📖 Hikoyalar

Oʻrni boʻlmasa xam yahshilikni ekavering...

1 daqiqa 2.9K marta oʻqildi
Oʻrni boʻlmasa xam yahshilikni ekavering...
Shifohonada yoshi ulug' kishi davolanardi. Xar kuni uni ziyoratiga yosh yigit kelar edi. Qariya bilan bir soatdan koʻproq vaqt birga boʻlib, ovqatlanish, yuvinishiga koʻmaklashar va shifohona bogʻchasida sayir qildirgani olib chiqardi. Moʻysafidning boshqa extiyoji qolmaganidan koʻngli joyiga tushgandagina xotirjam ketardi. Kunlarning birida xamshira axvolini tekshirish va dori — darmonlarni berish uchun honaga kirdi. Va:
— MashaAllox, Allox sizga shundoq oʻgʻil beribdi. Xar kuni koʻrgani keladi, — dedi. Qariya unga bir karab qoʻydida, xech narsa demay koʻzlarini yumdi va:
— Qaniydi, u mening oʻgʻillarimdan biri boʻlsa?! Bu yigit biz yashagan maxalladagi bir etim bola edi. Bir kuni uni otasining vafotidan keyin masjidning eshigi oldida yigʻlab oʻtirganini koʻrdim. Uni yupatdim, xolva (shirinlik) sotib olib berdim. Ushandan keyin u bilan na koʻrishdim, na gaplashdim. Men va ayolim qarovsiz qolganimizni bilib, xar kuni axvolimizdan habar olish uchun bizning ziyoratimizga keladigan boʻldi. Men kasal boʻldim. Ayolimni oʻz uyiga eltib, davolatish uchun meni kasalhonaga keltirdi. Undan:
— Ey bolam, nima uchun bizning mashaqqatimizga elka qoʻyyapsan? — deb soʻradim. U tabassum qilib:
— Oʻsha xolvaning mazasi xali ham ogʻzimda turibdi, — dedi.
*********
Oʻrni boʻlmasa xam, yahshilikni ekavering…
Yahshilik qaerga ekilsa xam zoʻe boʻlmaydi.
Oradan koʻp vaqtlar oʻtsa xam, yahshilikni faqat ekkan
insongina oʻriydi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!