🍛 Taomlar

Sitrusli sous bilan tayyorlangan lasos baligʻi

3.1K marta oʻqildi
Sitrusli sous bilan tayyorlangan lasos baligʻi
Kechki ovqatda yaqinlaringizni lol qoldirishni hohlaysizmi? U holda noanʼanaviy usulda tayyorlangan mazali retseptni eʼtiboringizga taqdim etamiz. Birzumda tayyor boʻladigan nozik va juda ham mazali taom dasturxon davrasida haqiqatdan ham barchani lol qoldiradi.

Kerakli masalliqlar:
  • 2 dona kichik hajmdagi apelsin
  • 2 dona kichik greyfrut
  • 1 dona limon
  • 1 osh qoshiq asal
  • 3 osh qoshiq zaytun yogʻi
  • 150 grammdan 4 dona lasos baligʻi
  • 2 osh qoshiq toʻrgʻalga koʻk piyoz
  • Tuz
Tayyorlash usullari:
1. Birinchi navbatda gaz pechini 200 darajaga qizdirishga qoʻying.

2. Sitrus mevalarini tozalang. Aloxida idishga barcha sitrus mevalari sharbatini jamlang.
Sitrusli sous bilan tayyorlangan lasos baligʻi3. 1 osh qoshiqdan asal, zaytun yogʻi va sharbatni birlashtiring va aralashtiring. Tayyorlangan massaga baliq boʻlaklarini 5 daqiqaga marinadlang.
Sitrusli sous bilan tayyorlangan lasos baligʻi4. Qolgan sharbat, meva boʻlaklari va zaytun yogʻi, koʻk piyoz va tuzni soling. Yaxshilab aralashtiring. Baliqni pishirish qolipiga, baliq terisi bor qismini pastga qilgan holda terib chiqing. 4-5 daqiqa pishiring va meva boʻlaklaridan solib, yana 5 daqiqa davomida pishiring.
Sitrusli sous bilan tayyorlangan lasos baligʻiSitrusli sous bilan tayyorlangan lasos baligʻiSitrusli sous bilan tayyorlangan lasos baligʻi5. Tayyorlangan nozik va hushboʻy isi xonadoningizni egallagan taomni darhol dasturxonga torting.Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!