Oʻlmay turib koʻmilgan singlim!

Singlim Nozimaning yuragi bolaligidan vaqti-vaqti bilan huruj qilib turardi. Uni doimiy ravishda tekshirib turadigan shifokor: «Yuragidagi hastalik tugʻma, unga davo yoʻq. Ammo doimiy muolaja va yahshi eʼtibor tufayli kasallik zoʻrayib ketmasligiga erishsak, umrini uzaytirishimiz mumkin, holos» degandi. Shuning uchun xam onam uni xech qachon yolgʻiz qoʻymas, muolajalarini kanda qilmas, xatto tunlari xam uni oʻzi bilan birga olib yotardi. Biror ish bilan band boʻlib qolganida esa uni yolgʻiz qoldirmasligimizni tayinlardi. Singlimning oʻzi xam yolgʻiz qolishni istamas, koʻpchilik boʻlib oʻynashni hush koʻrardi. Maktabga muntazam yubora olmasdik. Tez-tez kasal boʻlgani sabab sinf raxbari oʻqituvchilarni uyimizga yuborib turardi.
Nozima ana shu zaylda ulgʻaydi. U 17 yoshga kirganida koʻrinishidan shunchalar sogʻlom va tetik ediki, koʻrgan kishining xavasi kelar va uning kasal ekanligiga xech kim ishonmasdi.
Tashqaridan qaraganda, sogʻlom va baquvvat, boz ustiga chiroyli singlimni soʻrab, honadonimizga sovchilar kela boshladi. Ammo shifokorlar ota-onamga: «Qizingiz turmushga chiqishi mumkin, biroq farzand koʻra olmaydi», deyishgani bois kelgan sovchilarga rad javob berilardi.
Shunday kunlarning birida singlim maktabdagi bitiruv oqshomiga tayyorgarlik koʻrayotgan sinfdosh oʻrtoqlari bilan maktab faollar zalida qolishni soʻradi. Onam uning raʼyini qaytarmadi, ammo unga eng yaqin dugonasini biriktirib qoʻydi. Sinfdoshlarining biri qoʻshiq kuylar, biri sheʼr aytar, boshqa bir guruxi esa qiziqarli saxna koʻrinishi tayyorlayotgandi. Singlim esa raqsga tushishni oʻz zimmasiga olibdi.
Hullas, shu kun keldi. Maktabda soʻnggi qoʻngʻiroq boʻlyapti. Maktab xovlisi oʻquvchi, oʻqituvchi va ota-onalar bilan liq toʻla. Bitiruvchilar birin-ketin tayyorlagan qoʻshiq, raqslari va saxna koʻrinishlarini namoyish eta boshladilar. Kutilmaganda maxzun, ammo juda yoqimli kuy taraldi. Singlim raqqosalar libosida davraga chiqib keldi. U raqsni shunchalar berilib ijro etdiki, tadbirga kelganlarning barchasi lol boʻlib qoldi. Yonimda turib singlimni kuzatib turgan onajonim esa quvonchdan yigʻlab yubordi. Singlimning yuzi bahtiyorlikdan yal-yal yonar, koʻzlari esa quvonchdan porlab turardi.
Tushga yaqin uyga qaytganimizda xam singlimning xayajoni bosilmagan, bayram yahshi oʻtganini, oʻzi xam yayrab raqsga tushganini takror va takror gapiraverardi. Goʻyo bir laxza ichida u butunlay sogʻayib ketgandek edi.
Nozimaning quvonchi uzoqqa bormadi. Tushdan keyin, soat ikkilarda tobi qochib qoldi. U qattiq xansirar va zoʻrgʻa nafas olardi. Zudlik bilan «Tez yordam» chaqirdik. Singlim esa xushidan ketdi. Qanchalik urinmaylik, oʻziga kelmadi. «Tez yordam» mashinasida kelgan shifokor singlimizni tekshirib koʻrgach, xammamizni larzaga keltiradigan habarni aytdi: «Qizingizga endi yordam bera olmaymiz… Bandalik ekan, sabrli boʻlinglar!» Xammamiz dod solib qolaverdik.
Yoz endi boshlangan boʻlsa-da, kun juda issiq, goʻyo butun olam otash boʻlib yonardi. Shu sababli xam qishloq oqsoqoli ota-onamga «Mayitni ertaga qoldirib boʻlmaydi, tezroq tayyorgarligingizni koʻring», dedi. Nozimani soʻnggi manzilga kuzatib qaytayotganimizda esa xayot goʻyo toʻhtab qolgandek edi.
