Yapon-paxta chizkeyki

Lol qoldiruvchi desert! Moʻjizaviy lazzatbaxsh va juda ham nozik. bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi juda ham oddiy, natijasi dasturxon davrasida barcha uchun manzur boʻladi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!
Kerakli masalliqlar:
1. Tvorogli pishloq, sut va saryogʻni birlashtiring. Suv xammomida bir xil massa hosil boʻlguncha aralashtiring.
2. Tuxum sarigʻi, vanilin, 1/3 shakar kukunini birlashtiring va koʻpirtiring. Sut-pishloqli massani birlashtiring. Un va kraxmalni solib, aralashtiring. Tayyor aralashmani 2 marotaba sitodan oʻtkazing.
3. Tuxum oqini bir chimdim tuz bilan yengil massagacha koʻpirtiring. Limon sharbati va qolgan shakar kukuni qismini oz-ozdan soling. Hajmini ushlab tura oladigan massa holigacha koʻpirtiring va pishloqli massaga qoʻshib, aralashtiring.
4. Pergament qogʻozi yozilgan pishirish qolipiga tayyor xamirni soling. Xamir solingan pishirish qolipini kattaroq pishirish qolipi ustiga qoʻying va issiq suv quying.
5. 150 darajada qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqa davomida pishiring. Bu vaqt oʻtib, chizkeyk solingan qolip ustini pergament qogʻozi bilan yoping. Yana 30 daqiqa davomida pishiring.
6. Belgilangan vaqt oʻtib, gaz pechini oʻchiring va 20 daqiqa gaz pechi ichida qoldiring. Soʻng, gaz pechi eshigini oching va butunlay sovuting.
7. Chizkeykni sovugandan soʻng, shakar kukuni, yalpiz va mevalar bilan bezating. Nozik va mazali desertni dasturxonga tortiq qiling.
Yoqimli ishtaxa!



Kerakli masalliqlar:
- 6 dona tuxum oqi
- 6 dona tuxum sarigʻi
- 200 ml sut
- 60 gramm saryog'
- 225 gramm tvorogli pishloq (almette, filadelfiya)
- 140 gramm shakar kukuni
- 70 gramm un
- 20 gramm kraxmal
- 6 gramm vanilin shakari
- Bir chimdim tuz
- Shakar kukuni, yalpiz bargi, oʻrmon mevalari (bezash uchun)
1. Tvorogli pishloq, sut va saryogʻni birlashtiring. Suv xammomida bir xil massa hosil boʻlguncha aralashtiring.
2. Tuxum sarigʻi, vanilin, 1/3 shakar kukunini birlashtiring va koʻpirtiring. Sut-pishloqli massani birlashtiring. Un va kraxmalni solib, aralashtiring. Tayyor aralashmani 2 marotaba sitodan oʻtkazing.
3. Tuxum oqini bir chimdim tuz bilan yengil massagacha koʻpirtiring. Limon sharbati va qolgan shakar kukuni qismini oz-ozdan soling. Hajmini ushlab tura oladigan massa holigacha koʻpirtiring va pishloqli massaga qoʻshib, aralashtiring.
4. Pergament qogʻozi yozilgan pishirish qolipiga tayyor xamirni soling. Xamir solingan pishirish qolipini kattaroq pishirish qolipi ustiga qoʻying va issiq suv quying.
5. 150 darajada qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqa davomida pishiring. Bu vaqt oʻtib, chizkeyk solingan qolip ustini pergament qogʻozi bilan yoping. Yana 30 daqiqa davomida pishiring.
6. Belgilangan vaqt oʻtib, gaz pechini oʻchiring va 20 daqiqa gaz pechi ichida qoldiring. Soʻng, gaz pechi eshigini oching va butunlay sovuting.
7. Chizkeykni sovugandan soʻng, shakar kukuni, yalpiz va mevalar bilan bezating. Nozik va mazali desertni dasturxonga tortiq qiling.
Yoqimli ishtaxa!



Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!