📖 Hikoyalar

Moʻminning qabri (Ibrat)

3K marta oʻqildi
Moʻminning qabri (Ibrat)
Bir moʻmin kishi vafot etibdi. Qabrda qoʻrqib yotsa bir ovoz eshitilibdi. -Ey,banda umringda biron zakot berganmisan? Odam - yoʻq men axir juda kambagʻal edim. Yana ovoz eshitilibdi, Quron oʻqidingmi xayotda? -yuk men besavod edim afsus. Izingda duo qiladigan va duosi yetib turadigan farzand tarbiyaladingmi?yoʻq men befarzand edimku yo Rab deb mumin yigʻlay boshlabdi. Qabr juda daxshatli ekan, moʻmin endi doʻzaxda kuyadigan boʻldima deb yotsa, qabr nurga toʻlibdi va unga bir tarnov tushirilibdi. Tarnovdan sharbat oqa boshlabdi. Moʻmin e Xudo bu neʼmat nima uchun deb soʻrasa;

- Bir paytlar yoʻlda oʻsib yotgan tikonlarni chopib tashlab savob ogan ekansan..
-deb ovoz eshitibdi. Yana bir tarnov tushib undan ham sharbat oqa boshlabdi. Odam xayron boʻlib tursa
- Bir paytlar koʻprik qurib yotgan ustalarga bir chelak suv bergan ekansan..
- deb ovoz eshitibdi. Uchinchi tarnov tushib ovoz aytibdi.
-Bu bir payt oyogʻiga tikon kirib yiringlab yotgan itdan hazar qilmay davolagan ekansan ana shu savoblaring uchun debdi
va qabrini yorug‘ va hushbuy hidlarga toʻldirib qoʻyibdi! Ha bu dunyoda qilingan yaxshiligu yomonliklarni u dunyoda albatta javobi bor. Shuning uchun doimo yaxshilik qilish kerak..ekan........
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!