📖 Hikoyalar

Bahtli boʻlish siri

2 daqiqa 3.1K marta oʻqildi
Bir kishining oʻgʻli boʻlib, u: “Men bahtsizman”, deb takrorlayverardi. Ota bahtli boʻlish sirini bilib kelish uchun oʻgʻlini davrining eng katta donishmandi xuzuriga yubordi. Yigit choʻlda qirq kun yoʻl bosib, koʻzlagan manziliga – tepalik ustidagi xashamatli saroyga etib bordi. Ichkariga kirib qarasa, donishmandning xuzuriga kelganlar juda koʻp boʻlib, ular bir-birlari bilan suxbatlashgancha navbatlarini kutishar edi. Nixoyat yigit xam navbati kelgach, donishmandning oldiga kirdi va bahtli boʻlishning sirini soʻradi.

– Oʻgʻlim, xozir senga buni tushuntirib oʻtish uchun vaqtim yoʻq, – dedi donishmand. – Shuning uchun xozir chiqib, saroyimni tomosha qil. Ikki soatdan keyin yonimga kel, qolganini oʻshanda gaplashamiz.

Shunday deya yigitning qoʻliga qoshiq tutqazdi, unga ikki tomchi yog' tomizib, tayinladi: “Sayr davomida qoʻlingdagi yogʻga xushyor boʻl, toʻkib yuborma!”

Yigit donishmandning aytganini qilib, qoʻlidagi yogʻdan koʻz uzmasdan saroyning ichkari-yu tashqari – barcha joylarini aylanib chiqdi. Ikki soatdan keyin qaytib kelgach, donishmand soʻradi:

– Saroyni kezdingmi?

– Xa, juda katta ekan, – javob berdi yigit.

– Oʻgʻlim, devorlardagi ajoyib suratlarni koʻrdingmi? Gulzorimni, undagi rango-rang gulu chechaklarni-chi? Ularning hush islaridan baxra oldingmi? Kutubhonadagi noyob kitoblarga-chi, eʼtibor berdingmi?..

Yigit butun diqqati qoʻlidagi yogʻda boʻlgani uchun xam sayr davomida bulardan xech birini koʻrmaganini aytdi. Shunda donishmand:

– Unda qayta chiq va atrofingdagi barcha goʻzalliklarni yayrab tomosha qil. Chunki oʻtirgan uyini yahshi tanimagan kishi bahtning siriga eta olmaydi, – dedi va bu safar xam yigitning qoʻliga yog' solingan qoshiqni tutqazdi.

Yigit endi saroydagi jamiki narsalarni, butun goʻzalliklarni katta zavq va xayajon bilan tomosha qildi. Donishmandga xam taassurotlarini ana shu maroq bilan xikoya qilib berdi. U gapini tugatgach, donishmand:

– Yahshi, xammasini koʻribsan, – dedi. – Lekin men senga omonat qilib bergan yog' qani?

Shundagina yigitning esiga tushib, shoshganicha qoʻlidagi qoshiqqa qaradi – yog' toʻkilib bitgan edi. Donishmand esa tabassum bilan shunday dedi:

– Hijolat tortma, oʻgʻlim, bahtli boʻlishning siri dunyoni bor mo''jizalari, xayotni butun goʻzalliklari bilan birga koʻra olishda. Agar kishi jismidagi qusurlar, xayotdagi etishmovchiliklar xaqida oʻylayversa, huddi sen qoʻlingdagi yog' solingan qoshiqqa andarmon boʻlganing kabi xayot goʻzalliklaridan bebaxra qolaveradi. Bahtli boʻlish sirini esa, qoʻlingdagi yog' solingan qoshiqni unutganingdagina toʻla xis qila olasan!
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.
Hayotiy
Hikoyalar

Hayotiy

17-avgust, 201817.2K
Hikoyalar

Bir yosh yigit hikoya qiladi

15-avgust, 20183.1K