Farishtalar hozir boʻlgan janoza

Farishtalar hozir boʻlgan janoza.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Saʼlaba roziyallohu anhuning janozasida oyoq uchida yurgan ekanlar…
Saʼlaba roziyallohu anhu bir umr Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xizmatlarida boʻlgan sahobalardan edi. Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni bir yumush bilan bir joyga yubordilar. Saʼlaba roziyallohu anhu bir ansoriy yashaydigan uyning oldidan oʻtayotib, nogahon ichkarida bir ayolning gʻusl qilayotganiga koʻzi tushib, undan biroz koʻzini uzolmay qoldi. Shu payt toʻsatdan uning qalbiga vahima kirib, bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror vahiy nozil boʻlishidan qoʻrqib ketdi. U dahshat ichida Makka bilan Madina oraligʻidagi bir toqqa chiqib, u yerda qirq kunga yaqin qolib ketdi...
Bir kuni Jabroil alayhissalom Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga tushdilar va: «Ey Muhammad, Robbing senga salom yoʻllab, shunday dedi: «Ummatingdan bir kishi bir togʻning ichida Mendan (gunohidan) panoh soʻrayapti».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Umar ibn Xattob va Salmon Forsiy roziyallohu anhumolarga: «Boringlar, menga Saʼlabani olib kelinglar», dedilar. Ular Saʼlabani topib kelib, «Mana u, ey Allohning Rasuli», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Ey Saʼlaba, nima uchun mendan uzoqlashding?», dedilar. «Gunohim tufayli, ey Allohning Rasuli», dedi u. U zot: «Gunohlaringni oʻchirib yuboradigan bir oyatni aytaymi?», dedilar. U: «Ha, ey Allohning Rasuli», dedi. U zot: «Robbanaa, aatinaa fid-dunya hasana, va fil-axiroti hasana, va qinaa azaaban-naar», dedilar. Saʼlaba: «Ammo mening gunohim juda katta», dedi. U zot: «Allohning kalomi barcha narsadan ulug‘ va kattadir», dedilar va uni uyiga qaytishga buyurdilar.
Oradan sakkiz kun oʻtgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga: «Yuringlar, Saʼlabaning oldiga boramiz», dedilar. Saʼlabaning oldiga kirib, uning boshini muborak tizzalariga qoʻydilar. Ammo Saʼlaba Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tizzalaridan boshini shartta koʻtarib oldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Nega boshingni tizzamdan olding?» deb soʻradilar. U: «Chunki bu bosh gunohlarga toʻladir», dedi. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: «Ahvoling nechuk?» dedilar. U: «Suyagim, etim va terim orasida chumolilar yopirilib kelayotganday», dedi. U zot: «Nima istaysan?», dedilar. U: «Robbimning magʻfiratini», dedi.
Shu payt Jabroil alayhissalom kelib, shunday dedilar: «Ey Muhammad! Robbing senga salom yoʻllab, «Agar bu bandam Menga yer yuzi toʻla gunoh bilan kelsa ham, Men unga oʻshancha magʻfiratim bilan yuzlanaman», deyapti».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni Saʼlabaga aytgan edilar hamki, Saʼlaba qattiq qichqirib, behush yiqildi. Uning joni uzilgan edi…
Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni yuvib, kafanlashga buyurdilar. Janozani oʻqib boʻlgach, oyoq uchlarida yura boshladilar. Dafn tugagach, u zotga: «Ey Allohning Rasuli, nima uchun boya oyoq uchida yurdingiz?», deb soʻrashdi. U zot shunday dedilar:
«Meni haq ila yuborgan Zotga qasamki, Saʼlabani janozasiga hozir boʻlgan farishtalar koʻpligidan oyogʻimni yerga toʻliq bosa olmadim».
Maʼrifatis Sahoba kitobidpn

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!