Gruzin sousi "Satsebeli"

Satsebeli sousi - Gruzin oshxonasining universal souslaridan biri hisoblanadi. Nega deysizmi? Sababi ushbu sous barcha taomlar bilan isteʼmol qilish uchun juda ham maʼqul sous. Ushbu sousni qishki gʻamlama sifatida tayyorlash ham mumkin. Juda ham mazali!
Kerakli masalliqlar:
Tayyorlash usullari:
1. Sabzavotlarni yuving. Sarimsoqni tozalang va donachalarga ajrating. Pomidor va urugʻidan tozalangan bulgʻor qalampirini katta boʻlmagan boʻlaklarda toʻrgʻang.
2. Goʻsht qiymalagichdan avval sarimsoqni aloxida idishga chiqaring. Soʻng, chuqur kastryulkaga solingan maydalangan koʻkat ustidan qolgan sabzavotlarni goʻsht qiymalagichdan chiqaring. Goʻsht qiymalagichdan chiqarilgan sabzavotlar jamlanmasini oʻrta olovga qoʻying va qaynashini kuting. Qaynashni boshlashi bilan past olovda 45 daqiqa davomida qaynating. Vaqtning yarmida sarimsoq, taʼbga koʻra tuz va shakarni soling.
3. Belgilangan vaqt oʻtib sousni sterillangan bankalarga quying va bankalarni qopqogʻini pastga qilgan holda terib, butunlay sovigunga qadar oʻrab qoʻying. Sovigan souslar bankasini qishki gʻamlamaringiz qatoriga tering.
4. Ushbu sous har qanday taom uchun ajoyib qoʻshimcha.




Kerakli masalliqlar:
- 3 kg pomidor
- 1 kg qizil, shirin bulgʻor qalampiri
- 1-2 dona achchiq qalampir
- 1 bogʻdan petrushka, ukrop, kashnuch koʻkatlari
- 1 bosh sarimsoq
- Tuz va shakar (taʼbga koʻra)
Tayyorlash usullari:
1. Sabzavotlarni yuving. Sarimsoqni tozalang va donachalarga ajrating. Pomidor va urugʻidan tozalangan bulgʻor qalampirini katta boʻlmagan boʻlaklarda toʻrgʻang.
2. Goʻsht qiymalagichdan avval sarimsoqni aloxida idishga chiqaring. Soʻng, chuqur kastryulkaga solingan maydalangan koʻkat ustidan qolgan sabzavotlarni goʻsht qiymalagichdan chiqaring. Goʻsht qiymalagichdan chiqarilgan sabzavotlar jamlanmasini oʻrta olovga qoʻying va qaynashini kuting. Qaynashni boshlashi bilan past olovda 45 daqiqa davomida qaynating. Vaqtning yarmida sarimsoq, taʼbga koʻra tuz va shakarni soling.
3. Belgilangan vaqt oʻtib sousni sterillangan bankalarga quying va bankalarni qopqogʻini pastga qilgan holda terib, butunlay sovigunga qadar oʻrab qoʻying. Sovigan souslar bankasini qishki gʻamlamaringiz qatoriga tering.
4. Ushbu sous har qanday taom uchun ajoyib qoʻshimcha.




Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!