📖 Hikoyalar

"Sevgi soʻzlarda emas, qalbda yashaydi!"

2 daqiqa 2K marta oʻqildi
"Sevgi soʻzlarda emas, qalbda yashaydi!"
- Boshqa mahallada yashaydigan yigit bilan bir-birimizga koʻngil qoʻygan edik. Ammo kollejni bitirishim bilan ota-onam meni tanishlarining oʻgʻliga majburlab uzatdi. Boshqa yigitni sevishimni aytganimda, na onam, na dadam va na akalarim "Bu bechorada ham koʻngil bor, axir", deya soʻzlarimga quloq solishdi.
Aksincha, "U yigitning oilasi yaxshi emas, dadasi koʻp ichadi. Akasi qimorboz", deya hammalari bir ovozdan qarshi chiqdi. Toʻydan oldin bir marta uydagilardan yashirincha koʻngil qoʻygan yigitim bilan uchrashdim. Bechora juda xafa edi. Xayrlashayotganimizda "Unutma, mendek seni hech kim sevolmaydi", dedi. Yigʻlab yubordim.
Toʻy oʻtdi. Erim bilan koʻngil qoʻyib turmush qurmaganimiz uchunmi bir-birimizga befarqmiz, hayot shu ekan, deb shunchaki yashayapmiz, xolos. Lekin hamon uni unutolmay yashayapman. U toʻgʻri aytgan ekan. Haqiqatan ham, endi meni hech kim uningdek sevolmas ekan, afsus. Ota-ona roziligi deb muhabbatimni yoʻqotdim. Uni eslaganimda uydan bosh olib ketgim keladi. Yoki shunday qilsammikin, nima deysiz?
DilnozaFagʻona viloyati
- Bu xato ekanligini ich-ichingizdan oʻzingiz ham his qilib turibsiz. Toʻgʻri, haqiqiy muhabbat uchun kurashsa arziydi. Lekin siz allaqachon maydonni tashlab ketgan odamsiz. Endi ming chiransangiz-da, orqaga qaytolmaysiz. Agar shunday qilganingizda ham dog' tushgan muhabbatingiz bilan uzoqqa borolmaysiz. Inson oʻz tanlagani bilan baxtli boʻlishga koʻzi yetsa, uni hech narsa toʻxtatib qololmaydi. Aksincha, har qanday toʻsiqlarni yengib oʻtishga oʻzida mardonavor kuch topadi. Nima qilish lozim boʻlsa, toʻydan oldin boʻlishi kerak edi. Endi vaqt gʻildiragini ortga qaytarolmaysiz. Shu bois hozirgi hayotingizni gulzorga aylantirishga harakat qiling. "Endi hech kim sevolmaydi uningdek" deb oʻtirsangiz, hozirgi baxtingizni ham boy berib qoʻyasiz. Eringiz sevmasa, sevdiring, eʼtibor bermasa, diqqatini tortishga harakat qiling. Axir ezgulik yoʻlida qilingan har qanday harakat bir kun natija berishi aniq. Siz qalbingizda sovuq muhit yaratib olganingiz uchun ham eringiz siz tomon talpinmayotgandir, balki. Maslahatimiz, oʻtkinchi sevgini unutishga harakat qiling, bor mehringizni oilangizga qarating.
Hazon
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Onam
Hikoyalar

Onam

10-avgust, 20192.1K