📖 Hikoyalar

Oʻlim tilamang...

6.6K marta oʻqildi
Oʻlim tilamang...
Bir marosimda uch-toʻrt kishi u yoqdan bu yoqdan gaplashib oʻtirardik. Ichimizda kimdir yonidagiga choy uzatarkan:
“Oʻrtoq, qizingni uzatibsan, endi oʻgʻlingni xam uylantirarsan?”, dedi.
Piyolani olarkan, u: “Yoʻq, oʻgʻlim xali uch yil oʻqishi kerak. Bu yoqda joy muammosi xam bor. Bilasan onamiz, toʻqsondan oshdilar. U kishi bandalikni bajo keltirsalar, kelinni kampirni uyiga tushiraman”, dedi. Esim ogʻib qoldi.

“Onasi oʻlganidan keyin toʻy qiladigan” kishi yoshlari ellikdan oshgan, oliy maʼlumotli, yurt koʻrgan boobro' kishi boʻlganidan salobati bosdimi, hech birimiz churq etolmay qoldik. Buni qarangki, shu honadonda aytilganidek uch yildan keyin toʻy boʻldi. Yangi kelin kampirning uyiga emas, qaynotasining uyiga tushdi. Chunki bir yil muqaddam yurak hurujidan vafot etgan oʻgʻlining oʻrniga kampir nevarasini uylantirgan edi…
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.
Hikoyalar

Bahtli boʻlish siri

17-avgust, 20183.1K