Asl baxt nimaligini bilasizmi?

Salom hurmatli saytdoshlar. Sizlarga oʻz hayot yoʻlimdan ozgina hikoya qilmoqchiman. Hali maslahat berish yoshida boʻlmasam-da, oʻzimdan 8-10 yosh kichik yoshlar xulosa chiqarib olsalar boʻladi.
Oilada uch oʻgʻildan keyin tugʻilganman. Akalarim meni juda yaxshi koʻrishar, doim himoya qilib yurishardi. Maktabni tugatib tibbiyot kollejiga oʻqishga kirdim. 2-kursligimdayoq ikki akam boʻlishiga qaramay, uyimizga sovchilar kela boshladi. Ota-onam "Qizim oʻqisin, ishlasin" deb sovchilarni qaytarishardi. Oʻzimni ham hali turmushga chiqish niyatim yoʻq edi.
Oʻqishni tugatib ishga joylashdim. Bu orada akalarim uylanishdi. Qoʻshni qishloqdan bir yigit men ishlaydigan shifoxonaga davolanib chiqdi va meni koʻrib sevib qolibdi. 2-3 oy ortimdan yurib koʻnglimni topdi. Uyimizga ota-onasini yubordi. Onamga koʻnglim borligini aytdim. Akalarim eshitib "bermaymiz, akasi qamalgan, otasi alkash, oʻzini ham ishini tayini yoʻq" deyishdi. Yigʻlab-yolvorishlarim foyda bermadi. Yigit bilan uchrashib, vaziyatni tushuntirdim. U menga "yur sani uzoq-uzoqlarga olib ketaman" dedi. Har qancha sevsamda men bu ishni qilolmasdim. Ota-onam va akalarim shaʼnini oʻyladim.
Meni dadamni oʻrtoqlariga unashtirib qoʻyishdi. Kuyov juda oq-koʻngil, aqlli edi. Toʻyimiz oʻtdi. Toʻy tashvishlari va kelinlik xizmatlari biroz chalgʻitdi. Birinchi farzandim jarrohlik yoʻli bilan dunyoga keldi. Jarrohlikdan soʻng koʻzimni ochsam, turmush oʻrtogʻim boshimda yigʻlab mendan xavotirlanib oʻtiribdi. Shunda erimga mehrim ortib, haqiqiy muhabbat toʻydan keyin tugʻulishiga amin boʻldim. Hozirda ikki farzandning baxtli onasiman. Ota-onam, qaynona-qaynotam ham meni oʻz farzandlaridek koʻrishadi.
Aziz singiljonlar, toʻrt kunlik oʻtkinchi havasni deb, ota-onangiz obroʻsini toʻkmang! Asl baxt ota-ona roziligi!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!