📖 Hikoyalar

Sevgilimning toʻyi kuni…

6 daqiqa 4K marta oʻqildi
Sevgilimning toʻyi kuni…
Men bahtning boshqa tomonini topdim… Huddi tanganing ikki tomoni boʻlganidek bahtning xam ikki tomoni bor, ishoning, oʻz tajribamdan gapiryapman.
Men uni shunchalik sevardimki, xech qachon birga boʻla olmasligimizni bilib xam sevardim…
Unga unsiz termulib, goʻzalligi va shirin soʻzlariga maxliyo boʻlib oʻtirardim. Shunday damlarda agar joningni ber desa, xech ikkilanmay bervorardim… Lekin u xech nima soʻramasdi…
Men esa uni qiynardim…
Qayligʻidan voz kechishini, menga turmushga chiqishini juda-juda hoxlardim.
U esa siniq jilmayib qoʻyishdan nariga oʻtmasdi. Avvaliga uni ayblardim.
— Qanday qilib oʻzing sevmagan odamga turmushga chiqasan… Senda yurak yoʻq, toshsan, — degan paytlarim xam boʻlgan. Oʻshanda unga qattiq ozor berayotganimni bilmasdim… Hudbinligimni boshqarolmay undan koʻp narsa talab qilganman. Aslida, u menga xech nima vaʼda qilmagandi.
Faqat sizga ozor berishni istamayman, derdi. Lekin bu bilan jonimga yanada qattiqroq ozor berayotganini tushunmasdi. Muxabbatdan qiynalishga jon deb rozi boʻlardim. Lekin u rozi emasdi.
Bir boshidan gapirib beradigan boʻlsam, u bilan institutni tugatib, ishga kirganimda tanishganman. Direktor arizangizni yozavering, deb chiqarib yuborganda, kotibaning honasida bir muddat kalovlanib turdim-da, kompʼyuterdan bosh koʻtarmay nimalarnidir chiqillatayotgan qizga najot kutgandek qaradim.
— Qogʻozingiz yoʻqmi?
— Qogʻoz kerakmi?
Bu gapni ikkalamiz bir paytda aytib, keyin kulib yubordik. Tezda ariza yozib, ertasi kuni ishga chiqadigan boʻlib uyga qaytdim. Yoʻl boʻyi oʻsha qiz hayolimdan ketmadi. Nimadan hursandligimni oʻzim xam bilmasdim, ishga kirganimdanmi yoki shunday chiroyli qizni uchratganimdanmi?..
Lekin birinchi ish kundanoq hayollarim tumandek tarqadi. U xaqida xali xech bir maʼlumot yigʻib xam, xusniga toʻyib termilib xam ulgurmagandim… Qop-qora «inomarka» avtomobilda kelgan yigit uni mashinasiga oʻtqizdi-yu, olib ketdi… Koʻnglim vayron boʻlgancha qolaverdim…
Men bilan birga sigaret chekib turgan xamkasbim xolatimni sezdi, shekilli:
— U fotixalangan… — dedi sigaretni chuqur-chuqur tortib.
— Uydagilari qarindoshiga majburlab fotixalab qoʻyishgan…
Hayollarimni sezdirib quyganimdan hijolat boʻldim.
U esa fikrlarimni oʻqiyotgandek yana davom etdi:
— Ishga kelgan borki, uni sevib qoladi…
Madina xaqida eshitganlarim shu boʻldi.
Negadir ishlashga ishtiyoqim xam qolmadi. Xar kuni uni kuzataman…
Nafis, chiroyli, baʼzan maxzun, baʼzan quvnoq… Tuygʻularimni tizginlab olgan boʻlsam-da, yuragimdagi umid oʻchmasdi. Ahir xali toʻyi boʻlmagan-ku! Toʻgʻrisi, uning qayligʻi bilan raqobatlashishga mendek oddiy yigitga yoʻl boʻlsin edi. Lekin koʻngil oʻlgur, koʻnmasa qiyin ekan… Hayolimda uni boyvachcha yigitidan tortib olardim, keyin bir umr bahtli yashardik… Sekin-sekin u xam men bilan bemalol gaplashadigan boʻldi. Ikkalamiz bitta honada oʻtiramiz, uning sarishta va ozodaliga juda xavasim kelardi. Uyimni yashnatib yurishini hoxlardim.
Uyda toʻrtta oʻgʻildan keyin tugʻilgan yagona qiz boʻlgani bilan erka-tantiq emasdi. Aksincha, baʼzan homush tortib qoladigandek tuyilardi…
Uning erkalanib, erkin gapirishlari juda yoqardi…
U qanchalik meni oʻziga yaqin olib gapirsa, shunchalik jonim azoblanardi.
Ishhonadagi yigit-qizlar yigʻilsa, albatta gap muxabbat mavzusiga burilardi. Xar gal «men muxabbatga ishonmayman», — derdim qaysarlik bilan.
— «Qizlarga umuman ishonmaslik kerak, muxabbat toʻydan keyin keladi».
U esa katta-katta koʻzlarida xayrat bilan menga qarab qolardi.
— Xali sevib qolmagansiz-da… Boʻlmasa unaqa demagan boʻlardingiz, — derdi. Qaysarlik bilan gapimda turib olsam-da, ichimda «koshki edi sevib qolmaganimda», deb ezilardim.
Uning boshqa qizlarga oʻhshamagan mayinligi meni kun sayin oʻziga jalb etaverardi. Ohiri unga xazil aralash «Agar fotixalangan boʻlmaganingizda sizni sevib qolardim» deydigan boʻldim.
U esa odatdagidek jilmayib qoʻya qolardi. «Nega taqdir uni menga asramagan, nega mendan oldin fotixalanib qoʻyishgan», degan savollar bilan oʻzimni qiynardim. U esa toʻyi yaqinlashgani sayin oʻz tashvishlari bilan ovora edi. Lekin boshqa qizlarga oʻhshab quvonib emas, balki, shunday qilish kerak boʻlgani uchun qilayotgandek tuyilardi nazarimda.

