📖 Hikoyalar

Aygʻoqchilar dunyosi: «Qizil ansambl»

11 daqiqa 2K marta oʻqildi
Aygʻoqchilar dunyosi: «Qizil ansambl»
… U tashkil qilgan aygʻoqchilar tarmogʻi ikkinchi jahon urushi yillarida butun Ovroʻpani qamrab olgan edi. Gestapoda ularni «qizil ansanbl» (kapella) deb nomlashardi. Ushbu aygʻoqchilik tarmogʻining koʻp sonli aloqachilari oʻzlarini pionina sozandalari, boshliqlarini esa usta kapelisterlar deb atashardi.

… Ikkinchi jahon urushi yillari barcha davrlar va xalqlarning eng badavlat aygʻoqchisi boʻlmish Leopold Trepper (Jan Jilber) Shoʻrolar ittifoqini, Butun Ovroʻpani va hatto Gitler Olmoniyasini ham qamrab olgan, eng koʻp tarqalgan va samarali aygʻoqchilik tarmogʻiga boshchilik qildi. Trepper butun faoliyatini tijorat bilan muvaffaqiyatli tarzda uygʻunlashtirib olib bora olgan favqulotda aqlli kishilardan edi. DAQ(Davlat Aygʻoqchilik Qoʻmitasi)ning polkovnigi, Asli Polshada tugʻilgan 33 yoshli Leopold Trepper 1938 yilning avgust oyida aygʻoqchilik tarmogʻini tashkil etish maqsadida Belgiyaga keladi. Pasaporti boʻyicha u kanadalik Adam Mikler edi. Moskvalik bosh josusning yirik faoliyati shu tariqa boshlanadi. Gʻarbiy Ovroʻpaning qoq oʻrtasida joylashgan Belgiya oʻzining ajoyib joʻgʻrofiy oʻrniga koʻra birinchi navbatda yashirin faoliyatni yoʻlga qoʻyish uchun qulay maydon hisoblanardi. Bundan tashqari belgiyaliklar josuslik faoliyati boshqa bir mamlakatga qaratilgan boʻlsa, unga nisbatan mutlaqo befarq qarashar edi. Bu narsa mamlakatning qonunchiligiga koʻra, aygʻoqchilik faoliyati faqat Belgiyaning manfaatlariga zid kelgan holdagina jazolanishi mumkin edi. images (20)Tripper Brpasselga joylashadi va oʻtmishda uning Falastindagi hamkorlik faoliyatidagi eski tanishi boʻlgan Grosser – endilikda Leo Grosfogelning savdo firmasi bilan mutlaqo rasmiy boʻlgan tajorat aloqalarini oʻrnatadi. Grosfogel Polshaning Lodz shahrida tugʻilgan boʻlib, tajribali tijoratchi Trepperning eng yaqin, ishonchli kishilaridan biri edi. Ular maxfiylik nuqtai nazaridan «Forin eksellent reykout kompani» qoʻshma korxonasini tashkil etishadi va tez orada Belgiya, Fransiya va Skandinaviya mamlakatlarida uning shahobchalari– filiallarini ochishadi. 1939 yilning yozida Stalin va Gitler oʻrtasida oʻzaro xujum qilmaslik haqidagi shartnoma imzolangach, Moskvadan Tripperga oʻz faoliyatini asosan Buyuk Britaniyaga qarshi qaratish haqida topshiriq beriladi. Ammo baxtga qarshi shu yilning 1 sentyabr kuni ikkinchi jahon urushi boshlanadi. Olmon va Shoʻro qoʻshinlari Polshada toʻqnashdilar. 1940 yilning may oyida Olmon qoʻshinlari Belgiyani egallaydi. Natsistlarning tank kolonnalari ortidan kelayotgan «Limuzin» avtomobilida bulgʻor diplomati bilan birga Bryusellik ikki janob ham oʻtirardi. Bular muhtaram tijoratchilar Tripper va Grosfogel edi. Shu tariqa, ular tijoratchi niqobi ostida olmon qoʻshinlarining strategiyasi va taktikasi haqidagi maʼruza uchun batafsil maʼlumot toʻplashardi. Natijada vershaxt oliy qoʻmondonligi u yoki bu mavzu haqidagi oʻz qarashlarini fyurerga bayon etishidan ancha avval bu harakatlarning barcha tafsilotlari allaqachon Moskvada ayon boʻlar edi.
