🍰 Shirinliklar

Malina-shokoladli tort

1 daqiqa 2.9K marta oʻqildi
Malina-shokoladli tort
Huddi orzudagidek desert tayyor boʻladi. Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
  • 4 dona tuxum
  • 100 gramm jigarrang shakar
  • 2 osh qoshiq shakar
  • 75 gramm un
  • 25 gramm kakao kukuni
  • 75 ml apelsin sharbati
  • 400 gramm malini mevasi
  • 5 osh qoshiq malinali jele
  • 250 ml qizil uzum sharbati
  • 1 qizil jele tort uchun
  • Taʼbga koʻra tuz
Malina-shokoladli tortTayyorlash usuli:
1. Tuxum oqdan sariqlarini ajrating. Tuxum oqlarini bir chimdim tuz bilan hajmini ushlab tura oluvchi massa shaklida koʻpirtiring.

2. Tuxum sariqlarini 100 gramm jigarrang shakar va 2 osh qoshiq issiq suv bilan bir xil massa hosil boʻlguncha koʻpirtiring.

3. Un va kakao kukunini birlashtiring. Navbat bilan tuxum sarigʻi massasiga unli aralashma va tuxum oqini qoʻshib, aralashtiring.

4. 30x40 sm hajmdagi pishirish qolipiga pergament qogʻozi yozing. Xamirni soling va tekislang. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 12 daqiqa davomida pishiring. Soʻng, sovuting.

5. Biskvit korjini pergament qogʻozidan ajrating. Apelsin sharbati bilan shimdiring. Biskvit korjini 3 qismga boʻling. Malina mevasini tozalang, yuving va suvi ajralishi uchun sitoga qoʻying.

6. Tayyor jeleni isiting va biskvitni jele bilan surtib chiqing.

7. Biskvitlarni bir-birini ustiga tering. Eng ustki qismiga malina mevasini tering. Uzum sharbati, shakar va tort uchun jeleni birlashtiring. jele qogʻozida koʻrsatilgan usul boʻyicha tayyorlang. Tayyor jeleni malina ustidan quying. Tortni 2 soatga muzlatgichga qoʻying.

8. Belgilangan vaqt oʻtib, mazali va nozik desertni yaqinlaringizga taqdim eting.

Yoqimli ishtaxa!
Malina-shokoladli tortMalina-shokoladli tortMalina-shokoladli tortMalina-shokoladli tortMalina-shokoladli tortMalina-shokoladli tortMalina-shokoladli tortMalina-shokoladli tort
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.