📖 Hikoyalar

Tugʻilmagan bolalar suxbati

3 daqiqa 3.8K marta oʻqildi
Tugʻilmagan bolalar suxbati
Tugʻilmagan bolalar suxbati: — Ular meni nobud qilishga qaror qilishganida, yigʻlab, qaqshadim, ammo eshitishmadi. Badanimga tekkan metal juda sovuq ekan. Ogʻrigʻi xam yomon boʻlarkan. Oyoq-qoʻlimni kesayotganlarida… ularning menga raxmlari kelmadi. Onam esa faqat unsiz yigʻladi, holos

Jannat. Yorugʻlikka burkangan goʻshaning oppoq belanchaklarida suxbatlashib oʻtirgan chaqaloqlarning qiqir-qiqir kulgilari, shoʻh-shodon ovozlari dilbar shabada bilan chambarchas boʻlib ketgan bir pallada, diqqatlarini xozirgina belanchagiga yarim oqsab, yarim emaklab kelib yotgan chaqaloq boʻldi. Xammasi birdaniga uni oʻrab olishdi.
— Nima boʻldi?
— U yoqda boʻldingmi?
— Er yuzi qanday ekan?
— Odamlarchi?
— Gapira qolsangchi endi!
Bolajonlar uni bir zumda ming hil savollarga koʻmib tashlashdi. U oldin xech narsa demadi. Egnidagi nur taratib turgan oppoq libosini echib tashladi. Uning bitta oyogʻi va ikkala qoʻli xam majrux edi. Bolajonlar birvarakayiga “ox”lab yuborishdi.
— Nima boʻldi?
— Qaytib keldim.
— Nega qaytding?
— Keragim yoʻq ekan.
— Oyoq-qoʻllaringga nima qilishdi.
U aybdorona boshini egdi. Keyin oxista gap boshladi:
— Ularga qiz bolaning keragi yoʻq ekan. Tangrim ularga meni ravo koʻrganida, ochigʻi, ular xam men kabi hursand boʻlsalar kerak, deb oʻylagandim. Qolaversa, oldin xammasi yahshi edi. Onam meni qanchalik asrab avaylar, eʼzozlardi. Otam xam nafaqat meni, balki men sabab onamni xam boshida koʻtarib yurgandi. Nazarimda, xammasi meni intizorlik bilan koʻz tikib oʻtirgandek edi. Men… juda-juda bahtiyor edim, eshityapsizlarmi, judayam bahtiyor edim.
— Boʻldi, yigʻlama, nega bunday boʻldi ahir?
— Ular meni nobud qilishga qaror qilishganida, butun umidlarim yoʻq boʻlib ketdi. Qancha yalindim, yolvordim, ammo ular eshitishmadi. Yigʻlab, qaqshadim, ammo… badanimga tekkan metal juda sovuq ekan. Ogʻrigʻi xam yomon boʻlarkan. Oyoq-qoʻlimni kesayotganlarida… ularning menga raxmlari kelmadi. Onam esa faqat unsiz yigʻladi, holos.
— Xech kim yordam bermadimi?
— Yoʻq. Bitta oppoq kiyinib olgan hola onamning boshini silab turib: “Xafa boʻlmang, singlim! Hudo hoxlasa xammasi yahshi boʻlib, keyingi gal sizga xam oʻgʻil beradi, mana koʻrasiz”, dedi.
Chaqaloqlarning bari jim boʻlib qolishdi. Oraga choʻkkan sukunat qiyomiga etganida, yana bitta qizaloq oʻrnidan turdi.
— Men bora qolay endi. Ota-onam meni intizorlik bilan kutishyapti. Nazarimda tugʻilishim bilanoq ular…
— Yoʻq, yoʻq, yoʻq! Borma uyoqqa, iltimos, — uning etagiga yopishdi boyagina dunyodan qaytgan qizaloq. – Odamlar juda yomon, ular seni xam shu koʻyga solishadi. Borma!
— Yoʻq, unday boʻlmaydi, – dedi ikkinchi qizcha. – Ular meni kutishyapti. Oʻn ikki yildan beri. Otamning xam xamma joyda yashirinib yigʻlab, onamning xam tuni bilan yigʻlab qilayotgan duolari faqat bitta: “Yaratgan Egam, marxamatingni darig' tutma bizdan, hox oʻgʻil, hox qiz boʻlsin, farzand ber!”.
U ketdi. Qolganlar uning ortidan xavas bilan termulib qolishdi.
— Odamlarga oʻgʻil bola kerak ekanda-a? – dedi bitta qizaloq.
— Buning nimasi yahshi, masalan men xam oʻgʻil bolaman. Lekin foydasi yoʻq-ku, – dedi bitta bolakay.
Chaqaloqlar yalt etib unga qarashdi.
— Nega foydasi yoʻq?
— Chunki men… — dedi bolakay va biroz gapirishga taraddudlanib turib, keyin boyagina dunyodan qaytgan qizga ishora qildi. – uning ukasiman.
— Rostdanmi?
— Xa, koʻp oʻtmay uning onasi dunyoga keltiradi meni.
— Unda nega hafasan, ahir ular oʻgʻil kutishyapti-ku.
— Xa, men tugʻilaman. Lekin… lekin yashamayman.
— Nima uchun?
— Chunki, dunyoda xamma narsaning bir badali bor, — dedi bola bir nuqtaga tikilib oʻtirib, hoʻrsinib qoʻyarkan. – Shunaqa…
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.
Hikoyalar

Bahtli boʻlish siri

17-avgust, 20183.1K