Bu qizdagi meni oʻziga maxliyo qilgan siri nimadaligini bilolmay boshim qotardi.
Toʻyi yaqinlashgani sayin azobim ortib boraverdi.
Endi uni yomon koʻrib borardim. «Nega uchradi, yomon gapirib urishib bersa-chi», deb oʻylardim. Baʼzan gap orasida uni jerkib berardim, gox qoʻpollik qilardim…
U esa qoʻpolligimdan koʻzi yoshga toʻlsa-da, indamay qoʻya qolardi.

Bir kuni 8-mart bayramida ishhona yaqinidagi kafeda hotin-qizlarga bayram qilib berdik. Raxbardan yashirib yigitlar oz-ozdan ichib oldik. Beihtiyor unga tikilib qoldim. Buning notoʻgʻriligini bilardim, lekin ihtiyorimga qarshi chiqqim kelmasdi. «Bugun bir koʻnglimning amriga boʻysunsam boʻysunibman-da. Ahir xar kuni bechorani qafasga solaman», hayolimdan oʻtdi.
Tushlik paytiga moʻljallangan bayram anchaga choʻzildi, keyin ishhonaga qaytdik. Shunda birinchi marta unga tik qarab:
— Nega meni kutmay turmushga chiqib qoʻydingiz-a? — dedim.
Gaplarimni xar doimga xazillarimga yoʻyib, kulib qoʻya qoldi.
— Kulmang, rost aytyapman… Men sizni yahshi koʻrib qolganman. Oʻsha birinchi uchratgan kunimdan buyon yahshi koʻraman…
U menga xayrat bilan tikilib qoldi, keyin sekingina:
— Bilaman, — dedi.
— Nimani bilasiz?… — endi men xayratlandim.
— Yana xazilkashlik qilayotganingizni, — kuldi u.
— Xozir muxabbatga ishonmayman, sevgi yoʻq narsa, deysiz…
— Qayligʻingizdan tortib olsam, menga tegasizmi?
— Yoʻq, — kulib yubordi u.
— Sizga teksam, rashk qilaverib kunimni koʻrsatasiz…
Tilim aylanmay qoldi.
Axmoqona xazilkashligim boshimga balo boʻldi.
Shu kuni ishdan chiqib, bayram baxona rosa ichdim. Yuragim shunaqa siqildiki, dunyo koʻzimga qorongʻu edi. «Nega xam uchratdim? Tinchgina yashab yuruvdim…
Endi xammani unga taqqoslayman, xammadan uning hislatlarini ahtaraman! Endi qanday yashayman!»
Endi xar kuni unga yahshi koʻrishimni aytadigan boʻldim.
U esa kulib qoʻyishdan nariga oʻtmasdi.
Bir kuni oʻzimni tuta olmadim.
— Biror marta boʻlsa-da, gapimni jiddiy olasizmi? Ahir men ishqingizda jinni boʻlyapman-ku! Qanaqa beraxm qizsiz!
U anchagacha javob bermadi, keyin sekingina:
— Aksincha… men juda raxmdilman. Sevib qolib, qiynalishingizni hoxlamayman! Buni qanchalik azobligini bilmaysiz…
— Huddi birovni sevadigandek gapirasiz-a?! Siz toshyuraksiz, xech kimni sevmaysiz… Siz xatto oʻsha… qayligʻingizni xam sevmaysiz!
Bu gapimdan keyin u yigʻlab yubordi va yugurib honadan chiqib ketdi. Shu bilan ertasi kuniyam ishga kelmadi. Jinni boʻlib qolay dedim. Oʻzimni oʻzim yomon koʻrib ketdim. Endi bu erda qololmasdim.
Ariza yozib raxbarimning xay-xaylashiga qaramay ishdan boʻshab ketdim. Tezroq uni unutmasam jinni boʻlishim aniq. Odamning yahshi hislati xam birovga ozor berishi mumkin ekan. Men uning yahshiligidan kuygandim. Lekin undan uzoqda xam uning hayoli bilan yashardim. Azobimda, firogʻimda xam u.
Oʻzimcha undan voz kechmoqchi edim, lekin bu men oʻylaganchalik oson emas ekan. Xar kuni telefonimga jiringlab qolarmikan, deb tikilaman. Bu dunyoda xech kim meni unchalik tushunmaydi. Fotixalangani sabab menga barcha gaplarini aytgan, men uni juda yahshi bilardim…

