📖 Hikoyalar

Seni ham dadang olib bersin...

1 daqiqa 2.7K marta oʻqildi
Seni ham dadang olib bersin...
- Seni ham dadang olib bersin...
Bu gap kichik Hadichaga qattiq tasir qildi. Qurʼon kitobi yoʻqligi uchun oʻrtogʻini Kitobini soʻrab turgandi.

Onasiga sekin aytdi:
- Qurʼon olib bering, deb.
Yolgʻiz ona Oisha oʻylanib qoldi. Harajat uchun saqlab yurgan puli ham yetmas ekan sakson ming puli bor xolos...

Joynamozda Allohdan soʻrab, koʻzida yosh bilan uxlab qoldi. Tushida Imom Buxoriy hazratlarin koʻrdi. Qoʻllarida koʻp kitob bilan yonidan oʻtib ketdilar. Oldilarida esa... Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ketyaptilar. Oisha yugurib Rasulullohni quchoqlab bir soʻz deya olmay faqat yigʻlab, ichida:
«Yo, Rasululloh! Imom Buxoriyga ayting, bitta Qurʼonidan bersinlar», deb xayolidan oʻtkazdi....

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oishani yelkasini silab: «Sabr, sabr, sabr», dedilar va kulib: «Sizdek ayollarga mukofotlar bor» -dedilar.

Oisha uygʻonib, pulni olib Shahrixonga, kitob doʻkoniga keldi.
Qizchasi Hadicha doʻkonga kiriboq bir Qurʼonni ushlab:
- Shuni olaylik, dedi.
Oisha doʻkonchi yigitga salom berib, ming xijolatda:
- Bizni bor pulimiz shu, telefonim mana, iltimos pulini uch marta uzib toʻlashga bering, dedi.

Doʻkonchi qizchaga hayrat bilan qarab:
- Ismingiz Hadichami? - dedi.
Qizcha:
- Ha, dedi.
Yigit yigʻlab, qizchani qoʻlini yuziga surtib:
- Doʻkonimdagi hamma kitoblar sizga boʻlsin. Siz sabab kechqurun Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam tushimga kirib
«Hadichamiz keladi, Qurʼon ber», dedilar,
deb hayajonda titrab:
- Nima kerak qizim yana, ayting, dedi.

Hadicha hozir Qurʼonini oʻqiyapti...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!