🍰 Shirinliklar

Shokoladli kopkeyk

1 daqiqa 4.7K marta oʻqildi
Shokoladli kopkeyk
Hushboʻy va nozik, ular sizni befarq qoldirmaydi! Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan oʻz oʻrnini egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
  • 100 gramm smetana
  • 60 gramm achchiq shokolad
  • 140 gramm shakar
  • 2 dona tuxum
  • 130 gramm un
  • 50 gramm kakao kukuni
  • 100 gramm smetana
  • 1 choy qoshiq qabartma
Krem uchun:

  • 50 gramm tvorogli pishloq (almette, filadelfiya)
  • 80 gramm saryog'
  • 80 gramm shakar kukuni
  • 80 gramm achchiq shokolad

Shokoladli kopkeykTayyorlash usuli:
1. Birinchi navbatda kopkeyk xamirini tayyorlang. Boʻlaklarga boʻlingan shokolad va mayda kesilgan saryogʻni birlashtirib, eriting. Mikratoʻlqinli pech yoki suv xammomida.
Shokoladli kopkeyk2. Eritilgan saryogʻli massani 5 daqiqaga xona haroratida qoldiring.
Shokoladli kopkeyk3. Shakarni soling va shakar eriguncha aralashtiring.
Shokoladli kopkeyk4. Tuxumni soling va aralashtiring.
Shokoladli kopkeyk5. Smetanani soling.
Shokoladli kopkeyk6. Un, kakao, qabartma aralashmasini oz-ozdan shokoladli massaga qoʻshib, xamir qoring.
Shokoladli kopkeyk7. Bir xil konsistensiya hosil boʻlguncha aralashtiring. Natijada quyuq massa hosil boʻladi.
Shokoladli kopkeyk8. Tayyor xamirni maxsus kopkeyk qolipiga solib chiqing. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishiring, sovuting.
Shokoladli kopkeyk9. Bu vaqt mobaynida kremni tayyorlang. Krem uchun kerakli masalliqlarni tayyorlang.
Shokoladli kopkeyk10. Shokoladni eriting. Saryog' va tvorogli pishloqni koʻpirtiring.
Shokoladli kopkeyk11. Shakar kukunini soling va aralashtiring.
Shokoladli kopkeyk12. Eritilgan, sovuq shokoladni qoʻshing va koʻpirtiring.
Shokoladli kopkeykShokoladli kopkeyk13. Tayyorlangan krem bilan kopkeyklarni bezab chiqing. Mazali va nozik kopkeyklarni dasturxonga torting.
Shokoladli kopkeykYoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.