Lasos kremli rulet

Noanʼanaviy va nozik gazak. Mexmonlarni lol qoldiruvchi va dasturxonda oʻzining yorqin oʻrnini egallovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga maʼqul boʻladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!
Kerakli masalliqlar:
1. Tuxum oqini tuz va shakar bilan koʻpirtiring.
2. Tuxum sarigʻi, un va kraxmalni solib, extiyotkorlik bilan tez aralashtiring.
3. Pergament qogʻozi yozilgan pishirish qolipiga, xamirni solib, tekislang. 220 darajada qizdirilgan gaz pechida 8-10 daqiqa davomida pishiring.
4. Pishgan biskvitni issiq holida sochiq bilan rulet qilib oʻrang.
5. 160 gramm lasos baligʻini blender yordamida maydalang.
6. Saryog' va maydalangan lasosni mikser yordamida koʻpirtiring.
7. Rikotta pishlogʻini petrushka sharbati bilan koʻpirtiring. Maydalangan sarimsoqni qoʻshing.
8. Biskvit korjini yoying. Birinchi lasosli krem soʻng, rikottali kremini surting. Zich qilib, ruletni oʻrang.

9. Qolgan baliq qismidan yupqa boʻlaklar kesing, atirgul shaklida oʻrang. Ruletni yupqa qalinlikda kesing, baliqli gullarni rulet atrofiga terib, bezating. Mazali va nozik gazakni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!
Kerakli masalliqlar:
- 6 dona tuxum
- 100 gramm un
- 50 gramm kraxmal
- Bir chimdim tuz
- 1 choy qoshiq shakar
- 300 gramm lasos baligʻi (tuzlangan)
- 100 gramm saryog'
- 170 gramm rikotta pishlogʻi
- 1 dona sarimsoq donasi
- 1 choy qoshiq petrushka koʻkati sharbati
1. Tuxum oqini tuz va shakar bilan koʻpirtiring.
2. Tuxum sarigʻi, un va kraxmalni solib, extiyotkorlik bilan tez aralashtiring.
3. Pergament qogʻozi yozilgan pishirish qolipiga, xamirni solib, tekislang. 220 darajada qizdirilgan gaz pechida 8-10 daqiqa davomida pishiring.
4. Pishgan biskvitni issiq holida sochiq bilan rulet qilib oʻrang.
5. 160 gramm lasos baligʻini blender yordamida maydalang.
6. Saryog' va maydalangan lasosni mikser yordamida koʻpirtiring.
7. Rikotta pishlogʻini petrushka sharbati bilan koʻpirtiring. Maydalangan sarimsoqni qoʻshing.
8. Biskvit korjini yoying. Birinchi lasosli krem soʻng, rikottali kremini surting. Zich qilib, ruletni oʻrang.
9. Qolgan baliq qismidan yupqa boʻlaklar kesing, atirgul shaklida oʻrang. Ruletni yupqa qalinlikda kesing, baliqli gullarni rulet atrofiga terib, bezating. Mazali va nozik gazakni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!