🍛 Taomlar

Gazak "Nozik suluguni pishlogʻi"

1.9K marta oʻqildi
Gazak "Nozik suluguni pishlogʻi"
Nomiga munosib nozik va juda ham mazali! Chexiya oshxonasining mashhur gazaklaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga lazzat bagʻishlashi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
  • 90 gramm suluguni pishlogʻi
  • Un
  • 20 gramm non suxarisi
  • Petrushka, rayhon
  • 100 gramm pomidor
  • 1 gramm tuz
  • 10 gramm chili sousi (shirin)
  • Suv
Gazak "Nozik suluguni pishlogʻi"Tayyorlash usuli:
1. Suluguni pishlogʻini hohishingizga koʻra boʻlaklarga boʻling va unga bulang.
Gazak "Nozik suluguni pishlogʻi"2. Un va suvni aralashtirib klar tayyorlang. Pishloq boʻlaklarini klarga botiring.
Gazak "Nozik suluguni pishlogʻi"3. Petrushka bilan aralashtirilgan non suxarisiga pishloq boʻlaklarini yumalating. Pishloq boʻlaklarini oshxona sochigʻiga qoʻying.
Gazak "Nozik suluguni pishlogʻi"Gazak "Nozik suluguni pishlogʻi"4. Pomidorni mayda shaklda toʻrgʻang. Toʻrgʻalgan rayhon koʻkati va pomidorni birlashtiring. Chili sousini qoʻshing va tuz solib, aralashtiring.
Gazak "Nozik suluguni pishlogʻi"Gazak "Nozik suluguni pishlogʻi"5. Pishloq boʻlaklarini qizdirilgan yogʻda, tilla tusga kirgunga qadar qovuring (taxminan 40 soniya).
Gazak "Nozik suluguni pishlogʻi"Gazak "Nozik suluguni pishlogʻi"6. Pishloq boʻlaklarini gazak tortiladigan idishga soling. Pomidorli salatni bir chetiga soling, rayhon bargi bilan bezating. Darhol dasturxonga torting.
Gazak "Nozik suluguni pishlogʻi"Gazak "Nozik suluguni pishlogʻi"Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!