📖 Hikoyalar

Onam

2.1K marta oʻqildi
Onam
Oxirgi marta uyga, 22-fevralda telefon qilgan ekanman. 14 minutlik soʻzlashuv davomida, otam, onam va yangamlar bilan gaplashgan edim. Aloqa sifatining yaxshi emasligidan, ayniqsa, onam bilan gaplashish rosa qiyin boʻldi. Buning ustiga, tashqarida kuchli shamol shekilli, onam meni ovozimni eshitolmas edi. Qayta va qayta eshitmayapman deb takrorlardi. Men ichimda onamni aybladim, telefonda soʻzlashishni bilmaslikda. Oʻzimcha qachon oʻrganarkanlar gaplashishni deb achchigʻim chiqardi.
Aloqa uzildi. Tashqaridagi ob-havo, aloqa sifatining yaxshi emasligiga shunchaki onamni ayblab qoʻydim. Oʻzimni zamonaviy oʻgʻil kabi his qilib, onamni hattoki telefonni qanday ishlatishni bilmaslikda aybladim, kamiga.
Shundan beri, men uyga telefon qilib tusha olmayman. Bir necha qarindoshlarimni 8, 21-mart bayram kunlari tabrikladim. Ulardan nega uyga qoʻngʻiroq qilib tusha olmayotganim sabablarini soʻrab koʻrdim. Ular bunday muammo yoʻqligini aytishdi.
Bugun, 30 kun boʻldi, bogʻlana olmayman. Balkim, telefonning quvvati kamdir (elektr toki deyarli yoq), balki shamol attennani oʻynayotgandir (toʻlqinni tuttirmay).
Balkim, Xudoyim meni jazolayotgandir.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!