech kim mening fikrimni oʻzgartirolmaydi, unga tegmayman!" deya baqirardi.
Qarori qatʼiylashgani sari qizning dilini bir azob kemirib borardi. Axir sevishgan boʻlsa, nima boʻlibdi?! Shuning uchun qadri pastga urilishi kerakmi? Ilyos institutga kirganidan buyon orqasidan yurardi. Maqsuda avvaliga: "Buyam ortimdan yurganlarning biri-da", deya eʼtibor bermasdi. Keyinchalik Ilyosning qoʻriqlab yurishiga oʻrganib qoldi. Dugonalari bilan kinogami, sayohatga borganidami, doim qoʻriqchisi borligidan koʻngli xotirjam edi. Oʻrtoqlari: "Anavi temirching", deya hazil-chin qilib gapirishardi unga. Chunki Ilyos kechkida oʻqir, kunduzi ustaxonada ishlardi. Agar oʻsha atrofda Maqsudani koʻrib qolgudek boʻlsa, korjomada ham ketidan ergashib kelaverardi. Bora-bora Maqsudaning barcha oshiqlari oʻsha yigitga oʻrnini boʻshatib berishdi. Chunki u Maqsudaga ortiqcha suykalmas, uni qoʻriqlab yurardi, xolos.
"Bu qanaqasi? Ilohiy sevgimi?" deya joʻralari hazillashgudek boʻlsa: "Men uni oʻzim uchun asrayman", deb qoʻyardi jilmayib.
Nahot shunday xokisor yigit ham magʻrurlanib: "Biz sevishdik, u menga, baribir, tegadi", degan boʻlsa...
Maqsuda Ilyosni kutdi, u kelsa, ehtimol, fikridan qaytarmidi? Ammo Ilyos kelmadi. "Tegishni istamasa, tegmasin!" debdi u ham qatʼiy. "Agar Maqsuda istasa, Margʻilon bozoridan to uyiga qadar atlas toʻshardim. U shu arzimas mato uchun toʻyni buzibdimi, meniyam oriyatim bor, yigit kishiman", deganmish Ilyos.
Toʻy buzildi. Qishloqda duv-duv gap tarqaldi. "Sevishdi, deb Sharofat past ketgan ekan, Maqsudaning ori kelibdi", degan gaplar oʻrmalay boshladi. Maqsuda necha kunlab oʻzining oriyat degan ustuniga suyanib yashadi. "Men toʻgʻri qildim. Dunyodagi hech bir narsa mening qadrimni yerga ura olmaydi", degan fikr unga dalda boʻldi. Hozirgi eri Yigitalidan sovchi kelguncha "Fotihasi buzilgan qiz", "Birovning dasturxoni ustiga oyoq qoʻygan", degan mish-mishlar oʻrmalar, ammo birov yurak yutib, bu haqda Maqsudaga ayta olmasdi. Onasi nuqul yigʻlar, dadasi esa el ichiga kirolmay qolgandi. Nihoyat, Maqsuda qoʻshni qishloqlik shifokor yigit - Yigitaliga unashtirildi.
* * *
- Ha, oyi, haliyam Gulining oyisini oʻylab oʻtiribsizmi? - Shahzoda oyisining divanga suyangancha xayolga choʻmib oʻtirganini oʻzicha taxmin qildi.- Yoʻg'-e, televizor koʻrib oʻtiraman-da, - dedi Maqsuda ogʻir xayollardan qutilish uchun qiziga qarab jilmayarkan. Shahzoda onasining yoniga kelib, yelkasiga bosh qoʻydi.- Bilib turibman, televizor sizni tomosha qilyapti. Bu gaplarga koʻp ham eʼtibor bermang. Yillar oʻtadi, baʼzi bir tushunchalarga munosabatlar ham oʻzgaradi.- Ammo shunday narsalar ham borki, qizim, u oʻzgarmasligi kerak. Men, baribir, qiziga yaltiroq koʻylak kiydirib, bozorga olib chiqqan onalarni yoqlamayman...- Xoʻsh, unda menday uyida oʻtiraversinmi? Oʻqigan joyimdagilar oʻzimga oʻxshash odamlar boʻlsa. Bitta-yarimtasi yoqtirsayam oʻzimizga oʻxshagan boʻladi, undan nari emas. Kerakmi menga shu hayot?
Maqsuda qizini endi koʻrayotgandek, koʻzlarini katta-katta ochib, unga qaradi.- Axir odamda oriyat...- E, oyi, siz oriyatli boʻlib nima topdingiz? Meni bilmaydi deb oʻylaysizmi? Hech qachon hayotingizdan koʻnglingiz toʻlmagan. Doim oʻsha, besh yil orqangizdan yurgan, oʻzingiz unashtirilgan yigitni oʻylagansiz...- Hecham-da! U kelmagan uyimizga. "Nima gap?" deb soʻramagan!- Ha-ha, siz shunday deb oʻylaysiz, dedim-ku! Oʻsha odam kelgan, togʻalarim uyga kiritishmagan. "Toʻydan avval ham oltita oʻgʻli bor xonadonga kuyov kiradimi?" deyishgan.
Qizining bu gapini eshitib, Maqsudaning oyoq-qoʻlidan darmon qocha boshlagandek boʻldi.- Sen... Sen buni qayerdan bilasan? - dedi zoʻrgʻa.- Men yana koʻp narsalarni bilaman. Sizga birov yurak betlab sovchilikka kelmagan. "Nervinniy ekan", deb gap tarqatgan oʻsha Ilyos akaning qarindoshlari. "Tutqanogʻi bor ekan", ham deyishgan. Shunda Ilyos aka adamning oldiga kelib: "Tirnogʻidan sochigacha pokiza. Besh yil itday qoʻriqladim, ammo yaqiniga yoʻlatmadim. Ikkovimiz ham ahmoqlik qilib qoʻydik. Endi men unga uylanolmayman. Agar uylansam, ota-onamning qaddini bukkan boʻlaman. Sen uylan, baxtsiz boʻlmasin", degan. - Maqsuda Shahzodaga tikilib, jim boʻlib qoldi. - Oyi, dilingizni ogʻritmoqchi emasdim. Men... Oʻzi siz har doim "oriyat" deysiz. Zamon oʻzgarganini bilmaysiz.- Senga bu gapni adang aytdimi?- Ha, siz kasalxonadaligingizda "Yuragi tamom boʻlgan oyingning, uni avaylash kerak", degan edi.
Maqsuda indamadi. Ammo ichidan nimadir qulab ketganday boʻldi. U doim Ilyos bilan bogʻliq kechmishni oʻylaganda: "Men qadrimni yerga urmadim", deb taskin topardi. Endi nima deydi? Qaydan, nimadan taskin topadi?!
Qutlibeka Rahimboyeva

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!