Ana shunday taxlikali kunlarda Markaz Tripperga ikki yordamchi goʻyo urugvaylik talabalar Vinsent Alamo(kapitan Viktor Suxalov) va Karlos Alamo(Mixail Makarov, xalq komisari Molotovning jiyani)ni joʻnatadi. 1940 yilning iyulida Trepperning qimmatli xizmatlari eʼtiborga olinib, unga Qizil Armiya generali unvoni beriladi va u xarbiy razvetkaning butun ¢arbiy Yevropa boʻyicha rezidenti etib tayinlanadi. Shundan soʻng Trepper bosh rahbar sifatida Parijga yoʻl oladi. Belgiyadagi razvetka uchun esa endi uning ishonchli oʻrinbosari Kent maʼsul boʻlib qoladi. ¤z oʻrnida Le Grosfolgelning ham Parijga koʻchishiga toʻgʻri keladi. Chunki uning butun mol-mulkini Olmon bosqinchi xukumati musodara qiladi. Endi u kinoaktiyor Georg Miltondan ijaraga olgan, Sena daryosi sohilidagi uyda yashay boshlaydi. Grosfogel bir necha oy davomida josuslik tarmogʻining moliyaviy taʼminlanishini yoʻlga qoʻyib oladi. Bu paytga kelib, ularning tashkilotiga yana bir kishi– Xiller Kau ham qoʻshiladi. Uning yashirin ismi aslida Andre Dyubua edi. Oʻz oʻrnida Tripper uchun ham Parij omad keltiradi. Uning yangi tashkil etilgan «Simeks» firmasi Yelisey maydonida, Todtning harbiy-qurilish tashkiloti markaziga yaqin nuqtada joylashgandi. Shu atrofdagi «Lido» kafesida esa bu tashkilotning bir muncha obroʻli boshliqlarini uchratish mumkin edi. Nihoyat birlashma maqsadiga yetadi. Oradan atigi bir necha hafta oʻtgach, «Simeks» firmasi Todt tashkilotining asosiy taʼminotchilaridan biriga aylandi. Bu tashkilot Gitlerning buyrugʻiga binoan, La-Mant boʻgʻozi sohilida uzoqdan moʻljalga oluvchi batareyalar oʻrnatish oʻrnatish uchun nuqtalar tayyorlar va suosti kemalari uchun zirhlangan bunkerlar qurilishiga maʼsul edi. Qurol-yarogʻdan tashqari barcha jihozlarni jumladan, yoʻl qurish mashinalari, qurilish ashyolari, betonaralash tirgichlar, qurilish yogʻochlari koʻtaradigan kranlar va boshqalarni Parijning «Simeks» yoki Bryusselning «Simeksko» firmalari yetkazib beradi. Shu tariqa oʻz ishonchliligi va salmogʻi bilan bosqinchi hukumatining alohida ishonchiga kirgan bu firmalarning aylanma mablagʻi tez orada millionlarga aylanadi. Ularning faoliyat doirasi shunchalik tez kengayadiki, hatto Fransiya qarshilik harakati qatnashchilarida ham shubha uygʻotadi. Ular hatto urushdan soʻng bosqinchilar bilan hamkorligi uchun egalarini javobgarlikka tortish niyatida oʻz odamlariga bu ikki firmaning faoliyatini kuzatishni topshirishadi. Biroq qarshilik qatnashchilari asosiy narsani – firmalar daromadlarining deyarli teng yarmi razvetka faoliyatiga haq toʻlash va razvetka boshliqlarining chakana harajatlarini qoplashga ketishini bilmas edilar. Firmalardan kelgan foydaning bir qismi yangidan-yangi nemis amaldorlari va zobitlarini sotib olish uchun ketar, ular esa oʻz navbatida firmani foydali buyurtmalar bilan taʼminlashga harakat qilishardi. Shuning uchun ham bosib olingan Yevropadagi biror bir katta yoki kichik qurilish razvetkachilar kuzatuv nazaridan chetda qolmas, qoʻshinlarning barcha harakati ularga kaftdagidek maʼlum edi. oʻarbiy Ovroʻpada joylashgan Olmon harbiy birlashmalari Shoʻro chegaralariga tashlanishi haqidagi muxim tezkor xabarni Moskva bu koʻchish endigina boshlanayotganida va birinchi nemis askarlari eshalonlarga chiqayotganidayoq olar edi. «Qizil ansanbl» koʻp oʻtmay qarshilik kuchlari bilan ham aloqa oʻrnatadi. Bu esa strategik muhim korxonalar, ularning ishlab chiqarish kuchlari va