Izzat – Islomdadir!

Tarix kitoblarida hazrati Umarning (r.a.) fath etilgan Quddus shahriga kirib borishlari shunday tasvirlangan: Quddusliklar «xalifangiz kelsagina shaharni sizlarga topshiramiz», deyishadi. Hazrati Umar (r.a.) bir tuya, bir xizmatkor bilan Madinadan Quddusga ravona boʻladilar. Kamtarlikni qarang. Dunyoning yarmini boshqarib turgan amir xohlaganida arkoni davlat bilan, asʼasayu dabdaba bilan yoʻlga chiqqan boʻlardi. Ammo uning xizmatkordan boshqa kuzatuvchi yoʻq, qoʻriqchisi yoʻq, qilich-qalqon, oʻq-yoy yoʻq.
Adolatli Umar (r.a.) xizmatkor va oʻzlari navbat bilan tuyaga minib borishaverdi. Quddusga yaqinlashganlarida shahar ahli «xalifa kelyapti», deb darvoza kalitlarini topshirish uchun uning istiqboliga chiqadi. Shunda tuyaga minish navbati xizmatkorda edi. U tuyada, xalifa esa piyoda kelyapti. Bir joyda xalifa Umar (r.a.) suvdan kechish uchun pochalarini shimarib oladi. Endi bir tasavvur qilib koʻring: «Islom oliy davlatining bosh rahbari yalang oyoq, bosh yalang, pochalari shimarilgan holda magʻlub shaharga kirib borayotir... Quddusni qamal qilgan Islom lashkarining bosh qoʻmondoni bu koʻrinishdan xijolat boʻlib, xalifaga taʼna qiladi:
– Ey Umar (r.a.), ayb boʻldi, bu holdan biz uyalamiz.
Hazrati Umar uning koʻksiga bir urib:
– Yoʻqol koʻzimdan! Agar shu soʻzingni oldinroq aytsayding, vazifangdan olib tashlardim. Izzat – Islomdadir, qiliq-qiyofada emasdir! – dedilar.
Baridan voqif
Umar (r.a.) xalqqa eʼtiborli, zaiflarga yaxshilik qiluvchi, haqiqat borasida qattiqqoʻl va odamlarning barini barobar koʻradigan xalifa edilar. Umar (r.a.) odamlarga berish uchun oʻzlarini mahrum qilar va ular toʻyishlari uchun och qolar edilar. Odamlarning uylaridan, manzillaridan xabardor boʻlib turardilar.
Bir kuni bozorda sadaqa soʻrayotgan qariyani koʻrdilar va: «Ey shayx, nima qilayapsan?» deb soʻradilar. Qariya: «Men yoshi ulug‘ qariyaman, yordam va nafaqa soʻrayapman», dedi. U Madina axolisidan boʻlgan yahudiy edi. Umar (r.a.) buyuk insoniy xislat egasi edilar. Shundan unga: «Ey shayx, biz senga insof qilmadik. Oʻshligingda sendan jizya olib qariganingda tashlab qoʻydik», dedilar-da, uning qoʻlidan ushlab uyiga olib bordilar. Unga zarur miqdorda oziq-ovqat tayin etdilar va Baytulmol xazinachisiga: «Bu va bunga oʻxshashlarning oʻzi va ahliga yetarli miqdorda mablag‘ ajrat», deb odam yubordilar.
* * *
Bir marta Umar (r.a.) Madina koʻchalarida yurgandilar, ozgʻinlikdan toʻzib ketgan qizchani koʻrib qoldilar. Qiz bir turar, bir yigʻilardi. Shunda Umar (r.a.): «Bu qizaloqning aybi nima?! Gunohi ne?! Qaysi biringiz bu qizchani taniysiz?» dedilar. Oʻgʻillari Abdulloh: «Tanimadingizmi, ey moʻminlarning amiri?» deganda, u kishi: «Yoʻq», dedilar. Abdulloh aytdilar: «Bu – qizlaringizdan biri!».
– Bu qaysi qizim?
– Umarning oʻgʻli Abdullohning qizi Falona.
– Essiz, uning bu holga tushishida nima sabab boʻldi?
– Sizdagi narsa bundan toʻsib qoʻydi.
– Allohga qasamki, menda musulmonlarnikichalik haqqingdan boshqa narsa yoʻq. Bu men va sizning oʻrtangizdagi Allohning kitobi (farzi)dir.
