🍛 Taomlar

Qattiq pishloq retsepti

3K marta oʻqildi
Qattiq pishloq retsepti
Koʻpchilikning sevimli mahsuloti boʻlgan pishloq retseptini eʼtiboringizga taqdim etamiz! Bu juda ham mazali! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
  • Sut – 1 litr (2,5 – 6 % yogʻli)
  • Tvorog – 1 kg
  • Sariyog’ – 100g
  • Tuxum – 1 ta
  • Isteʼmol sodasi – 1 choy qoshiq
  • Tuz – 1 choy qoshiq (toʻldirmasdan)
Tayyorlanishi:
1.Sutni qaynash darajasigacha olib boring. Soʻng unga tvorog qoʻshing va yana 3 daqiqa qaynating.

2. Hosil boʻlgan massani doka matoga solib, zardobini chiqarib tashlang. U tomchilamay qoʻysa, majburlab qisib chiqarish kerak emas, shu holatning oʻzi yetarli.

3. Idishda sariyogʻni eritib oling, soʻng unga isteʼmol sodasi va tuz qoʻshing.

4. Erigan sariyogʻga tvorogni qoʻshing va 5 daqiqa davomida aralashtirib turgan holda past olovda qaynating.

5. Alohida idishda tuxumni urib aralashtirib oling va tvorogga qoʻshing, barchasini yaxshilab aralashtiring. Soʻng idishni olovdan oling, biroz sovuting.

6. Hosil boʻlgan massani idishga soling va 3-4 soatga sovutgichga qoʻying. Pishloq tayyor!

Taʼbga koʻra uy sharoitida tayyorlanadigan pishloqqa koʻkatlar va biroz miqdorda maydalangan sarimsoq qoʻshish ham mumkin.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!