🍛 Taomlar

Qisqa muddatli parhez

1 daqiqa 5K marta oʻqildi
Qisqa muddatli parhez
QATIQLI PARHEZ (DIETA).

Natija: 3 kunda 2-5 kg vazn tashlash mumkin.
Taomnoma: kuniga 1,5 litr yogʻsiz qatiq bilan kifoyalanish. Agar judayam och qolsangiz, bir nechta nordon mevalardan isteʼmol qilishingiz mumkin. Qanday: taomnomada belgilangan qatiq miqdorini 5-6 qismga boʻlib iching. Qulayligi: juda arzon va amal qilishda juda oson. Kamchiligi: faqat kuchli irodaga va mustahkam salomatlikka ega kishilarga toʻgʻri keladi.

GRECHKALI PARHEZ (DIETA).

Natija: 5 kunda 3-5 kg vazn tashlash mumkin.
Taomnoma: kuniga 1 stakan grechka. Bunda istalgancha suyuqlik ichish mumkin. Ushbu parhez davomida tuz ishlatmaslik lozim yoki oddiy tuzni dengiz tuziga almashtiring. Kun davomida qoʻshimcha ravishda ozgina yogʻsiz qatiq yoki yogurt ichsa ham boʻladi. Qanday: kechqurun 1 st grechka ustidan qaynoq suv qoʻyib idish qopqogʻini yopib qoʻying. Kun davomida mana shu boʻtqani bir necha qismga boʻlib tanovul qiling. Ohirgi taom qabulini uxlashdan 3-4 soat oldin amalga oshiring. Qulayligi: organizmni samarali tozalaydi. Kamchiligi: grechixani yomon koʻradigan va tuzli eguliklarni xush koʻradiganlar chidashi mushkul. Bu parhez qad-qomatingizni normaga keltirish uchun yordam beradi, ammo orzuingizdagi ozgʻin qizga aylantirmaydi.

TOVUQLI PARHEZ (DIETA).
Natija: 5 kunda 5 kg vazndan halos boʻlasiz. Taomnoma: bugʻda yoki suvda pishirilgan terisi olib tashlangan tovuq goʻshti, nordon mevalar, turli sabzavotlar va ulardan tayyorlangan salatlar, har-xil yormalar. Suyuqlik ichish meʼyori doimgidek.
Qanday: taomnomada koʻrsatilgan barcha mahsulotlarni istalgancha tanovul qilsa boʻladi. Muhimi, tovuq kundalik taomnomangizning birinchi yarmini, qolgan mahsulotlar esa ikkinchi yarmini tashkil etishi kerak. Yaxshi natijalarga erishish uchun barcha egulik va taomlarni tuzsiz isteʼmol qiling.

Qulayligi: parhez davomida och qolmaysiz, bunda sizga taomnomadagi rang-baranglik yordam beradi. Parhez tutmay ozishni istasangiz kundalik taomnoangizni baliq, sut mahsulotlari, yogʻsiz mol goʻshti va tuxumga boyiting. Shirinliklar, qovurilgan kartoshka, mayonez, pirojki va shunga oʻxshash qovurib pishirilgan pishiriqlar, shuningdek kolbasa mahsulotlaridan voz keching.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!