Kuyovining javobidan yigʻlagan qaynota

Marv shahri qozisi, qizining boʻyi yetib qolganini sezib, unga mos kuyov qidira boshladi.
Har kuni eshigini sovchilar taqillatib kelar, lekin qozi janoblari shoshilmasdi. Chunki soʻrab kelganlarning hech qaysi biri u kishining didga mos tushmasdi.
Kunlarning birida qozi tush koʻradi. Tushida qizini “Muborak” degan gʻulomiga nikohlab berishi aytiladi.
Lekin buni ham paysalga solib yuradi. Tush ham qayta-qayta koʻrilavergach, gʻulomini zimdan kuzata boshlaydi. Bir oz vaqt oʻtib uning solih inson ekaniga, xayrli kuyov boʻlishiga ishonch hosil qilganidan keyin bu fikrini yoru doʻstlariga, yaqinlariga maʼlum qiladi. Ayrimlari boy-u badavlat, yanada munosibroq oilalar borligini bildirib, bu ahdga rozi boʻlmagan esa-da, qozi qarorida qatʼiy turadi.
Shunday qilib, qozi qizining ham roziligini olib, yoshlarning boshini qovushtirib qoʻyadi.
Nikohdan keyin bir oy oʻtib, qozi qizidan xabar olish niyatida uning uyiga boradi. Qizi otasining kelganidan xursand boʻladi, biroq kichkina muammo borligini maʼlum qilib: “Otajon, kuyovingiz juda ham yaxshi. Ammo haligacha roʻmolimini boshimdan olgani yoʻq, nikohimizdan buyon mendan uzoq yuradi. Sababini bila olmadim: yediradi, ichiradi, juda ham mehribon, faqat qoʻlini qoʻlimga tekkizmaydi”, deydi.
Qozi bu gapdan hayron boʻlib kuyovini chaqirib, sekingina buning sababini soʻraydi va kuyovining javobini eshitganidan soʻng yigʻlab yuboradi. Koʻzining nuri qizini oʻzi istagan odamga uzatganiga sevinib shukrlar keltiradi.
Kuyov odob saqlagan holda qaynotasiga bunday deydi: “Otajon, siz katta shahar qozisisiz. Oldingizda turli odam kelib-ketadi, uyingizga ham turli hadyalar yuborishadi. Alloh taoloning menga bergan omonati va hadyasi boʻlgan qizingiz oʻsha shubhali narsalardan yeb qoʻygandir deb andisha qildim. Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tanadagi harom luqma taʼsiri faqat qirq kunda ketishi haqidagi soʻzlarini oʻrgangan edim. Hurmatga sazovor ayolimni qirq kun peshona terim bilan topgan halol luqma bilan boqishni xohladim, toki Alloh nasib etib, tugʻilajak farzandlarimiz ham solihlardan boʻlsin”.
#XADIS
“Anas roziyallohu anhu aytadilar: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: “Ey Allohning Rasuli, meni duosi qabul boʻladiganlardan qilib qoʻying”, dedim. U zot: “Ey Anas, kasbingni pok qilgin, duoing qabul boʻlur. Chunki bir odam ogʻziga bir luqma haromni solsa, qirq kungacha duosi ijobat boʻlmaydi”, dedilar” (📚Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy va Imom Nasoiy rivoyatlari)

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!