📖 Hikoyalar

Onaning kozidagi yoshlar

1 daqiqa 2K marta oʻqildi
Onaning kozidagi yoshlar
Ona yigʻladi Farzandining bemexr ekanligidan, balki otasi boʻlganida bunchalik bemexr boʻlib oʻsmagan boʻlarmidi... Kelinining narsalarni uvol qilayotganini oʻgliga aytib oʻgʻlidan qattiq gap eshitdi.. Exx oʻgʻlim qani edi bu uvollikni xam u dunyoda javobi borligini bilsayding. ona qalban oʻgʻliga nimalardir dedi...Ertasi kuni oʻgʻil onasi bilan xayrlashmay ishga ketdi.. Bu uning arazlagani boʻlsa kerak. Ona yana yigʻladi.Unsiz yigʻladi... Kelin esa Choyni xam taʼna bilan beradi, ovqatni xam... Ona qayerlargadir ketmoqni istaydi.. Ammo yaxshiki baxtiga shiringina nevarasi ASAL bor. u doim buvisini yonini oladi.. Oʻsha kuni oʻgʻli ishdan kech qaytdi... Ona uxlamadi oʻgʻlini kutdi.. Kelin qizi bilan uxlab yotibdi. Ona oʻgʻlim och qolmasin deya ovqatini tayyorlab qoʻydi. Oʻgʻli keldi. Ona xali xam uxlamadizmi? kirib uxlang, men ovqat yemiman deya xonasiga kirib ketdi. Oʻgʻlining bu muomalasidan onaning koʻngli biroz ranjidi.. Tonggacha uxlay olmadi ona.. Ertasi kuni xam oʻgʻil onasiga xayr demadi, duosini olmadi... Oʻgʻil oʻsha kuni uyga erta qaytdi, va uyida onasiga nisbatan noxaqlik qilayotgan ayolini koʻrdi. Ayol Qaynonaga baqirar, Siz xonezda oʻtiring, men oʻzim xammasini epliman, qachon qarasa ishimga aralashganiz aralashgan,Ona koʻzida yosh ila xonasiga kirib ketdi. Kelin ortidan(( Shum kampir oʻlmadi men qutulmadim,)) deya ortidan mingʻirladi.

Onaizor yana yigʻladi. Taqdiridan kuyib yigʻladi.. Buni koʻrgan farzand Ayoliga bir shapaloq urib yubordi, Koʻzlarida yosh ila onasi xaqida oʻyladi, Ex men axmoq, onamni dilini ogʻritibman, onam meni kutib koʻzlari mushtoq boʻlsa parvo qilmay oʻz onamdan arazlabmana. Onasining yoniga otilib kirgan oʻgʻil, onaning poyiga bosh urdi. Ona kechiring, Men nodon oʻgʻlingizni kechiring. Ona oʻgʻlini bagʻriga bosib yigʻladi, bu safar uning koʻzlaridagi yosh Quvonch yoshlari edi....

muallif: Qirolicha.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!