📖 Hikoyalar

Boyoʻgʻlining ikki savoli

6.7K marta oʻqildi
Boyoʻgʻlining ikki savoli
Sulaymon alayhissalomning xotini tovus patidan koʻshku ayvon qurib berishni soʻrabdi. Malikaning iltimosini rad qila olmagan paygʻambar barcha qushlarning boshliqlarini bir yerga toʻplab, maslahat qilibdi.
Boyoʻgʻli majlisga kechikib kelibdi. Sababini soʻraganida u shunday javob qilibdi:
- Ikki masalaning yechimini topish bilan band edim, shunga kechikdim.
- Qanday masalalar ekan ular?
- Birinchisi: bu zamonda oʻlik koʻpmi yoki tirik?
- Seningcha qaysi biri koʻp ekan?
- Oʻlik koʻp, chunki tongda ibodatga turmay gʻaflat uyqusida yotganlar ham oʻliklar qatoriga kiradi.
- Xoʻsh, ikkinchi masala nima ekan?
- Dunyoda xotin koʻpmi yoki erkak?
- Qaysi biri koʻp ekan?
- Xotin koʻp, chunki xotinining yetovida yuradiganlar ham shu hisobga kiradi, - deb boyoʻgʻli.
Bu gapni eshitgan paygʻambar hech narsa demay, majlisni tarqatib yuboribdi.

"Koʻhna dunyo va rivoyatlari" kitobidan.

Bu juda keng kamrovlik rivoyat bulib xozirgi kunda ayollarni bemani xavasi kim uzarga uz nafslari ustun kuyib. Xojalarini kiynab uni kilamiz buni kilasiz deb kup isrofgarchilika yul kuyishyapdi. Xak Taolo aytadi yenglar ichinglar ammo isrofgarchilik kilmanglar barcha narsaning miyori yaxshi deb marxamat kiladilar.
Dunyo xayotingizda barcha narsaning xisobi bor kabi oxiratda xam shu narsalar ustidan suralursizlar Inshaollox...!!!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!