Ishdan ketib dadam bilan savdoda ishlay boshladim. Uni unutish uchun koʻproq ishlashim kerak edi. Bir tomondan uning qayligʻi boyvachcha yigitligi alamimni keltirardi. Sogʻinch azobini engish uchun xar uni eslaganimda telefonimga «Sogʻindim» deb yozib qoʻyadigan odat chiqardim. Bir kunda ellik marta yozibman! Keyin bu ermakka aylandi. Sogʻinchlarimni sanab qalbim taftini bosardim. Dadamda tijoratda, yangi ish joylari ochishda tugʻma qobiliyat bor edi. Qaysi ishga qoʻl urmasinlar, albata oʻngidan kelardi… Men xam shu yoʻldan ketdim. Dadamning ishini ancha engillatdim.
Oradan uch oylar oʻtdi.
Dadam kasodga uchragan bir tadbirkorning toʻyhonasini sotib olib, uni yuritishni menga topshirdi…
Toʻylar mavsumi yaqin boʻlgani uchun tezda taʼmirdan chiqarib, mijozlarga taqdim etishimiz kerak edi. Tunu kun shu ish boʻyicha yugurdim, aytilgan muddatda ishlarni tugatdim. Koʻp oʻtmay toʻy oʻtkazadigan talabgorlar xam chiqdi. Oʻz ishimdan fahrlanib toʻyhona eshigida turibman. Karnay-surnaylar sadosi ostida oppoq limuzindan novvotrang kostyum-shim kiygan kuyov bola tushdi… Uni koʻrib yuragim toʻhtab qolay dedi…
Demak, toʻyhonamdagi birinchi toʻy sevgilimniki ekan! Ey, Hudo, qaysi gunoxlarim uchun?..
Oyogʻim ostidagi er yoʻqolgandek boshim aylanib ketdi…

Kuyov qoʻlini uzatganda mashinadan oqqushdek boʻlib kelin xam tushdi. Koʻzimni yumib oldim, uning bahtiyor chexrasini koʻrishga toqatim yoʻq!
Shartta teskari oʻgirilib keta boshlagandim, nimadir qattiq gumbirlab, atrof qiyqiriqlarga toʻlib ketdi. Shoshib oʻgirildim… kuyov joʻralar kelin-kuyov sharafiga salyut otishgan ekan… Lekin men salyut emas, boshqa narsa xayratga soldi. Kuyovning yonidagi qiz Madina emas, boshqa edi! Ishonmay unga tikilib qaradim. Yoʻq, koʻzlarim aldamayapti. U boshqa!
Yugurib birinchi qavatdagi honamga yugurdim. Eshikni maxkam yopib, tanish raqamlarni terdim… «Allo» degan mayin ovozdan tomogʻimga nimadir tiqilgandek boʻldi.
— S-salom, beraxm… Nega shu paytgacha biror marta qoʻngʻiroq qilmadingiz?
Bir zumlik sukunatdan keyin javob keldi:
— Siz baribir muxabbatga ishonmaysiz-ku!
— Ishonmayman! — yana qaysarligim tutdi.
— Lekin menga tegsangiz, kuningizni koʻrsataman, bilasiz-a!
— Bilaman!..
Oʻzim taʼmirlatgan toʻyhonada toʻyimiz boʻlib oʻtdi.
Biz-bir-birimiz uchun yaratilganimizni vaqtida xis qildik.
Boshqa sevishganlarga xam shuni maslaxat beramiz, xayotingizning xar laxzasida xushyor turing, bahtingizni boy berib qoʻymang..
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.