mahsulot xarakteri haqida maʼlumotlar olishda yordam berardi. Ahvol shu darajaga ham yetib bordiki, Tripper guruhi abverning Parijdagi shtab-kvrtirasi telefonlariga ulandi va Moskva Kanaris mahkamasi markaziy apparatining Parij shohobchasiga yoʻllaydigan radioprogrammalarni va ularga javoblarni qabul qilish imkoniga ega boʻldi. «Qizil ansambl»ga fransuz fohishalarining sahiy haq toʻlanadigan butun guruhi ishlar edi. Har kuni Parijga kelayotgan nemis frontchilari oʻzlari bilan birga juda qimmatli axborot manbalarini olib kelar – ular orqali, harbiy qismlar raqamlari boʻyicha, front birlashmalarining joylashuvi haqida tasavvurga ega boʻlish mumkin edi. Trepper agentlari orasida sayrbon-ekskursavod ham boʻlib, u askar va zobitlarni kerakli joylarga olib borar va shu bilan olmon xarbiylari kontingentining shoʻro razvetkasi qiziqtiradigan joylarga yoʻllashni taʼminlar edi. 1941 yilning may oyiga kelib, Parijda Trepperning agentlari boʻlmagan biror bir muhim nemis idorasi qolmagan edi. Birlashma Stalinni Germaniyaning xujum qilishining aniq sanasi haqida ogohlantiradi, biroq Stalin buni Britaniya iІvogarligi, deb hisoblaydi. Trepperning axboroti oʻzini oqlagach esa u yaratgan tarmoq toʻla kuch bilan ish yurita boshlaydi. Berlindagi shoʻro elchixonasi tugatilgach, Trepper aloqadan mahrum boʻladi. Endi markaz bilan aloqa faqat radio orqali olib borilar edi. «Qizil ansambil»ning Germaniyadan bergan ilk radioprogrammalarini nemislar 1941 yil iyun oyining oxirida ushlab olishadi. Biroq, ularga matnni «ochish» nasib etmaydi. Yuboruvchining oʻzi esa oradan bir necha oy oʻtgachgina qoʻlga olinadi. Shundan keyin Trepperning radiomarkaz guruhi Bryusselga koʻchib oʻtadi va unga radionomalar Parijdan chopar-kurer orqali joʻnatiladi. Soʻng Kent redisti ularni Moskvaga uzatadi. Bryusseldagi radiouzatgich(peredatchik)ni abver 1941yil dekabrida topadi. Uchrashuv xonadonida radiouzatgichdan tashqari, nemis tilidagi radionomalar, maxfiy yozuv uchun siyoh hamda dizenteriya va tior batareyalari bilan toʻla idishlar topiladi. Bu topilmalar Belgiya hududida faol harakat qilayotgan aksilgitlerchi josuslik tarmoІi mavjudligi va juda keng tarqalganligi haqida rad etib boʻlmas guvohlik berardi. Abverning katta zobiti, kapitan Pipe uchrashuv xonasidagi uch kishini xibsga olishga buyruq beradi. Ular orasida Mixail Makarov(Karlos Alamo) ham bor edi. Makarovning yordamchisi nemislarga qoʻl keladi. U Pipega Bryusseldagi Shoʻro razvetkasi faoliyati haqida unga nima maʼlum boʻlsa, barchasini aytib beradi. Bu deyarli oz maʼlumot boʻlsa-da, abver va gestapo uchun shoʻro ittifoqining oʻarbiy Ovroʻpadagi ayІoqchilik tarmoІiga qarshi keng miqiyosdagi kampaniyani boshlash uchun yetarli edi. Abver raportlarida bu tarmoq «Qizil ansambl» nomi bilan atalardi. Abver zobitlariga «Qizil ansambl» razvetka faoliyatining Byusseldagi uchrashuv markazi maʼlum boʻlgach, u Parijga koʻchganligini aniqlashga muvoffaq boʻldilar. 1942 yilning boshida nemislar radiouzatgichlarni topish uchun maxsus qurilmalar yordamida qidiruvni boshlaydilar. Nihoyat 1942 yilning iyun oyiga kelib radiouzatgichni Parij atrofidan topishadi. Bu yerda er-xotin polyak muxojirlari Xert va Mira Sokolni hibsga olishadi. Erini otmoqchi boʻlib, qiynab qoʻrqitishganda Mira barchasini – shifr detallari, agentlar va hatto bosh rahbarlarning nomlarini ham aytib beradi. 