📖 Hikoyalar

Sizdan emas, Ollohdan soʻradim!

2 daqiqa 3.5K marta oʻqildi
Sizdan emas, Ollohdan soʻradim!
Saudiyadagi muallimalardan biri xikoya qiladi:
- Maktab (madrasa)lardan birida ichki bufet - magazinni yuritar edim. Muallimalar, oʻquvchi qizlar kundalik yeb-ichish, qogʻoz-qalamlarni shu erdan harid qilishar edi.
Bir kuni odatimga koʻra, katta tanaffusdan soʻng toʻplangan chaqa pullarni sanab, doʻkonga olish kerak boʻlgan narsalarni bir qogʻozga qayd etib chiqayotgan edim.
Yonimda bir farrosh opa atrofni tozalab yurar edi. Bu ayol bir etak yetim bolalarini boqish uchun tinmay mexnat qiladigan bechoraxol ayol edi.
Yonimdan oʻtar ekan, chaqa pullarni koʻrsatib kulib:
- Ummu Falonchi, shu bir riyolliklar besh yuz riyollikka aylanib qolsa! - dedim (Saudiyada eng katta pul birligi besh yuz riyollik pul).
- Alloxu akbar! - dedi u.
- Tasavvur qiling, oʻshalar sizga boʻlib qolsa! - dedim yana.
- E Ollox, oʻzingning fazling! - dedi.
Men yana:
- Hoʻp, nima qilgan boʻlardingiz bu pullarni? - dedim.
U darxol:
- Oʻzimga, etimlarimga boshpana boʻlgulik uy sotib olardim, ijarada turish azobidan qutulardim, - dedi.
- Exxe, qayoqda! - dedim men uni bu etib boʻlmas hayolparastlikdan voqelikka tushirish uchun. - Qoʻli uzunlarning xammasida xam shahsiy uylar yoʻgʻu... boshqalarga yoʻl boʻlsin...
U menga ishonchli, kuchli nigoxini tikib:
- Men Olloxdan soʻradim, sizdan emas, - dedi. - Men manavi etti qavat osmonni koʻtarib qoʻygan zotdan soʻradim... !!
Javobi meni sukutga choʻmdirdi..
Ish tugab, doʻkonni yopib uyga qaytdim.
Asrdan soʻng qizchalarimni olib, onamnikiga oʻtdim.
Onam men borganda telefon bilan mashgʻul, gox u, gox bu ayol bilan gaplashar edi.
- Nima gap, oyi? - dedim.
- Falonchi eridan ajrashib, tul qolgan edi. Mablag' toʻplab, uy olib beraylik degan edik. Mablag' xam toʻpladik, uy xam oldik. Lekin, undan xam yahshi habar - eri bilan yarashib, uyiga qaytibdi. Endi pul toʻplashga xissa qoʻshgan qarindoshlar bilan maslaxatlashib oʻtiribman. Xamma pul berganlar "Ollox uchun, koʻngildan chiqarib berganmiz, bir muxtojga, yahshi bir joyga sarf etilsin" deb yotishibdi. Nima qilsak ekan... - dedi onam oʻylanib.
Hayolimga yarq etib hizmatchi ayol, uning aytgan soʻzlari keldi...!
Onamga boʻlgan voqeani soʻzlab berib, sharoitini tushuntirdim.
Onam qayta telefon qila boshladi. Ularning barchasining fikri shu farrosh ayolga uyni tortiq qilish boʻpti!

Muallima xikoyasini tugatar ekan, shunday deydi:
- Subxanallox... Oʻzim ishtirok etgan bu voqea men uchun katta dars boʻlgan edi. Ollox taologa qattiq ishonch, unga chin bogʻlanishning jonli namunasiga guvox boʻlgan edim. Ertalab hayolparastligidan kulganim ayolni kechqurun etaklab, uyni uning nomiga oʻtkazish ishlarini bajarib yurar edim...
La ilaxa illallox...
Qalbning Olloxga chin bogʻlanishi naqadar ajoyib, naqadar shukuxli..
Shu bilan birga naqadar qiyin... Qalbdan oʻzgaga boʻlgan bogʻlanishni olib tashlagandagina, sabablarga faqat sabab nazari bilan qaragandagina xosil boʻladi...

Ollox taolo barchamizni qalbni chin bogʻlaydiganlardan, xaqiqiy tavakkul qiladiganlardan qilsin..
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Tuxmat
Hikoyalar

Tuxmat

4-sentabr, 20185.4K