* * *
Madinaga tijoratchilar karvoni keldi. Unda ayollar va bolalar ham bor edi. Umar (r.a.) Abdurahmon ibn Avfga (r.a.): «Bu kecha ularga qoʻriqchilik qilamizmi?» dedilar. Ularni qoʻriqlab kech kiritishdi. Alloh farz etgan namozlarini oʻqishdi. Shunda Umar (r.a.) bir goʻdakning yigʻisini eshitdilar va u tomon yurdilar. Uning onasiga: «Allohdan qoʻrq, bolangga yaxshi qara», dedilar, soʻng oʻz oʻrinlariga qaytdilar.shunda yana yigʻi ovozini eshitib, onasiga: «Allohdan qoʻrq, bolangga yaxshi qara», dedilar-da , joylariga qaytdilar. Vaqtiki, tun oxirlagandi, yana uning yigʻisini eshitdilar. Onasiga borib: «Hayf senga, yaxshi ona emas ekansan! Oʻgʻlingga nima boʻldi, kechadan beri tinchimaydi?» dedilar. Onasi u kishini moʻminlarning amiri ekanliklarini bilmay: «Ey Allohning bandasi, u kechadan beri meni bezor qilib yubordi, men uni koʻkrakdan chiqarishga majburlayman, u esa koʻnmaydi», dedi. Umar (r.a.): «Nima uchun?» deb soʻradilar. U aytdi: «Chunki Umar koʻkrakdan chiqqan bolalargagina nafaqa belgilaydi (yaʼni, farzandlari koʻkrakdan chiqqan otalargagina haq beradi). Umar (r.a.): «Buning yoshi nechada?» dedilar. U: «Mana shuncha oylik», deb aytdi. Umar (r.a.) esa: «Essiz unaqa shoshmagin», dedilar-da bomdod namozini oʻqidilar. Yigʻining kuchliligidan qiroatlari odamlarga eshitilmadi. Shunda salom berib dedilar: «Ey baxtsiz Umar, qancha musulmon farzandlari halok boʻldi...» Soʻng bir munadiyga: «Goʻdaklaringizni koʻkrakdan chiqarishga shoshilmanglar. Biz Islomda tugʻilgan har bir goʻdak uchun (haq) belgilaymiz», deb nido qilishga buyurdilar. Bu bilan hamma tomonga chopar yuborildi.
Faqir hokim
Hazrati Umar (r.a.) Said ibn Omir al-Jumahiyni Ximsga voliy qilib tayinladi. Uni safarga joʻnatish oldidan huzurlariga chaqirib:
– Ey Said, mana voliy boʻlib ketyapsan, senga qancha maosh ajratay? - deb soʻradilar xalifa.
Said ibn Omir talmovsirab qoldi. U amirning oʻzi juda oz maoshga qanoat qilib yurganini, uyida koʻpda qozon qaynamasligini, kiyimida bir necha yamoq borligini eshitgandi. Shuning uchun xijolat boʻlib:
– Ey amiral moʻminin, men maoshni nima qilaman? Baytul-moldan berib turiladigan nafaqa (yaʼni, kiyim va ovqat)ning oʻzi yetadi, - deb javob qaytardi va Ximsga joʻnab ketdi.
Said Ximsda voliylik qilib tayinlanganidan keyin bir oz vaqt oʻtgach, Umar ibn Xattob (r.a.) bir guruh ishonchli kishilar bilan Ximsga keldilar. Maqsad – voliyning ishi bilan tanishmoq, kamchiliklarini tuzatmoq, adolatsizlik qilgan boʻlsa, tanbeh bermoq edi. Xalifa xalqning hayoti bilan tanishish, muhtoj va miskinlar boʻlsa, ularga yordam koʻrsatish uchun bechora-faqir kishilarning roʻyxatini olishga buyurdilar. Roʻyxat tuzildi. Uni koʻrayotgan Umar (r.a.) roʻyxatning avvalida «Said ibn Omir» ismiga nogoh koʻzlari tushib, atrofdagilardan soʻradilar:
– Kim bu?
– Bizning voliyimiz...
– Iye, u ham faqirlar qatoridami? - hayron boʻlib soʻradilar xalifa.
– Ha, judayam faqir. Vallohi, uning uyida oylab oʻchoqqa oʻt gʻalanib, ovqat pishirilmaydi.
Bu gaplarni eshitib, hazrati Umar (r.a.) yigʻlab yubordilar. Bu qandoq moʻminki, oʻzi voliy boʻlaturib, boy bir oʻlkaning hukmdori boʻlaturib, oʻzi kambagʻallarcha turmush kechirsa, Baytul-moldan yegulik olishga haddi siQmasa. U-ku bir voliy ekan, butun Islom olamining xalifasi hazrati Umarning (r.a.) oʻzlari-chi? Uning ham xonadonida uncha-munchaga qozon qaynamaydi, egnidagi xirqasining bir necha yamogʻi bor. Musulmonlikning, moʻminlikning qismati shundoq. Voliysi ham, xalifasi ham, olimi ham, fozili ham sabr-qanoatda, tamkin-itoatda bir-biridan oʻzishga harakat qiladi.
Hazrati Umar (r.a.) shundan keyin voliyning vakillariga ming dinor berib tayinladilar:
– Mendan Saidga salom aytinglar. Mana bu pullarni amiral-moʻminin muhtojlikdan qutilishing uchun berib yubordi, deb aytinglar.
Umar ibn Xattob (r.a.) yuborgan xaltachani vakillar Said ibn Omirga keltirib berishdi. Voliy hayron boʻlib ochib koʻrdi. Qarasa, ichi toʻla dinor... Shunda u boshiga ogʻir kulfat tushgan odamday, istirjo aytdi: «Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun». Xaltachani chetga surdi, kayfiyati buzildi, yuragi siqildi. Oxiri barcha dinorni mayda xaltachalarga solib taqsimladi va hammasini musulmonlarga tarqatib, tinchidi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!