1942 yilning iyuliga kelib, Fransiya va Belgiyada Tripperning yaqin xodimlari qamoqqa olinadi. «Ochilgan» radionomalar gitlerchilarga Tripperning Berlindagi agentlari manzilgohlari va uchrashuv xonadonlarin aniqlash imkonini beradi. Berlin guruhiga reyxsmarshal Gering homiyligidagi ober-leytenant Xarro­ Shulse – Boyzen rahbarlik qilardi. U aviatsiya vazirligida razvetka xizmati zobiti boʻlib xizmat qilardi. Uning mahfiy xujjatlar bilan tanisha olish qobiliyati deyarli chegaralanmagan edi. Uning bu noyob qobiliyati Berlinda ham Moskvada ham tan olingandi. U va uning xotini Libertas 1936 yildan shoʻro razvetkasiga xizmat qilishardi. Libertas – targʻibot vazirligi amaldori boʻlib, uning ishi josuslik faoliyatida juda muxim boʻlgan xorijiy safarlar bilan bogʻliq edi. U bilan birga Berlin guruhiga Oliy iqtisodiyot vazirligi amaldorlaridan doktor Arvid Xarmak kirardi. Guruh oʻz faoliyati davomida 500dan ziyod xabarlarni uzutishga erishdi. Xabarlarni «ochish» tufayli abver 20-yillardan buyon aygʻoqchilik bilan shugʻillanib kelayotgan, Parij kinofirmasining rejissyori va prodyusseri, yozuvchi Adam Kukxof(Vulf)ni fosh etadi. Berlin guruhining asosiy axborot manbalaridan biri aloqachi-muhandis doktor Kummerov edi. U Olmon armiyasi qurollanishi uchun muxim ahamiyatli boʻlgan radiolokatsiya qurilmalari, radioboshqaruvli bombalar, «yeru-osmon» raketalari kabi texnika yangiliklarining chizmalarini qoʻlga kiritadi. Guruhga faqat bitta radist Xans Koipi kirgan boʻlib, u uchta radiostansiyaga xizmat qilishiga toʻgʻri kelardi. U yetarli darajada malaka va tajribaga ega boʻlmaganligi sababli oqibatda 1941 yil noyabrda Markaz bilan aloqa tizimi ishdan chiqadi. Kent Bryusselda Berlin guruhi aʼzolari manzilgohlari yozilgan radiogramma oladi. Unga guruhni qatʼiy nazoratdan oʻtkazish topshiriІi berilgandi. Keyinchalik Fransiyada er-xotin Sokkollar xibsga olinib, shifr va kodlar maʼlum boʻlgach, gitlerchilarga bu shoshilinchnomani oʻqish nasib etadi va guruh ortidan muntazam kuzatuv yoʻlga qoʻyildi. Natijada guruhning barcha aʼzolari 1942 yilning 30 avgustiga kelib, qoʻlga olinadi va gestapo guruhida ishlovchi agenlarni qidira boshlaydilar. Xibsdagilar 117 kishidan iborat edi. Qatʼiy tergov jarayonida ularning aksariyati qiynoqlarga chiday olmay, oʻz hamkasblarini sotadilar. Biroq ularning koʻpchilik qismi to soʻnggi nafaslarigacha oʻz qasamlariga sodiq qoladilar. Masalan, doktor Kummerov bir necha haftalik soʻroq va qiynoqlardan soʻng uch marta oʻzining joniga qasd qilishga urinadi. Nihoyat u oʻzini oltinchi qavatdan yerga tashlab, vafot etadi. Shundan soʻng yana toʻrt erkak va bir ayol ham oʻz jonlariga suiqasd qiladilar. 1942 yil dekabrda sud 64 nafar Moskva agentlariga oʻlim hukmini oʻqiydi. Parijda abver guruhi gestapo bilan birgalikda «Qizil ansambl» ishini tergov qilar ekan, bosh rahbarning fotografiyasiga ega boʻladi. Yaʼni uning qanday josuslik faoliyati olib borgani haqida tasavvurga ega boʻldi. Bundan tashqari gestapo «Simeks» va «Simeksko» firmalarining faoliyatlari haqidagi bircha sirlarni aniqlaydi. Biroq Tripper va uning yaqin yordamchilari, Grosfogel va Kaularni ushlash nemislarga nasib qilmaydi. Tripper maxfiy xonadonga yashirinadi va bundan keyigi maʼlumotlar abverning radiooʻyinlari ham boʻlishi mumkinligi haqida Markazni ogohlantirish imkoniyatini topadi. Bosh rahbar guruhda qolgan ozchilikni Parijdan Fransiyaning janubiga koʻchirishni rejalashtiradi. U yerda esa mavjud tajriba va vositalar yordamida shoʻro