🍛 Taomlar

Turkcha somsa retsepti - tayyorlash bosqichlari + foto

1 daqiqa 4.2K marta oʻqildi
Turkcha somsa retsepti - tayyorlash bosqichlari + foto
Uy sharoitida tayyorlangan turkcha somsa nafaqat tamaddi uchun mukammal variant, balki mehmonlarni siylash uchun ham ajoyib taom boʻladi. Ishtaha ochar obdor nachinka, qarsildoq xamir — juda mazali!

TURKCHA SOMSA TAYYORLASH RETSEPTI
Tayyorlash vaqti: 1,5 soat | Portsiyalar soni: 12
Kerakli masalliqlar:

Margarin yoki sariyog’ — 250 g;
Smetana — 250 g;
Un — 750-850 g;
Isteʼmol sodasi — 1 chimdim;
Qiyma goʻsht — 500 g;
Kartoshka — 2-3 dona;
Piyoz — 2-3 dona;
Tuz, murch, ziravorlar — taʼbga koʻra;
Tuxum — 1 dona;
Kunjut — 1 osh qoshiq.
Tayyorlanishi

Chuqurroq idishga isteʼmol sodasi qoʻshgan holda un elab solinadi.

Muzlatilgan sariyog’ (sifatli margarindan ham foydalanish mumkin) pichoq yoki qirgʻichdan chiqarish orqali maydalanadi. Soʻng unga qoʻshib, qoʻllar yordamida bir xil massadagi ushoq xosil boʻlguncha aralashtiriladi.

Turkcha somsa retsepti - tayyorlash bosqichlari + fotoKeyin aralashmaga sekin-asta smetana qoʻshgan holda (u biroz koʻproq yoki kamroq kerak boʻlishi mumkin) xamir qoriladi. Xamirdan zuvala yasalib, bir muddat sovutgichga qoʻyiladi.
Ayni paytda somsa uchun nachinka tayyorlanadi. Piyoz mayda kubik shaklida, kartoshka esa ingichka somonchalar shaklida toʻgʻrab olinadi yoki qirgʻichning yirik tishi orqali oʻtkaziladi. Masalliqlar qiymaga qoʻshiladi.

Qiymaga taʼbga koʻra tuz va murch solinadi. Xush koʻruvchilar boshqa ziravorlar yoki quritilgan koʻkatlar qoʻshishlari ham mumkin. Barchasi yaxshilab aralashtiriladi va tayyor boʻlgan aralashmadan kichik ovalchalar shakllantiriladi.

Turkcha somsa retsepti - tayyorlash bosqichlari + fotoXamir un sepilgan yuzaga qoʻyiladi va yupqa qilib yoyiladi. Soʻng oʻrtacha kenglikdagi uzunchoq kesimlarga ajratib olinadi. Turkcha somsa yanada chiroyli koʻrinishi uchun xamirni shakldor pichoq yordamida kesish mumkin.

Soʻngra barchasi juda oddiy: har bir xamir boʻlagiga nachinka qoʻyib oʻrash va chetlarini mahkam qilib yopishtirib chiqish lozim.

Turkcha somsa retsepti - tayyorlash bosqichlari + foto
Somsaning yuza qismiga tuxum surtib, biroz kunjut sepiladi. Yogʻlangan yoki pergament yoyilgan protivenga bir tekis qilib terib chiqib, 180 °C gacha qizdirilgan pechda 35-40 daqiqa davomida pishiriladi.

Turk somsasi tayyor. Biroz sovigach, dasturxonga tomatli sous yoki sirka eritmasi va issiq choy bilan tortiq qilish mumkin. Yoqimli ishtaha!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!