Qatlama tayyorlash retsepti - bosqichma-bosqich koʻrsatma + foto

Oʻzbek milliy xamirli pishiriqlarining turli xillari mavjud va ularning barchasi oʻziga xos ravishda juda mazalidir. Ana shunday pishiriqlardan biri qatlama boʻlib, u qavatli xamirni yogʻda qovurish usulida tayyorlanadi. Uning retsepti quyida batafsil.
QATLAMA TAYYORLASH RETSEPTI
Tayyorlash vaqti: 2 soat | Portsiyalar soni: 12
Kerakli masalliqlar:
Un — 700 g;
Suv — 350 ml;
Tuz — 1,5 choy qoshiq;
Eritilgan yog’ — 100 g;
Qovurish uchun oʻsimlik yogʻi.
TAYYORLANISHI
1-QADAM
Dastlabki ish xamir tayyorlashdan boshlanadi. 700 g un, 350 ml suv va 1,5 choy qoshiq tuz bilan xamir qoriladi.
2-QADAM
Xamirga dam berishXamirdan zuvala yasaladi va uning usti idish bilan yopib qoʻyiladi, yarim soat davomida dam beriladi. Soʻng xamir 2 mm qalinlikdagi toʻrtburchak plast qilib yoyiladi.

3-QADAM
Yoyilgan xamirga ustidan 100 gramm eritilgan yog’ quyib, teng ravishda taqsimlab surtiladi. Eritilgan yog’ oʻrniga taʼbga koʻra margarin, sariyog’ yoki hayvon yogʻini ishlatish mumkin, lekin eritilgan yog’ bilan qatlama yaxshiroq taʼmga ega boʻladi.
4-QADAM
Eritilgan yog’ tayyorlashni eslatib oʻtish joiz. Suv hammomiga sariyog’ solingan idish qoʻyiladi, soʻng bir soatcha past olovda qizdiriladi. Bu vaqtga kelib idish tubiga oq choʻkindi choʻkishi, yuzasida esa koʻpik hosil boʻlishi kerak. Koʻpik olib tashlanadi, yog’ esa choʻmich bilan choʻkindisini aralashtirib yubormagan holda suzib olinadi.
5-QADAM
Xamirdan zuvalachalar tayyorlash
Yogʻlab olingan xamir rulet qilib oʻraladi va oltita teng qismga boʻlib olinadi.
Har bir qism stolga qoʻyib, kaft bilan yapaloq qilib olinadi. Soʻng taxtaga terib, ustidan oziq-ovqat plyonkasi bilan yopiladi va 30-40 daqiqa muzlatgichga yoki 2-3 soat sovutgichga yuboriladi.

6-QADAM
40 daqiqa oʻtgach, xamir muzlatgichdan chiqarib olinadi. Agar ular idishga muzlab yopishib qolgan boʻlsa, ehtiyotkorlik bilan ajratiladi.
7-QADAM
Stol va oʻqlovga biroz un sepiladi, xamir qalinligi 2 mm, diametri esa taxminan 20-22 sm qilib doira shaklda yoyib olinadi.
8-QADAM
Qatlamani qovurish Tubi chuqurroq boʻlgan tovaga biroz oʻsimlik yogʻi quyiladi, yaxshilab qizigach, yoyilgan qatlamani yogʻga tushirib, tova qopqogʻi yopiladi va oʻrtacha olovda har tomoni 3-5 daqiqa davomida qovurib olinadi. Pishgach, idishga olib, qolganlarini pishirib olguncha usti yopiq qilib saqlanib turadi.

9-QADAM
Qatlama juda mazali non hisoblanadi. Dasturxonga anʼanaviy ravishda uning ustidan shakar sepib yoki qaymoq, murabbo va choy bilan, achchiq sous, qaynatilgan tuxum va sabzavotli garnir bilan tortiq qilish mumkin. Yoqimli ishtaha!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!