markazining topshiriqlarini bajarishda davom etishini moʻljallaydi. U oʻziga nisbatan Jan Jilberning oʻlimi sahnasi rejasini tayyorlaydi. Bu rejani amalga oshirish uchun hamma narsa – qalbaki jasad va nufuzli shifokor tomonidan imzolangan oʻlim va hatto qabr ham tayyorlanadi. Bu «sahna koʻrinishi» birlashmaning qolgan ozchilik aʼzosi maʼlum vaqtgacha erkin harakat qilishini taʼminladi. Ammo har qancha harakatlarga qaramay Abver zobitlariga «Qizil ansambil» razvetka faoliyati toʻla-toʻkis maʼlum boʻladi. Uning shtab-kvatirasi Parijga koʻchgani va Bryusseldagi uchrashuv markazi ham aniqlanadi. Leopold Trepperning xorijga chiqib ketish guvohnomasi tayyor boʻlgan bir paytda tish shifokori huzuriga kirishga toʻgʻri keladi. Trepperga qarashli firma direktori oʻz xoʻjayinining ikkinchi – asosiy shaxsi haqida hech narsa bilmagani holda gestapo tergovida tasodifan bosh rahbarga oʻz vaqtida tish shifokoriga borib turish haqida maslahat berganini eslaydi. Xavfsizlik xizmati agentlari tish shifokori roʻyxatnomasini titkilab, unda mazkur ism-sharifni hamda bemorning navbatdagi tashrifini aniqlashadi. Tripperni 1942 yilning 5 dekabrida tish shifokori xuzurida xibsga olishadi. Bosh rahbarni gestaponing Parijdagi shtab-kvartirasiga joylashtiradilar. Unga nisbatan qiynoq usullarini qoʻllamay, oʻzlariga ogʻdirib olishga harakat qilishadi. Tripper nemislar bilan hamkorlik qilishga rozi boʻladi va yaqin hamkorlari – Kau, Grosfogel va boshqalar haqida kerakli maʼlumotlarni aytib beradi. U shu tariqa gitlerchilarning ishonchiga kiradi. Gestapochilar Tripperning shoʻro qoʻmondonliga oldidagi nufuziga tayanib, aksilgitlerchi koalitsiyani buzish uchun strategik maqsadda radiooʻyinga qoʻshmoqchi boʻlishadi. Aygʻoqchilar rahbari oʻzini rozidek koʻrsatib, asir olinganini qoʻmondonlikdan yashirishiga gestaponi ishontiradi. U dushman aytgan radionomalarni joʻnatadi. Biroq shahar boʻylab sayohat payti katta tavakkal qilib, gestapoga bildirmagan agent ayol orqali Markazga haqiqiy xabarni yetkazadi. Markazning haqiqiy axborotni olgani haqidagi tasdiqnomasini bigach, tripper oʻz vazifasini bajargan deb hisoblab, endi qochib qolishga qaror qiladi. Toʻqqiz oy davomida Tripper gestaponi oʻzining sotilganiga shunchalik ishontiradiki, ular shahar boʻylab sayr payti qoʻriqlashda hushyorlikni boʻshashtiradilar. Bu vaziyatda tajribali ayІoqchi uchun oddiy qoʻriqchilarni aldab ketish hech gap emas edi. Tripper unga hamisha hamrohlik qilib yuradigan nemis Villi Berg bilan har doimgidek vokzal oldidagi tanish dorixonaga boradi. Berg mashinada qoladi. Tripper esa dorixonaga kiradi-yu, boshqa qaytib chiqmaydi. Dorixona burchakdagi ikki eshikli binoda joylashgan edi… U urushning oxirlarigacha Sen-Jerman-en-Laye pansionatida yashirinib yashaydi. Nemislar qidiruvni juda kuchaytirib, unga gestapo xodimlari va agentlarining koʻp kuchi jalb etilishiga qaramay, Tripperni topishning iloji boʻlmaydi. 1945 yilda Fransiya ozod etilgach, u Moskvaga qaytadi. Stalinning shaxsiy buyrugʻiga asosan uni oʻn yil qamoq jazosiga xukm qilishadi. 1955 yilda ozodlikka chiqqan Leopold Trepper dastlab kindik qoni toʻkilgan Polshaga keladi va keyinchalik Isroilga joʻnab ketadi hamda u yerda 1982 yil olamdan oʻtadi.

sayt: mir shpionov
statya: polkovnik GRU Leopold Trepper
Ruschadan Abdumalik ISOMIDDIN tarjimasi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

SINOV
Hikoyalar

SINOV

17-avgust, 20191.8K