📖 Hikoyalar

Zaxar kuchi

1 daqiqa 3.3K marta oʻqildi
Zaxar kuchi
Bir oilada koʻp janjal boʻlar, eri hotinini murosaga keltirishi juda ogʻir ekan. Er hotindan, hotin undan tinimsiz nolir ekan. Kunlardan bir kun ulug' tabib oldiga borib eridan koʻp hasrat qilibdi va bir zahar berishini soʻrabdi, shoyad shu zaharni eriga berib undan qutulsa…
Tabib biroz sukut saqlab ichkari uyga kirib ketibdi va kosada bir suyuqlik olib chiqib hotinga beribdi:
"Qizim, ushbu zahar sekin taʼsir qiluvchidir, lekin oʻta kuchli. Eringiz juda borsa yigirma kunda oʻladi. Ushbu zaharni ishlatish usuli ham juda oson. Eringiz janjal boshlasa ushbu zaharni ogʻzingizga olib, erga qarab sukut saqlab turing".
Ayol hursand boʻlib tabib huzuridan chiqib ketibdi.

Oradan un kun oʻtib oʻsha ayol juda gʻamgin qiyofada tabib huzuriga kelibdi va uning oyogʻiga yiqilibdi, erini oʻldirmasligini zorlanib soʻrabdi. Tabib debdi:
- Endi iloji yoʻq, vaqt oʻtdi. Ahir oʻzing aytgandinku, erim janjalkash, badfeʼl deb.
Ayol iltijo kilibdi:
Oh, tabib, erim janjal qilmay qoʻydi. Murosamiz juda yahshi. Men uning bunchalik yahshiligini bilmabman.Agar oʻlish kerak boʻlsa, mayli, men erim uchun oʻlishga ham tayyorman. Ahir shunday yahshi erni oʻldirib, bir umr vijdon azobida qanday yashayman.
Tabib kulib debdi:
- Qizim! Men tabibman, mening kasbim davolash, oʻldirish emas. Senga berganim zahar emas - balki oddiy suv edi. Sen ushbu suvni ogʻizingga olish bilan birga gapirolmay qolarding. Mana endi tushungandirsan: erning jahli kelganda ayol jim tursa hech qanday janjal boʻlmaydi!

Xa, er oila podshosi, hotin esa uning vaziridir. Podshosi odil, vaziri halol va aqlli oila obod va bekamu koʻst boʻlur...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!