Endigina olti yoshga toʻlgan oʻgʻlimning

Endigina olti yoshga toʻlgan oʻgʻlimning berilib rasm chizayotganini koʻrib qiziqqancha yoniga bordim:
-Oʻgʻlim nimaning rasmini chizyapsan?
-Sizni, oyimni va oʻzimni, — nigohlarini menga qadadi u.
Suratga ahamiyat bersam, oʻzining va mening koʻksimga yurak chizgan va negadir ularni qora rangga boʻyagandi.
-Oʻgʻlim, yurak qizil rangda boʻladi. Mana bu qalam bilan ranglash kerak edi.
-Buni bilaman.
-Unda nega qora rangga boʻyading?
U menga aybdorona boqib, gapirishda davom etdi:
-Buvimning aytishicha, boshqalarni yigʻlatgan odamlarning yuragi qora boʻlarkan. Siz kecha oyimni yigʻlatdingiz-ku?
Jajjigina oʻgʻlimning soʻzlaridan kechagi dilxiralik yodimga tushib ketdi. Jahlimga erk berib qilgan ishmdan oʻz oʻgʻlim oldida uyalib qoldim. Shunday boʻlsada gapni hazilga burdim:
— Unda seniki nega qora? Yoki sen ham biror qoʻshni qizni yigʻlatdingmi?
-Yoʻq men hech kimni yigʻlatmadim. Shunchaki! Oʻzingiz doim aytasizku, «Sen xuddi menday boʻlishing kerak» deb. Shunga…
Oʻzi bilib bilmay dadasiga saboq berib qoʻygan farzandimni bagʻrimga bosar ekanman, etim jimirlab ketdi. Boʻgʻzimni kuydirib, bir jumla otilib chiqdi:
-Otangga oʻxshama, oʻgʻlim…

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!