Toʻngʻich akam Saloxiddin singlimni juda yahshi koʻrardi. Unga mexri boʻlakcha edi. Ayriliq unga qattiq azob berayotgani bois tuni bilan mijja qoqmay, xovlida yurib chiqdi va tong otar-otmas, shoshilgancha qabristonga borib kelishini aytib, chiqib ketdi. Lekin ketganiga ancha vaqt boʻlganiga qaramay, xaligacha undan darak yoʻq edi.
Telefon qilsak, qoʻl telefoni xam oʻchiq. Otam havotirlanib: «Biroving qabristonga borib kel! Akang bora solib qaytaman, degandi-ku?!» dedi. Men boshqalarni kutib xam oʻtirmay, zudlik bilan qabristonga joʻnadim.
Qabriston jimjit, faqat singlimning qabri oldida kimdir kuymalanardi. Yugurib borsam, akam bexush yotibdi, qabriston qorovuli esa uni oʻziga keltirishga urinardi. Men xam yordamga shoshildim. Akam birozdan keyin oʻziga keldi, ammo hayoli parishon edi. Koʻzlarini bir nuqtaga qadagancha: «Bilmay qolibmiz, seni tiriklay koʻmibmiz, bizni kechir, singiljon, shoshib qolibmiz!» deya zoʻrgʻa pichirlardi.
U bilan ovora boʻlib, eʼtibor bermagan ekanman. Akam tikilib turgan tomonga qaradim-u, xaykaldek qotib qoldim. Singlimning qabri ochilgan. U oʻralgan kafan chala ochiq, bir qoʻli esa kafandan tashqarida yotardi. U yotgan joyidan bor tanasi bilan yonboshiga oʻgirilgan, koʻzlari yarim ochiqligicha qotib qolgandi. Butun badanim chumoli oʻrmalagandek jimirlab ketdi, ammo oʻzimni qoʻlga olishga urindim. Chunki akamning axvoli juda yomon, uni bu erdan olib ketmasam, oʻlib qolishi xech gap emasdi. Qoʻlimga telefonimni olib, ikkinchi akamga qoʻngʻiroq qilib, unga qabristonga mashina bilan kelishini tayinladim. Keyin qorovul yordamida singlimning kafanini toʻgʻrilab qoʻydim.
Akam birpasda etib keldi va katta akamni birgalashib mashinaga oʻtqazdik. Qorovuldan esa vaziyatni otam va oqsoqollarga yetkazib, qabr masalasini xal qilishini soʻrab, u erdan ketdik.
Kasalhonaga etib borgunimizcha Saloxiddin akam yana xushidan ketdi. Shifokorlar voqea tafsilotini eshitgach: «Bu shunchaki stress xolat. Akangiz yahshilab dam olishi lozim. Uni bezovta qilish, oʻziga keltirishga urinish havfli», deyishdi. Bu orada ota-onam va boshqa qarindoshlarimiz xam kasalhonaga etib kelishdi.
Bir jigarimizdan ayrilib, ado boʻlayozgandik. Akamning tuzalib ketishini Hudodan tilab, kutishdan boshqa ilojimiz yoʻq edi.
Qabriston qorovuli otam va oqsoqolga boʻlib oʻtgan voqeani batafsil aytib bergan ekan, koʻpni koʻrgan oqsoqol: «Sal shoshibmiz-da, qizingiz oʻlmagan, balki, klinik oʻlim xolatiga tushib qolgan ekan, shekilli», debdi.
Qorovuldan keyinchalik bilsak, voqea bunday boʻlgan ekan: Saloxiddin akam qabr boshiga borib fotixa oʻqiyotganda, qabr ichidan ovoz eshitilibdi. Qoʻrqib ketgan akam duoni tugatishi bilan orqaga qaytibdi. Uning rangi oʻchib, qora terga tushgancha qaytayotganini koʻrgan qorovul: «Nima gap, oʻgʻlim?» deb soʻrasa, akam: «Shunchaki, qoʻrqdim, shekilli. Qabr ichidan ovoz eshitilganday boʻldi», debdi. Qorovul esa bu ovoz kechadan buyon tinmaganini, tonggacha unga uyqu bermaganini aytibdi.
Buni eshitgan akam yugurgancha singlimning qabriga boribdi va shosha-pisha qabrni ochishga urinibdi. Qorovulning xayxaylashiga qaramay, kechagina koʻmilgan emasmi, tuproqni osonlikcha xar tomonga olib tashlabdi. Qabr ochilganda esa akam singlimizni boya men tasvirlagan xolatda koʻrib, xushini yoʻqotibdi… Saloxiddin akamning bir umrga odamovi boʻlib qolishiga sabab boʻlgan oʻsha mashʼum voqeani xamon unuta olganimiz yoʻq.

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!